ТУРКИСТОН АССР МАОРИФ ХАЛҚ КОМИССАРЛИГИ
Туркистон ўлкаси Халқ Комиссарлари Советининг 1917 йил 23 ноябрдаги буйруғи асосида тузилган.Ўрта Осиёдаги миллий-ҳудудий чегараланиш сиёати натижасида 1924 йил ноябрда комиссарлик фаолияти тугатилган.
TURKISTON ASSR MILLIY ISHLAR BO‘YICHA XALQ KOMISSARLIGI (NARKOMNATS TURKASSR, TURKOMNATS)
Turkiston Sovetlarining 1918 yil 30 apreldagi V qurultoyi qarori bilan Turkiston millatlar ishlari bo‘yicha xalq komissarligi tashkil etilgan. Uning vazifalari quyidagilardan iborat edi: Sovet hokimiyati g‘oyalarini tegishli millatlar o‘rtasida o‘z ona tilida amalga oshirish; respublika hududida istiqomat qiluvchi millatlar orasida madaniy va sinfiy ongni yuksaltirish uchun barcha chora-tadbirlarni ko‘rish; barcha milliy ko‘rinishlardagi aksilinqilobga qarshi kurash; milliy-burjua hukumatlariga qarshi kurash; millatlar bo‘yicha statistik ma’lumotlarni to‘plash.
Turkiston millatlar ishlari bo‘yicha xalq komissarligi 1919 yil 10 dekabrda o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatib, Turkiston ASSR MIQning 1921 yil 21 sentyabrdagi qarori bilan yana tiklandi. Turkiston millatlar ishlari bo‘yicha xalq komissarligi Turkiston ASSR MIQning 1922 yil 14 iyuldagi buyrug‘i bilan tugatilgan.
BatafsilBuxoro Xalq Sovet Respublikasi Xalq Nozirlari Soveti
1920 yil 8 sentyabrda tashkil qilingan. O‘rta Osiyoning milliy chegaralanishi munosabati bilan TurMIQ, BuxMIQ va XorMIQ ning qo‘shma qaroriga ko‘ra 1924 yil 18 noyabrda tugatilgan.
TURKISTON ASSR XALQ MAORIFI KOMISSARLIGI MUSIQA BO‘LIMI
R-415-fond R-34-fond bilan birlashtirib yuborilgan.
UKRAINA ISHCHILAR UYI
Ukraina ishchi uyi 1920 yil 7 martda tashkil etilib, 1923 yil 10 iyunda tugatilgan.