“TURKISTON XAQIQATI” VA “QIZIL YULDUZ” GAZЕTALARI TAHRIRIYATI HUZURIDAGI MAORIF XODIMLARI KASABA UYUSHMASI 10-SON MAHALLIY QO‘MITASI.
Fondning tashkil topish va tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan. 1924 yilga oid hujjatlar mavjud.
O‘RTA OSIYO MATBAA ISHLAB CHIQARISH, NASHRIYOT VA SAVDO AKSIONЕRLIK JAMIYATI (SRЕDAZKNIGA)
O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashining 1926 yil 28 sentyabrdagi qarori bilan tashkil etilgan. O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashining 1928 yil 9 martdagi qarori bilan tugatilgan.
O‘ZBЕK DAVLAT NASHRIYOTI
1925 yilda tashkil etilib, tashkilot Nizomi 1925 yil 3 fevralda SSSR inqilobiy qo‘mitalari tomonidan tasdiqlangan.
RSFSR DAVLAT NASHRIYOTINING DAVRIY NASHRLAR VA OBUNA NASHRLARI SЕKTORINING O‘RTA OSIYO BO‘LIMI (SAOGIZ)
1924 yil yanvarda tashkil etilib, 1925 yil oktyabrda tugatilgan.
SSSR DAVLAT MOLIYA NASHRIYOTINING O‘RTA OSIYODAGI VAKOLATXONASI
1928 yil 1 aprelda moliya xodimlari va soliq to‘lovchilar o‘rtasida Davlat moliyaviy ko‘rsatmalarini nashr etish va ommalashtirish, ushbu nashrlarni mahalliy tillarga tarjima qilish, shuningdek moliyaviy tashkilotlarining matbuot ishlari bo‘yicha vazifalarini bajarish uchun tashkil etilgan. 1929 yilda tugatilgan.
"IZVЕSTIYA" GAZЕTASINING O‘RTA OSIYO BO‘LIMI
1925 yil yanvarda tashkil etilib, 1929 yil oxirida tugatilgan.
KITOB VA ISH YURITISH MOLLARI VA MUSIQA ASBOBLARINI NASHR ETISH VA SOTISH BO‘YICHA TURKISTON AKSIYADORLIK JAMIYATI (TURKPЕCHAT)
1922 yil 19 dekabrda Turkiston Respublikasi Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi Turkiston matbuot agentligining Nizomini ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Keyinchalik u kitob va ish yuritish mollari nashr etish, musiqa asboblarini va sotish bo‘yicha Turkiston aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirilgan (Turkpechat).
O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashining 1926 yil 20 sentyabrdagi qarori bilan tugatilgan.
BatafsilTURKISTON KITOB VA KANSЕLYARIYA MOLLARINI HAMDA MUSIQAGA OID MA’LUMOTLARNI NASHR ETISH VA SAVDOSI UCHUN AKSIYADORLIK JAMIYATINING “SOVЕT SHARQI” BOSMAXONASI
Turkiston kitob va kanselyariya mollarini nashr etish hamda musiqa asboblari savdosi uchun “Sovet Sharqi” Bosmaxonasi tashkil etilgan. 1926 yil 28 sentyabrda tugatilgan.
BatafsilTURKISTON ASSR MAORIF XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI TURKISTON DAVLAT NASHRIYOTI
Fond tarkibidagi hujjatlarda nashriyotning tashkil etilish tarixiga oid ma’lumotlar berilmagan.
“IQTISODIY HAYOT” JURNALI TAHRIRIYATI
Turkiston ASSR XXMKning 1920 yildan 1922 yil 5 yanvargacha faoliyat olib borgan kunlik gazetasi, 1922 yil 5 yanvardan esa Turkiston Iqtisodiy Kengashi organi gazetasi, 1922 yil 15 noyabrdagi Turkiston ASSR XKS buyrug‘i bilan “Turkestanskaya Pravda” gazetasi bilan birlashtirib yuborilgan.
BatafsilTURKISTON XALQ XO‘JALIGI JURNALI TAHRIRIYATI
Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi haftalik organi “Turkiston Xalq xo‘jaligi” jurnali 1919 yil 19 fevralda Turkiston ASSR XKS qarori bilan tashkil etilib, 1922 yil dekabrda nashriyot faoliyati to‘xtatilgan.
TURKISTON ASSR KITOB PALATASI Toshkent sh.
Turkiston ASSR Kitob palatasi 1920 – 1921 yillarda Toshkent shahrida faoliyat olib borgan.