Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

SSSR KONSЕRVA SANOATI XODIMLARI KASABA UYUSHMASI O‘RTA OSIYO QO‘MITASI

Fond raqami:
R-1608
Saqlov birligi:
213
Davriy chegarasi:
1937 - 1948

Tashkilot tarixi

1936 yil dekabrda O‘rta Osiyo konserva sanoati xodimlari kasaba uyushmasining tashkiliy byurosi tashkil etilgan.

1937 yil iyul oyida konserva sanoati xodimlarining O‘rta Osiyo konferensiyasida SSSR konserva sanoati ishchilari ittifoqining O‘rta Osiyo qo‘mitasi tuzilgan.

1948 yil 1 noyabrda konserva sanoati ishchilari kasaba uyushmasi Markaziy qo‘mitasi oziq-ovqat sanoati ishchilari kasaba uyushmasiga qo‘shib yuborilishi munosabat bilan 1948 yil 20 dekabrda kasaba uyushmaning O‘rta Osiyo qo‘mitasi tugatilgan.


Fond sharhi

SSSR Oziq-ovqat sanoati xalq komissarligi va SSSR konserva sanoati ishchilari uyushmasi Markaziy qo‘mitasining buyruqlari, tezkor xatlari va ko‘rsatmalari. Konserva sanoati xodimlari kasaba uyushmasi O‘rta Osiyo qo‘mitasi plenumining konferensiyalari va yig‘ilishlarining stenografik hisobotlari. Konserva sanoati xodimlari kasaba uyushmasi O‘rta Osiyo Qo‘mitasi prezidiumining ish faoliyati bo‘yicha hisobotlar, ma’ruzalar, majlis bayonnomalari va ish rejalari. Kasaba uyushmalarining budjeti, ijtimoiy-sug‘urta, mehnat muhofazasi, texnika havfsizligi, oylik maoshlari, oylik maoshlarni oshirish, ish jarayonini takomillashtirish va ixtirolarga oid hisobotlar.  

O‘rta Osiyo konserva sanoati korxonalarining sotsialistik shartnomalari, sotsialistik majburiyatlarni bajarish natijalari bo‘yicha yozishmalari, ilg‘or ishchilar ro‘yxatlari.