Davriy chegarasi:
1921 - 1924
Tashkilot tarixi
1921 yil 1 iyulda Xorazm Xalq Sovet Respublikasining Turkiston ASSRdagi Muxtor vakolatxonasi tuzildi; 1921 yil 4 dekabrda u XXSR ning Turkiston ASSR dagi Bosh konsulligiga aylantirildi; 1924 yil avgustida XXSR ning Turkiston ASSRdagi Iqtisodiy vakolatxonasiga aylantirildi. 1924 yil 17 dekabrda tugatilgan.
Fond sharhi
XXSR Konstitutsiyasi, RSFSR va XXSR o‘rtasidagi ittifoq shartnomasi (1920 yil 13 sentyabr), RSFSR va XXSR o‘rtasidagi iqtisodiy va harbiy-siyosiy bitim (1920); O‘rta Osiyo iqtisodiy konferensiyasining TurkASSR, BXSR va XXSRni iqtisodiy birlashtirish to‘g‘risidagi qarori (1923 yil 6 mart); Iqtisodiy vakolatxona to‘g‘risidagi nizom; O‘rta Osiyo respublikalarining savdo va import rejasi (1924); Iqtisodiy vakolatxona faoliyati to‘g‘risida, XXSR xalq xo‘jaligi rejalari, Xorazmdagi fabrika-zavod sanoati va qishloq xo‘jaligining ahvoli, Turkistonda o‘qiydigan XXSR talabalari to‘g‘risida dokladlar, ma’lumotlar va yozishmalar.