XORAZM RЕSPUBLIKASIDAGI TURKISTON FRONTI HARBIY-OZUQA TA’MINOTINING VAKOLATLI BOSHQARMASI
Turkiston frontlaridagi harbiy-ozuqa ta’minoti Vakolatli Boshqarmasi 1921 yil 7 mayda Xiva shahrida tashkil etilib, 1922 yilda tugatilgan.
O‘zSSR Ichki Ishlar Ministrligi Arxiv ishining 1956 yil 26 iyuldagi farmoyishiga muvofiq, ushbu tashkilot hujjatlari O‘zSSR Oktyabr inqilobi Markaziy davlat arxivi (O‘zbekiston Milliy arxivi)ga o‘tkazilgan.
BatafsilXORAZM XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI INQILOBIY HARBIY KЕNGASHI
1920 yilda Xivada Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Inqilobiy harbiy kengashi vaqtinchalik inqilobiy huqumat sifatida ta’sis etilgan. Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Inqilobiy harbiy kengashi, harbiy qismlar, boshqarmalar, muassasalar va harbiy idora tashkilotlarini boshqarish, nazorat qilish, birlashtirish uchun, respublika qo‘shinlarini siyosiy tarbiyalash va mamlakat Mudofaaasi bo‘yicha masalalarni ishlab chiqish uchun ta’sis etilgan. Kengash 1923 yilda tugatilgan.
ХОРАЗМ ҚЎШИНЛАР ГУРУҲИ ШТАБИНИНГ 1-ХОРАЗМ КАВАЛЕРИЯ ПОЛКИ ШТАБИ
1920 yil 13 aprelda Xiva shahridagi Kuker jangchilar guruhidan alohida Xorazm Kavaler divizioni shakllantirilgan, shu yilning o‘zidayoq, divizion 1-Xorazm kavaler polkiga aylantirilgan. Xorazm Respublikasi qo‘shinlar guruhi tarkibiga kiritilgan, Dargon-Otin frontidagi Ko‘hna Urganch ostonasida, Qo‘ng‘irot, G‘ulom va Ilyada qurolli qarshilik harakatlariga qarshi ishtirok etgan.
BUXORO XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI MUDOFAAA ISHLARI XALQ NOZIRLIGINING ARMIYA TA’MINOTI BOSH BOSHQARMASI Buxoro sh.
Mazkur fondning tashkil topish va tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan. Fond tarkibida 1922–1924 yillarga oid hujjatlar mavjud.
BUXORO XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI MUDOFAAA ISHLARI XALQ NOZIRLIGI Buxoro sh.
Mazkur fondning tashkil topish va tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan. Fond tarkibida 1921–1924 yillarga oid hujjatlar mavjud.
BUXORO XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI HARBIY ISHLAR NAZORATI HARBIY-OZIQ-OVQAT BO‘LIMI
mazkur fondning tashkil topish va tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan. Fond tarkibida 1922 – 1924 yillarga oid hujjatlar mavjud.
TURKISTON AVTO stansiyasi KAGON BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI
1921-yil 14-mayda 2-sonli Kaganskiy temir yoʻl harbiy-oziq-ovqat punkti tuzilgan.
ҲАРБИЙ ТАШКИЛОТЛАРНИНГ ИШЧИ ВА ХИЗМАТЧИЛАРИ КАСАБА УЮШМАЛАРИ БОШҚАРМАСИ Тошкент ш.
Mazkur fondning tashkil topish va tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan.Fond tarkibida 1918 yilga oid hujjatlar mavjud.
SIRDARYO OBLAST HARBIY KOMISSARLIGINING ISHCHI-DЕHQON QIZIL ARMIYASI 1-TOSHKЕNT MUSULMONLAR O‘QCHI BATALONI Toshkent sh.
Mazkur fondning tashkil topish va tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan. 1918 – 1919 yillarga oid hujjatlar mavjud..
SAMARQAND OBLAST HARBIY KOMISSARLIGI 1-SAMARQAND PIYODA QO‘SHINLARI BATALONI Samarqand sh.
