BUTUNROSSIYA MADANIYAT XODIMLARI KASABA UYUSHMASI TURKISTON O‘LKA BYUROSI
Milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida Toshkent viloyatida 2 ta uyezd qoldi: Mirzacho‘l va Toshkent. Ushbu hududda bitta uyezd tashkiloti va uchta yer va o‘rmon Xodimlari ittifoqi tuman tashkiloti I) Mirzacho‘l uyezd bo‘linmasi va II) Tuman Qo‘mitasi: 1) Kaufman-Pravskiy tuman qo‘mitasi 2) Troitskiy (keyinchalik Kalinin deb qatiy nomlangan), 3) Prigorodniy tuman qo‘mitasi Prigorodniy tuman qo‘mitasi markazi tarkibidan. Yer va o‘rmon Xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan yana 4 ta yangi tuman ajratilgan va tuman qo‘matalari tashkil etilgan: 1) Yer va o‘rmon Xodimlari kasaba uyushmasi Eski-shahar tuman qo‘mitasi 2) Pskent tuman qo‘mitasi, 3) Xonobod tuman qo‘mitasi, 4) Chirchiq tuman qo‘mitasi. Bular 1-Toshkent viloyat Yer va o‘rmon Xodimlari kasaba uyushmasi qurultoyi, ya’ni 1925 yil 18 fevralga tashkil etilgan edi. Mazkur Tuman qo‘mitalari boshqaruvlarini saylovlari Yer va o‘rmon Xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy Boshqaruvi tomonidan milliy bo‘linish paytida o‘tkazilgan.
DAVLAT SIRKI HUZURIDAGI SAN’AT XODIMLARI KASABA UYUSHMASI MAHALLIY QO‘MITASI Toshkent sh.
SVЕRDLOV NOMIDAGI DAVLAT OPЕRA TЕATRI HUZURIDAGI SAN’AT XODIMLARI KASABA UYUSHMASI MAHALLIY QO‘MITASI.
Fondning tashkil topish va tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan. 1923 yilga oid hujjatlar mavjud.
"ISKRA" KO‘NGILLILAR SPORT JAMIYATINING O‘ZBЕKISTON KЕNGASHI
Kasaba uyushmalari Butunittifoq Markaziy Kengashi kotibiyatining 1945 yil 21 iyuldagi qaroriga muvofiq tuzilgan.
«Uchitel», «Bolshevik», «Pravda», «Iskusstvo» va «Znaniye» ko‘ngillilar sport jamiyatlari "Bolshevik" ko‘ngillilar sport jamiyatiga birlashtirilgan.
"Bolshevik" ko‘ngillilar sport jamiyati kengashi boshlang‘ich va o‘rta maktablar, siyosiy va o‘quv muassasalari va san’at xodimlari kasaba uyushmalari a’zolari, 1948 yildan boshlab esa geologiya qidiruv ishchilari kasaba uyushmasi a’zolari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha ishlarni tashkil etish ishlarini olib borgan.
1950 yil may oyida Kasaba uyushmalari Butunittifoq Markaziy Kengashi kotibiyatining qarori bilan "Samolyot" ko‘ngillilar sport jamiyati (aviatsiya ishchilari uyushmasi) "Bolshevik" ko‘ngillilar sport jamiyatiga qo‘shilgan.
1950 yil 29 noyabrdagi Kasaba uyushmalari Markaziy Kengashi kotibiyatining qarori bilan "Bolshevik" ko‘ngillilar sport jamiyati "Iskra" ixtiyoriy sport jamiyati deb o‘zgartirildi.
Kasaba uyushmalari Butunittifoq Markaziy Kengashining 1955 yil 18 apreldagi qarori bilan "Iskra", "Medik", "Trud" va "Nauka" sport jamiyatlari "Burevestnik" ko‘ngillilar sport jamiyatiga birlashtirilgan.
Batafsil"MЕDIK" KO‘NGILLILAR SPORT JAMIYATINING O‘ZBЕKISTON KЕNGASHI
1938 yil 18 apreldagi Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining 1955 yil sentyabrdagi qarori bilan tashkil etilgan.
