Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O'zbekiston SSR

Ya. M. SVЕRDLOV NOMIDAGI TOSHKЕNT DAVLAT RUS OPЕRA VA BALЕT TЕATRI

Fond raqami:
R-2062
Saqlov birligi:
303
Davriy chegarasi:
1926 - 1948

Tashkilot tarixi

Sobiq "Kolizey" xususiy sirk binosi sovet hokimiyatining “Natsionalizatsiya” siyosatidan so‘ng uning binosi  o‘quv maqsadlari uchun barcha asbob anjomlari bilan musodara qilingan.   Toshkent davlat rus opera va balet teatri Turkiston ASSR XKSning 1918 yil 24 avgustdagi qarori bilan Maorif xalq komissarligi tasarrufiga o‘tkazilishi ko‘rsatilgan holda o‘z faoliyatini boshlagan. Turkiston ASSR MIQning 1919 yil 26 noyabrdagi qarori bilan Kolizey teatri respublikadagi teatr namoyishlarini tashkil etish uchun Maorif xalq komissarligiga topshirilgan. Xuddi shu farmon bilan opera jamoasi va drama truppasi orkestr, xor va kostyum xonalari bilan birgalikda birlashtirilib, ulardan yagona respublika teatr jamoasini yaratish uchun Maorif xalq komissarligiga topshirilgan. Toshkent Kengashining davlat, partiya va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda 1920 yil 18 martdagi qo‘shma majlisi qaroriga muvofiq teatr (sobiq "Kolizey") Ya. M. Sverdlov nomidagi Sovet teatriga aylantirilgan.

1933 yilda teatr O‘zbek musiqiy komediya va satira teatri bilan birlashib, Sverdlov nomidagi o‘zbek Davlat musiqiy teatri nomi bilan, 1935 yil 5 maydan boshlab O‘zbekiston SSR  Maorif xalq xomissarligining Sverdlov nomidagi Birlashgan Davlat teatri nomi bilan faoliyat olib borgan.

1936 yil mart oyida Sverdlov teatri alohida teatr sifatida ajralib chiqqan.  SSSR Ministrlar Soveti huzuridagi san’at ishlari bo‘limining 1948 yil 15 martdagi buyrug‘i bilan teatr faoliyati 1948 yil 10 aprelda to‘xtatilgan. 1948 yilda Ya. M. Sverdlov nomidagi teatr birlashmasi va O‘zbek opera va balet teatri negizida Mehnat Qizil bayroq ordenli Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek Davlat opera va balet teatri tashkil etilgan.


Fond sharhi

O‘zbekiston SSR  XKS,  O‘zbekiston SSR  Maorif xalq komissarligi,  O‘zbekiston SSR  Ministrlar Soveti huzuridagi san’at ishlari bo‘limi va Davlat rus opera va balet teatri qo‘mitasining qarorlari va buyruqlari; teatrning moliyaviy, ishlab chiqarish va repertuar rejalari; teatr ishi haqida hisobotlar; gastrol safarlarini tashkil etish va o‘tkazish, xor artistlarining malakasini oshirish bo‘yicha bo‘yicha ma’ruza hisobotlar; teatr badiiy kengashining ish faoliyati va majlislarining  stenogramma hisobotlari va kengash to‘g‘risidagi Nizom; san’atdagi naturalizm (hayotiy san’at asarlari) va formalizm borasidagi bahslar,  A. A. Kolomeysev artistlik faoliyatining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishning stenografik hisobotlari; teatr xodimlarining ishlab chiqarish bayonnomalari va umumiy yig‘ilishlari, san’at sohasidagi tadbirlar to‘g‘risida hisobotlar. 

O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining san’at ishlari bo‘yicha boshqarmasining tuman ijro qo‘mitalari bilan Farxod GES, MTS, kolxoz, sovxozlarga ba’diy xizmat ishlari bo‘yicha yozishmalar;  hududlarga konsert berish opera va balet brigadalari ishiga berilgan mulohazalar.