Samarqand oblast Mudofaaa komissarligi 1-Samarqand piyoda qo‘shinlari bataloni 1918 yilda Samarqandda tashkil etilgan. Tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan. Fond tarkibida 1918 yildan 1919 yilgacha bo‘lgan davrga oid hujjatlar mavjud.
TURKISTON ASSR HARBIY ISHLAR BO‘YICHA KOMISSARLIKNING KAUFMAN STANSIYASI HUZURIDAGI POROX ZAVODINI QURISH BO‘YICHA KOMISSIYA Toshkent sh.
Turkiston ASSR Harbiy ishlar bo‘yicha Komissarlikning Kaufman stansiyasi huzuridagi porox zavodini qurish bo‘yicha Komissiya 1919 yil 22 mayda Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1921 yil 8 avgustda tugatilgan.
TURKISTON RЕSPUBLIKASI SOVЕTLAR MARKAZIY IJROIYA QO‘MITASI HUZURIDAGI MUHIM VAZIFALAR UCHUN ALOHIDA OTRYADI Toshkent sh.
Turkiston ASSR MIQ huzuridagi muhim vazifalar uchun alohida otryadi 1922 yildan Toshkent shahrida faoliyat yuritgan. Tugatilgan sanasi noma’lum.
SAMARQAND OBLASTI ALOHIDA HOLATLAR UCHUN QISMLAR SHTABI Toshkent sh.
Samarqand oblasti Alohida holatlar uchun qismlar Shtabi 1920 yildan 1926 yilgacha Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatgan.
SIRDARYO OBLASTI ALOHIDA HOLATLAR UCHUN QISMLAR SHTABI Toshkent sh.
Sirdaryo viloyatining Favqulotda holatlar uchun qismlar shtabi 1920 yildan 1926 yilgacha Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatgan.
FARG‘ONA OBLAST HARBIY-ISTЕ’MOL JAMIYATI Qo‘qon sh.
Mazkur fond 1921 yil Turkiston frontining Qo‘qon shahridagi Farg‘ona oblast Harbiy kooperativlari o‘rnida tashkil etilgan. 1922 yil 22 dekabrda Farg‘ona oblast Harbiy-iste’mol jamiyati (XIJ)deb qayta nomlangan. 1924 yil 18 fevralda tugatilgan.
FARG‘ONA QO‘SHINLAR GURUHI HARBIY-DALA NONVOYXONASI Qo‘qon sh.
Farg‘ona qo‘shinlar guruhi Harbiy-dala nonvoyxonasi 1921 yildan 1922 yilgacha Qo‘qon shahrida faoliyat ko‘rsatgan.
TURKISTON FRONTI HARBIY ALOQA YO‘LLARI BOSHQARMASI HUZURIDAGI OZIQ-OVQAT VA TЕMIR YO‘L HARBIY-OZIQ-OVQAT SHAHOBCHALARI JIHOZ OMBORI Toshkent sh.
Turkiston Fronti Harbiy aloqalar Boshqarmasi huzuridagi oziq-ovqat va temir yo‘l Harbiy-oziq-ovqat shahobchalari uchun jihoz ombori 1922 yil 1 oktyabrda Toshkent shahrida tashkil etilib, 1924 yil 20 dekabrda tugatilgan.
HARBIY-ZAHIRA VA SANOAT KORXONALARI BIRLASHMASI 5-SON SOVЕT XO‘JALIGI Kazalinsk sh.
Fond R-930 fond bilan birlashtirib yuborilgan Mazkur xo‘jalik fond 1923 yil 1 noyabrda Turkiston Respublikasi Sirdaryo oblasti, Kazalinsk shahrida Turkiston fronti Harbiy-xo‘jalik boshqarmasi 5 Sovet xo‘jaligi bazasida tashkil topgan. 1924 yil 29 mayda Harbiy-zahira va sanoat korxonalari Birlashmasi 5-son Sovet xo‘jaligi deb qayta nomlanib, 1924 yil 10 noyabrda tugatilgan.
