O‘ZBЕKISTON SSR OLIY SUDI
1925 yil 1 yanvarda ish faoliyatini boshlagan.
O‘ZBЕKISTON SSR ADLIYA KOMISSARIATI (Narkomyust, NKYU UzSSR)
O‘zbekiston SSR Inqilobiy qo‘mitasining 1924 yil 26 noyabrdagi qaroriga ko‘ra tashkil etilgan.
XORAZM XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI ICHKI ISHLAR XALQ NOZIRLIGI
1920 yil noyabrda tashkil etilib, 1924 yil 30 noyabrda tugatilgan.
BUXORO XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI ICHKI ISHLAR NOZIRLIGI HUZURIDAGI MILITSIYA BOSH BOSHQARMASI
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi ichki ishlar Nazorati xuzuridagi ishchi-dehqon militsiyasi Bosh Boshqarmasi 1920 yil 16 sentyabrdagi Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Xalq Nozirlar Kengashi qaroriga va Buxoro Xalq Sovet Respublikasi ichki Ishlar Nozirining 1920 yil 20 sentyabrdagi buyrug‘iga asosan tashkil etilgan. O‘rta Osiyo respublikalarida o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida 1924 yil 18 noyabrdagi 164-son buyrug‘iga ko‘ra Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Ichki ishlar Nozirligi faoliyati tugatilgan.
TURKISTON ASSR ICHKI ISHLAR XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI JINOYAT QIDIRUV MARKAZIY BOSHQARMASI
Turkiston ASSR Ichki ishlar xalq komissarligi huzuridagi jinoyat qidiruv Markaziy boshqarmasi 1920 yil Toshkentda tashkil etilib, tashkilot 1924 yil 25 noyabrda tugatilgan.
SOVЕT VA PARTIYA ISHI MARKAZIY MAKTABI HUZURIDAGI TURKISTON ASSR ICHKI ISHLAR XALQ KOMISSARLIGI KURSLARI
1919 yilda Toshkent shahrida Turkiston ASSR Ichki va tashqi ishlar xalq komissarligi huzurida militsiya nozirlarini kurslari faoliyat ko‘rsatgan. Kurslar to‘g‘risidagi Nizom 1918 yil 30 noyabrdagi Turkiston ASSR Ichki va tashqi ishlar Xalq Komissarligi Hay’ati yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan va qabul qilingan.
1919 yil 18 martda kurslar ochilgan. 1920 yil 19 iyunda Turkiston ASSR Ichki ishlar xalq komissarligi kurslarini sovet va partiya ishchilari o‘lka kurslari bilan birlashtirilgan.
BatafsilTURKISTON ASSR ICHKI ISHLAR XALQ KOMISSARLIGI JAZONI O‘TASH MUASSASALARI BOSHQARMASI
1922 yil 14 noyabrdagi Turkiston ASSR XKSning 220-sonli qarori bilan barcha jazoni o‘tash muassasalarini birlashtirish va ustidan nazoratni amalga oshirish uchun Turkiston ASSR Adliya xalq komissarligining ahloq tuzatish-mehnat bo‘limi Turkiston ASSR Ichki ishlar xalq komissarligi jazoni o‘tash muassasalari boshqarmasiga aylantirilgan. 1924 yil 22 noyabrda Turkiston ASSR Ichki ishlar xalq komissarligi jazoni o‘tash muassasalari boshqarmasi O‘rta Osiyodagi o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida tugatilgan.
TURKISTON ASSR ICHKI ISHLAR XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI MILITSIYA BOSH BOSHQARMASI
1917 yil 28 oktyabrdagi Rossiya Ichki ishlar xalq komissarligining “Ishchi militsiyasi to‘g‘risida”gi buyrug‘iga ko‘ra, yangi turdagi militsiya tashkil etilgan. Unga ko‘ra, “barcha Ishchilar va askar deputatlari Kengashlariga inqilobiy intizomni yo‘lga qo‘yish va ushlab turish uchun “ishchi militsiyasi”ni ta’sis etish belgilangan.
TURKISTON ASSR NKVD KOMMUNAL XO‘JALIK BOSH BOSHQARMASI
Turkiston ASSR NKVD kommunal xo‘jalik Bosh Boshqarmasi 1922 yil 11-18 iyunda 1-Umumturkiston viloyat va uyezd-shahar kommunal boshqarmalari mudirlari, militsiya boshliqlari va shahar kommunal bo‘limlari mudirlari qurultoyida tashkil etilgan. 37 ta kommunal xo‘jalik Boshqarmasi tizim idoralari faoliyat ko‘rsatgan. Turkiston ASSR NKVD kommunal xo‘jalik Bosh Boshqarmasi 1924 yilda tugatilgan.
TURKISTON ASSR SOVЕTLAR MARKAZIY IJROIYA QO‘MITASI HUZURIDAGI BOSH INTIZOMIY SUD TURKISTON BO‘LINMASI Toshkent sh.
Turkiston ASSR Sovetlar Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi huzuridagi Bosh intizomiy sud Turkiston bo‘linmasi 1924 yil 2 avgustda tashkil etilgan. Tugatilish sanasini aniqlash imkoniyati cheklangan.
TURKISTON ALOQA YO‘LLARI BO‘YICHA INQILOB HARBIY TЕMIR YO‘LLAR TRIBUNALI
1920 yil 18 martdagi Butunrossiya MIQ qaroriga muvofiq tashkil etilgan. 1923 yil 1 dekabrdagi RSFSR Adliya xalq Komissarligi va Oliy sudi sirkulyariga asosan tugatilgan.
TURKISTON ASSR MIQ QOSHIDAGI OLIY INQILOBIY TRIBUNAL
1918 yil 2 aprelda Toshkent inqilobiy tribunali sifatida ish boshlagan, Turkiston MIQning 1919 yil 6 maydagi buyrug‘i bilan Turkiston ASSR MIQ huzuridagi Oliy Inqilobiy tribunalga aylantirildi. Tribunal Butunittifoq MIQning 1922 yil 11 noyabrdagi qarori asosida tugatilgan.
RSFSR OLIY SUDI TURKISTON BO‘LINMASI
1923 yil 1 apreldagi Butunrossiya MIQ qarori bilan tashkil etilib, 1924 yil 12 dekabrda tugatilgan.