"Iskra", "Medik", "Fan" va "Trud" ko‘ngilli sport jamiyatlari Madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy Qo‘mitasining "Burevestnik" yagona ko‘ngillilar sport jamiyatiga birlashtirildi.
BatafsilO‘ZBЕKISTON "FAN" KO‘NGILLILAR SPORT JAMIYATI KЕNGASHI
"Fan" ixtiyoriy sport jamiyatining 1949 yil 3 apreldagi 3-umumittifoq konferensiyasi qarori asosida tashkil etilgan. Jamiyatda ommaviy tashkiliy ishlarni amalga oshirish, ilmiy muassasalar xodimlari va maktab o‘quvchilari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni joriy etish, sport musobaqalari, sportakiadalar tashkil etish, o‘qituvchilarni tayyorlash kurslari, seminarlar, sport klublari tashkil etish va sport sohasida tadbirlarni amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan.
Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining 1955 yil 18 apreldagi qarori bilan tugatildi.
Batafsil"LIRA" MUSIQIY KOMЕDIYA, SATIRA VA DRAMA SA’NATKORLARINING MЕHNAT JAMOASI
1924 yil iyulda Ye. A. Kravchenko rahbarligida artistlar jamoasi tuzilgan. Raskatov rahbarligidagi musiqiy komediya jamoasi 1927 yil 30 martda Qozon san’at xodimlarini jalb etish vositachilik byurosi tomonidan qayta tashkil etilgan. 1928 – 1929 yillarda Termiz, Buxoro, Chorjo‘y, Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Olma-ota, Qizil O‘rda, Shimkent, Frunze shaharlarida gastrol safarlarida bo‘lgan.
1930 yil 1 oktyabrda O‘rta Osiyo san’at ishchilarini jalb etish bo‘limi tomonidan Toshkentda ro‘yxatga olinib, jamoa asosiy ish faoliyatini (ish joyi) Chimkent shahrida olib borgan.
1931 yil 16 yanvarda O‘rta Osiyo san’at ishchilarini jalb etish bo‘limining buyrug‘iga ko‘ra, Chimkent davlat san’at boshqarmasi tarkibiga o‘tgkazilgan.
BatafsilTOSHKЕNT DAVLAT RUS YOSH TOMOSHABINLAR TЕATRI (TYUZ)
1944 yilda tashkil etilib, O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1948 yil 19 martdagi qarori bilan tugatildi.
TOSHKЕNT DAVLAT RUS OPЕRЕTTA TЕATRI
O‘zbekiston SSR XKS huzuridagi san’at ishlari boshqarmasining buyrug‘i bilan 1938 yil sentyabrda Toshkentda musiqali komediya (operetta) teatri tashkil etilgan. 1948 yil 2 apreldagi rahbariyatning buyrug‘i bilan operetta teatri tugatilgan.
Boshqaruvning 1948 yil 26 apreldagi buyrug‘i bilan ko‘chma operetta teatri tashkil etildi. Boshqaruvning 1949 yil 17 yanvardagi buyrug‘i bilan ko‘chma operetta teatri tugatildi.
BatafsilYa. M. SVЕRDLOV NOMIDAGI TOSHKЕNT DAVLAT RUS OPЕRA VA BALЕT TЕATRI
Sobiq "Kolizey" xususiy sirk binosi sovet hokimiyatining “Natsionalizatsiya” siyosatidan so‘ng uning binosi o‘quv maqsadlari uchun barcha asbob anjomlari bilan musodara qilingan. Toshkent davlat rus opera va balet teatri Turkiston ASSR XKSning 1918 yil 24 avgustdagi qarori bilan Maorif xalq komissarligi tasarrufiga o‘tkazilishi ko‘rsatilgan holda o‘z faoliyatini boshlagan. Turkiston ASSR MIQning 1919 yil 26 noyabrdagi qarori bilan Kolizey teatri respublikadagi teatr namoyishlarini tashkil etish uchun Maorif xalq komissarligiga topshirilgan. Xuddi shu farmon bilan opera jamoasi va drama truppasi orkestr, xor va kostyum xonalari bilan birgalikda birlashtirilib, ulardan yagona respublika teatr jamoasini yaratish uchun Maorif xalq komissarligiga topshirilgan. Toshkent Kengashining davlat, partiya va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda 1920 yil 18 martdagi qo‘shma majlisi qaroriga muvofiq teatr (sobiq "Kolizey") Ya. M. Sverdlov nomidagi Sovet teatriga aylantirilgan.