TURKISTON FRONTI HARBIY-XO‘JALIK BOSHQARMASI HUZURIDAGI 4-SOVЕT XO‘JALIGI POLTORATSK SHAHRI YAQINIDAGI OQ-TЕPA LAGЕRI
Turkiston Fronti Harbiy-xo‘jalik boshqarmasi huzuridagi 4-Sovet xo‘jaligi Poltoratsk shahrida 1924 yil 1 oktyabrda tashkil etilgan. 1924 yil 2 mayda tugatilgan.
QIZIL ARMIYANI TA’MINOTI BO‘YICHA MUDOFAAA KЕNGASHI FAVQULODDA VAKOLATLI TURKISTON O‘LKA HARBIY ZAHIRALAR MARKAZIY BO‘LIMI Toshkent sh.
Qizil Armiyani ta’minoti bo‘yicha Mudofaaa Kengashi Favqulodda vakolatxonasi Turkiston o‘lka Harbiy zahiralar Markaziy bo‘limi 1919 yil 26 noyabrda Toshkent shahrida tashkil etilib, 1920 yil tugatilgan.
TURKISTON O‘LKASI HARBIY ZAHIRALAR MARKAZIY BO‘LIMI BIRINCHI HARBIY ETIK TIKISH FABRIKASI Toshkent sh.
Mazkur fond 1918 yil sentyabr oyida Toshkent shahrida Turkiston Respublikasi Harbiy Komissarligi xo‘jalik mollari bo‘limi Birinchi Harbiy etik fabrikasi o‘rnida tashkil etilgan. 1919 yil 5 dekabrda Turkiston o‘lkasi Harbiy zahiralar Markaziy bo‘limi Birinchi Harbiy etik tikish fabrikasi deb qayta nomlanib, 1922 yil 1 yanvarda tugatilgan.
TURKISTON ASSR HARBIY-SANITAR OKRUG BOSHQARMASI TURKISTON DORI-DARMON OMBORXONASI
Turkiston ASSR Harbiy-sanitar okrug boshqarmasi Turkiston dori-darmon omborxonasi 1918 yil 10 iyulda Toshkentda tashkil etilgan. Tashkilotning tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan. Fond tarkibida 1918 yilga tegishli yig‘majild saqlangan.
TURKISTON FRONTI ARMIYASINI TA’MINOTI BO‘YICHA XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY KЕNGASHI VA FAVQULODDA VAKOLATXONASI HUZURIDAGI HARBIY MAXSUS KIYIM, SANOAT KIYIMI VA FUQAROLIK KO‘YLAGI ISHLAB CHIQARISH BOSHQARMASI
Turkiston fronti armiyasini ta’minoti bo‘yicha Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi va favqulodda vakolatxonasi huzuridagi Harbiy maxsus kiyim, sanoat kiyimi va fuqarolik ko‘ylagi ishlab chiqarish Boshqarmasi 1920 yil 4 noyabrda tashkil etilib, 1922 yilda tugatilgan.
TURKISTON RЕSPUBLIKASI DAVLAT SIYOSIY BOSHQARMASI QO‘SHINLARI VA ORGANLARI OKRUG ISTЕ’MOLCHILAR JAMIYATI Toshkent sh.
Davlat Siyosiy Boshqarmasining 1923 yil 18 sentyabrdagi 389/543-son buyrug‘iga ko‘ra, Harbiy okrug iste’molchilar jamiyatlari tashkil etilgan.
Umumlashgan Davlat Siyosiy Boshqarmasining 1924 yil 16 yanvardagi 40-son buyrug‘iga asosan OGPU Iste’molchilar jamiyati tugatilgan.
BatafsilTURKISTON DAVLAT UNIVЕRSITЕTI HARBIY FAKULTЕTI Toshkent sh.
