Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Turkiston ASSR

Turkiston ASSR davlat ko‘mir va neft korxonalari tresti (Ugleneft)

Fond raqami:
R-101
Saqlov birligi:
326
Davriy chegarasi:
1918 - 1922

Tashkilot tarixi

Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Sovetining 1918 yil 5 apreldagi buyrug‘i bilan Turkiston o‘lka xalq ishlab chiqarish kengashining kon bo‘limi tuzilib, 1919-yil 6 dekabrda Turkiston ASSR konchilik sanoati boshqarmasiga aylantirildi. TurkASSR; 1922 yil 15 yanvarda Turkiston ASSR Davlat ko‘mir va neft korxonalari tresti (Ugleneft) sifatida qayta tashkil etilgan va 1922 yil 15 sentyabrda tashkilot faoliyati tugatilgan.


Fond sharhi

Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi huzuridagi Tog‘-kon sanoati boshqarmasi to‘g‘risidagi Nizom, korxonalarning ishlab chiqarish dasturlari; Turkiston Xalq xo‘jaligi Markaziy kengashi, Turkiston ASSR  tog‘-kon sanoati boshqarmasining Qorabug‘oz qo‘ltig‘ida ko‘mir, neft, selitra, tuz qazib olish, soda zavodi qurilishi to‘g‘risidagi hisobotlar, hisobot ma’ruzalar va yozishmalar; Foydali qazilmalarni qidirishga ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi yozishmalar (1917-1919).