Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O‘ZBЕKISTON DAVLAT EKSPЕRIMЕNTAL TIBBIYOT ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI

Fond raqami:
R-649
Saqlov birligi:
512
Davriy chegarasi:
1934 - 1940

Tashkilot tarixi

O‘zbekiston SSR XKSning 1934 yil 1 apreldagi qarori bilan  O‘zbekiston SSR  Sog‘liqni saqlash xalq komissarligi qoshida tashkil etilgan.  O‘zbekiston SSR Sog‘liqni saqlash xalq komissarligining 1940 yil 4 oktyabrdagi buyrug‘i bilan tugatilgan.


Fond sharhi

Institutni tashkil etish va qayta tashkil etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston SSR XKS qarori; O‘zbekiston SSR  Sog‘liqni saqlash xalq komissarligi qoshidagi Ilmiy Kengashning sirkulyarlari, ko‘rsatmalari va institut bo‘yicha buyruqlar; O‘zbekiston eksperimental tibbiyot instituti ilmiy Kengashi yig‘ilishlari va ilmiy anjumanlar bayonnomalari, dolzarb masalalar bo‘yicha ilmiy tadqiqot rejalari va institutining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha yillik hisobotlari (1934–1940), institut bo‘limlari, klinikalari va maxsus idoralari faoliyati to‘g‘risida hisobotlar; O‘rta Osiyo xalqlarining endemik bo‘qoq, bezgak, qon morfologiyasi va boshqalarni o‘rganish ekspeditsiyalarining ish rejalari va hisobotlari; O‘zbekiston eksperimental tibbiyot institutining nashr rejalari va hisobotlari.