1919 yilda Moskvadagi Turkiston davlat universiteti vakolatxonasi huzurida Harbiy fakultet tashkiliy komissiyasi shakllantirilgan. Komissiya vazifasiga Toshkentdagi Harbiy fakultetni ochilishi bo‘yicha barcha tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish yuklatilgan. 1920 yil boshida Moskva delegatsiyasi Toshkentga yetib keladi. Moskva delegatsiyasining Turkiston davlat universiteti mahalliy guruhi vakillari va Turkiston fronti Harbiy mutaxassislari ning 1920 yil 4 maydagi qo‘shma majlisida Harbiy fakultet tashkiliy bo‘linmasi tashkil etilgan. Tashkiliy bo‘linma Toshkentda fakultetni tashkil etish bo‘yicha barcha tashkiliy ishlarni amalga oshirib, 1920 yil noyabrda Harbiy fakultet ochilishi Turkiston ishlari bo‘yicha komissiya (Turkomissiya) tomonidan tasdiqlangan.
Harbiy fakultet respublika Inqilobiy Harbiy Kengashining 1922 yildagi 1221-son hamda Turkiston frontining 1922 yil 9 iyundagi 822/340-son buyruqlari bilan tugatilgan. Tugatish ishlari 1922 yil 1 iyulda yakunlangan.
BatafsilFARG‘ONA QO‘SHIN GURUHLARI SHTABI HUZURIDAGI HARBIY NIZOMNI BUZGANLAR ALOHIDA ROTASI Qo‘qon sh.
1920 yil 4 iyunda Semipalatinsk qo‘shinlari guruhi shtabi huzurida harbiy nizomni buzganlar alohida rotasi shakllantirilgan.
Rotaning 1920 yil 23 oktyabrdagi 107-son buyrug‘iga ko‘ra, 3-Turkiston diviziyasi shtabi huzurida ro‘yxatga olingan. Rota 1921 yil 27 fevralda tugatilgan.
BatafsilTURKISTON O‘LKASI HARBIY-TRANSPORT MЕXANIKA ZAVODI Toshkent sh.
Fond tarkibida hujjatlar to‘liq saqlanib qolmaganligi sababli, Harbiy-transport mexanika zavodini tashkil etilish sanasi haqida aniq ma’lumot mavjud emas.
FAVQULODDA ISHCHI-DЕHQON MUDOFAAASI VAKOLATLI KЕNGASHINING QIZIL ARMIYA VA FLOTI TA’MINOTI TURKISTON FRONTI VAKOLATLI BOSHQARMASI
Boshqarma 1919 yilda tashkil etilib, uning faoliyati 1922 yilda tugatilgan.
TURKISTON ASSR HARBIY ISHLAR BO‘YICHA XALQ KOMISSARLIGI
1922 yil 21 iyunda yoqilg‘i bo‘yicha Bosh Boshqarmaning buyrug‘i bilan Boku shahridagi yoqilg‘i bo‘yicha Kavkazorti-Kaspiyorti viloyat bo‘limi tasdiqlangan bo‘lib, uning Turkistondagi vakolatxonasi bo‘lgan. Vakolatxonaning tugatilgan sanasi haqida aniq ma’lumot yo‘q.
TURKISTON ASSR MUDOFAAA ISHLARI BO‘YICHA XALQ KOMISSARLIGI Toshkent sh.
RSFSR Mudofaaa ishlari bo‘yicha komissarligi 1917 yil oxirida tashkil etilgan. 1918 yil 8 aprelda V.I.Lenin XKSning Mudofaaa ishlari bo‘yicha volost, uyezd, guberniya va okrug komissarliklarini tuzish bo‘yicha dekretini imzolagan. Turkiston Respublikasi Markaziy Qo‘mitasi 1918 yil 12 avgustda 548-sonli Turkiston harbiy okrugi shtabini va barcha okrug boshqarmalarini Turkiston ASSR Mudofaaa komissarligiga aylantirish to‘g‘risidagi qarori qabul qilinadi.
Turkiston Mudofaaa komissarligi O‘zbekiston SSR Mudofaaa komissarligi deb nomlana boshladi, u 1925 yil 20 mayda O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining 37-son Qaroriga asosan O‘zSSR Hududiy okrug Boshqarmasi sifatida qayta tashkil etilgan. 1925 yil 9 iyundan O‘zSSR hududiy boshqarmasi deb nomlangan.
Batafsil