Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

San`at

TURKISTON MUSIQA TЕXNIKUMI (Turkiston xalq konservatoriyasi)

Fond raqami: P-414 Saqlov birligi: 129 Davriy chegarasi: 1918 - 1922
Tashkilot tarixi:

1918 yil 14 may kuni Turkiston xalq universiteti xodimlarining birinchi umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi, unda Xalq Konservatoriyasini yaratish maqsadida 5 kishi (Karelin, Kox, Mironov, Cheriyavskiy va Savokich)dan iborat komissiya saylangan.

1918 yil 2 iyul kuni xalq konservatoriyasini tashkil etish bo‘yicha Komissiya yig‘ilishida Turkiston xalq universiteti Boshqaruvi Tashkiliy komissiya a’zolarini Xalq Konservatoriyasi Boshqaruvi a’zolari bo‘lib hisoblanishni taklif etdi. Bu organ bir muncha keng huquq va vakolatlarga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

1918 yil 22 noyabrdagi Turknarkompros Hay’ati Qarori bilan konservatoriya Boshqaruvi tarqatib yuborilgan va barcha konservatoriyalarni yuritish uchun Xay’at tashkil etilgan. Turkiston xalq konservatoriyasi Hay’atiga Xalq konservatoriyasi nizomi musiqa maktabi sifatida loyihasini ishlab chiqish va taqdim etish yuklatilgan.

Mazkur Nizom 1919 yil 16 avgustda Turkiston Respublikasi xalq ta’limi Komissarligi tomonidan maqsadga muvofiq emasligi ko‘rsatilib bekor qilingan.1920 yil 10 avgustda Turkiston Respublikasi Kakomprom Hay’ati tomonidan tasdiqlangan Turkiston davlat konservatoriyasi to‘g‘risida vaqtinchalik nizom ishlab chiqilgan.

Turkiston davlat konservatoriyasi Turkiston musiqa texnikumi deb qayta nomlangan va professional musiqa maktabi maqomini olgan.

Batafsil

BUTUNROSSIYA KASABA UYUSHMALARI MARKAZIY KЕNGASHI TURKISTON BYUROSI HUZURIDAGI SAN’AT ISHCHILARI BUTUNROSSIYA KASABA UYUSHMASI MARKAZIY QO‘MITASI VAKOLATLI BOSHQARMASI Toshkent sh.

Fond raqami: P-791 Saqlov birligi: 6 Davriy chegarasi: 1924 - 1924
Tashkilot tarixi:

Mazkur fond tashkil topish va tugatilish sanalari ko‘rsatilmagan. 1924 yildan 1925 yilgacha bo‘lgan davr hujjatlari mavjud.

Batafsil

"LIRA" MUSIQIY KOMЕDIYA, SATIRA VA DRAMA SA’NATKORLARINING MЕHNAT JAMOASI

Fond raqami: R-417 Saqlov birligi: 26 Davriy chegarasi: 1924 - 1930
Tashkilot tarixi:

1924 yil iyulda Ye. A. Kravchenko rahbarligida artistlar jamoasi tuzilgan. Raskatov rahbarligidagi musiqiy komediya jamoasi 1927 yil 30 martda Qozon san’at xodimlarini jalb etish vositachilik byurosi tomonidan qayta tashkil etilgan. 1928 – 1929 yillarda Termiz, Buxoro, Chorjo‘y, Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Olma-ota, Qizil O‘rda, Shimkent, Frunze shaharlarida gastrol safarlarida bo‘lgan.

1930 yil 1 oktyabrda O‘rta Osiyo san’at ishchilarini jalb etish bo‘limi tomonidan Toshkentda ro‘yxatga olinib, jamoa asosiy ish faoliyatini (ish joyi) Chimkent shahrida olib borgan. 

1931 yil 16 yanvarda O‘rta Osiyo san’at ishchilarini jalb etish bo‘limining  buyrug‘iga ko‘ra,  Chimkent davlat san’at boshqarmasi tarkibiga o‘tgkazilgan.

Batafsil

TOSHKЕNT DAVLAT RUS YOSH TOMOSHABINLAR TЕATRI (TYUZ)

Fond raqami: R-2089 Saqlov birligi: 50 Davriy chegarasi: 1945 - 1948
Tashkilot tarixi:

1944 yilda tashkil etilib, O‘zbekiston SSR  Ministrlar Sovetining 1948 yil 19 martdagi qarori bilan tugatildi.

