Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O‘ZBЕKISTON ERKAKLAR TA’LIM INSTITUTI (UZINPROS)

Fond raqami:
R-364
Saqlov birligi:
125
Davriy chegarasi:
1919 - 1928

Tashkilot tarixi

1918 yil 31 may kuni, Turkiston musulmon o‘qituvchilar instituti tashkil etilgan. Keyinchalik birinchi O‘zbek Pedagogika kolleji deb qayta nomlanib, Mehnat Pedagogika maktabiga aylantirildi. Ushbu maktab negizida Turkiston ASSR Maorif xalq komissarligining 1920 yil 1 sentyabrdagi buyrug‘iga ko‘ra O‘zbekiston Erkaklar Ta’lim Instituti (Uzinpros) tashkil etilgan va institut 1928 yilda tugatilgan.


Fond sharhi

Turkiston ASSR va O‘zbekiston SSR Xalq Komissarligining buyruqlari va ko‘rsatmalari; ta’lim instituti buyruqlari; pedagogik kengash yig‘ilishlari bayonnomasi.