Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi huzuridagi Turkiston Davlat qurilish va ta’minoti qo‘mitasi

Fond raqami:
R-167
Saqlov birligi:
586
Davriy chegarasi:
1917 - 1922

Tashkilot tarixi

1917 yil 20 dekabrda Turkiston o‘lkasi temir yo‘l boshqarmasining yangi tarmoqlarini qurish bo‘limi tashkil etildi; 1920 yil 10 aprelda Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi qoshidagi Turkiston Davlat qurilish ta’minoti qo‘mitasi etib qayta tashkil etildi. 1922 yilda 17 fevraldagi Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi Prezidiumining qarori asosida tugatilgan.


Fond sharhi

Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi, Xalq Komissarlari Soveti va Turkiston ASSR Markaziy Xalq xo‘jaligi Soveti, Turkiston aloqa okrugi va Turkiston qurilish ta’minot qo‘mitasininig sanoat, temir yo‘l va fuqarolar uchun uylar qurilishi to‘g‘risidagi dekret va sirkulyarlar.

Turkiston qurilish ta’minot qo‘mitasining bo‘limlari to‘g‘risidagi nizom; Turkiston qurilish ta’minot qo‘mitasining bo‘limlari va qurilish guruhlari uchun buyurtmalar. Qurilish va ta’mirlash ishlarining rejalari va titul ro‘yxatlari (1921-922); Turkiston qurilish ta’minot qo‘mitasining texnik kengash majlisi va texnik yig‘ilishlar bayonnomasi (1920-1921) Turkiston va viloyat davlat qurilish komitetlarining tashkil etilishi va faoliyati, soda zavodi (1921), maktablar qurilishi, pochta yo‘nalishlari, sug‘orish inshootlari va ko‘priklarni ta’mirlash to‘g‘risidagi hisobotlar, ma’ruzalar va yozishmalar.