Batafsil

TOSHKЕNT DAVLAT RUS OPЕRЕTTA TЕATRI

Fond raqami: R-2088 Saqlov birligi: 121 Davriy chegarasi: 1938 - 1948
Tashkilot tarixi:

O‘zbekiston SSR  XKS huzuridagi san’at ishlari boshqarmasining buyrug‘i bilan 1938 yil sentyabrda Toshkentda musiqali komediya (operetta) teatri tashkil etilgan. 1948 yil 2 apreldagi rahbariyatning buyrug‘i bilan operetta teatri tugatilgan.

Boshqaruvning 1948 yil 26 apreldagi buyrug‘i bilan ko‘chma operetta teatri tashkil etildi. Boshqaruvning 1949 yil 17 yanvardagi buyrug‘i bilan ko‘chma operetta teatri tugatildi.

Batafsil

Ya. M. SVЕRDLOV NOMIDAGI TOSHKЕNT DAVLAT RUS OPЕRA VA BALЕT TЕATRI

Fond raqami: R-2062 Saqlov birligi: 303 Davriy chegarasi: 1926 - 1948
Tashkilot tarixi:

Sobiq "Kolizey" xususiy sirk binosi sovet hokimiyatining “Natsionalizatsiya” siyosatidan so‘ng uning binosi  o‘quv maqsadlari uchun barcha asbob anjomlari bilan musodara qilingan.   Toshkent davlat rus opera va balet teatri Turkiston ASSR XKSning 1918 yil 24 avgustdagi qarori bilan Maorif xalq komissarligi tasarrufiga o‘tkazilishi ko‘rsatilgan holda o‘z faoliyatini boshlagan. Turkiston ASSR MIQning 1919 yil 26 noyabrdagi qarori bilan Kolizey teatri respublikadagi teatr namoyishlarini tashkil etish uchun Maorif xalq komissarligiga topshirilgan. Xuddi shu farmon bilan opera jamoasi va drama truppasi orkestr, xor va kostyum xonalari bilan birgalikda birlashtirilib, ulardan yagona respublika teatr jamoasini yaratish uchun Maorif xalq komissarligiga topshirilgan. Toshkent Kengashining davlat, partiya va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda 1920 yil 18 martdagi qo‘shma majlisi qaroriga muvofiq teatr (sobiq "Kolizey") Ya. M. Sverdlov nomidagi Sovet teatriga aylantirilgan.

1933 yilda teatr O‘zbek musiqiy komediya va satira teatri bilan birlashib, Sverdlov nomidagi o‘zbek Davlat musiqiy teatri nomi bilan, 1935 yil 5 maydan boshlab O‘zbekiston SSR  Maorif xalq xomissarligining Sverdlov nomidagi Birlashgan Davlat teatri nomi bilan faoliyat olib borgan.

1936 yil mart oyida Sverdlov teatri alohida teatr sifatida ajralib chiqqan.  SSSR Ministrlar Soveti huzuridagi san’at ishlari bo‘limining 1948 yil 15 martdagi buyrug‘i bilan teatr faoliyati 1948 yil 10 aprelda to‘xtatilgan. 1948 yilda Ya. M. Sverdlov nomidagi teatr birlashmasi va O‘zbek opera va balet teatri negizida Mehnat Qizil bayroq ordenli Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek Davlat opera va balet teatri tashkil etilgan.

Batafsil

O‘ZBЕKISTON SSR MADANIYAT MINISTRLIGINING SAN’AT ISHLARI BO‘YICHA BOSH BOSHQARMASI

Fond raqami: R-2087 Saqlov birligi: 838 Davriy chegarasi: 1936 - 1954
Tashkilot tarixi:

O‘zbekiston SSR  XKSning 1936 yil 28 martdagi qarori asosida uning qoshida san’at ishlari bo‘limi tashkil etilgan. 1953 yil iyun oyida  O‘zbekiston SSR  Madaniyat ministrligining san’at bo‘yicha Bosh boshqarmasiga aylantirilgan. SSSR va O‘zbekiston SSR Madaniyat ministrlarining buyrug‘i bilan 1955 yil 1 yanvarda San’at bosh boshqarmasi tugatilgan.

Batafsil

UKRAINA ISHCHILAR UYI

Fond raqami: R-416 Saqlov birligi: 8 Davriy chegarasi: 1920 - 1923
Tashkilot tarixi:

Ukraina ishchi uyi 1920 yil 7 martda tashkil etilib, 1923 yil 10 iyunda tugatilgan.


Batafsil

SAN’AT ISHCHILARI ITTIFOQINING “ARLЕKIN” TЕATRI JAMOASI MAHALLIY QO‘MITASI Toshkent sh.

Fond raqami: R-581 Saqlov birligi: 1 Davriy chegarasi: 1922 - 1922
Tashkilot tarixi:

Mazkur fondning tashkil topish va tugatilish sanalari ko‘rsatilmagan. 


Batafsil