1933 yilda teatr O‘zbek musiqiy komediya va satira teatri bilan birlashib, Sverdlov nomidagi o‘zbek Davlat musiqiy teatri nomi bilan, 1935 yil 5 maydan boshlab O‘zbekiston SSR Maorif xalq xomissarligining Sverdlov nomidagi Birlashgan Davlat teatri nomi bilan faoliyat olib borgan.
1936 yil mart oyida Sverdlov teatri alohida teatr sifatida ajralib chiqqan. SSSR Ministrlar Soveti huzuridagi san’at ishlari bo‘limining 1948 yil 15 martdagi buyrug‘i bilan teatr faoliyati 1948 yil 10 aprelda to‘xtatilgan. 1948 yilda Ya. M. Sverdlov nomidagi teatr birlashmasi va O‘zbek opera va balet teatri negizida Mehnat Qizil bayroq ordenli Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek Davlat opera va balet teatri tashkil etilgan.
BatafsilO‘ZBЕKISTON SSR MADANIYAT MINISTRLIGINING SAN’AT ISHLARI BO‘YICHA BOSH BOSHQARMASI
O‘zbekiston SSR XKSning 1936 yil 28 martdagi qarori asosida uning qoshida san’at ishlari bo‘limi tashkil etilgan. 1953 yil iyun oyida O‘zbekiston SSR Madaniyat ministrligining san’at bo‘yicha Bosh boshqarmasiga aylantirilgan. SSSR va O‘zbekiston SSR Madaniyat ministrlarining buyrug‘i bilan 1955 yil 1 yanvarda San’at bosh boshqarmasi tugatilgan.
O‘RTA OSIYO MATBAA ISHLAB CHIQARISH, NASHRIYOT VA SAVDO AKSIONЕRLIK JAMIYATI (SRЕDAZKNIGA)
O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashining 1926 yil 28 sentyabrdagi qarori bilan tashkil etilgan. O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashining 1928 yil 9 martdagi qarori bilan tugatilgan.
O‘ZBЕK DAVLAT NASHRIYOTI
1925 yilda tashkil etilib, tashkilot Nizomi 1925 yil 3 fevralda SSSR inqilobiy qo‘mitalari tomonidan tasdiqlangan.
RSFSR DAVLAT NASHRIYOTINING DAVRIY NASHRLAR VA OBUNA NASHRLARI SЕKTORINING O‘RTA OSIYO BO‘LIMI (SAOGIZ)
1924 yil yanvarda tashkil etilib, 1925 yil oktyabrda tugatilgan.
SSSR DAVLAT MOLIYA NASHRIYOTINING O‘RTA OSIYODAGI VAKOLATXONASI
1928 yil 1 aprelda moliya xodimlari va soliq to‘lovchilar o‘rtasida Davlat moliyaviy ko‘rsatmalarini nashr etish va ommalashtirish, ushbu nashrlarni mahalliy tillarga tarjima qilish, shuningdek moliyaviy tashkilotlarining matbuot ishlari bo‘yicha vazifalarini bajarish uchun tashkil etilgan. 1929 yilda tugatilgan.
"IZVЕSTIYA" GAZЕTASINING O‘RTA OSIYO BO‘LIMI
1925 yil yanvarda tashkil etilib, 1929 yil oxirida tugatilgan.
KITOB VA ISH YURITISH MOLLARI VA MUSIQA ASBOBLARINI NASHR ETISH VA SOTISH BO‘YICHA TURKISTON AKSIYADORLIK JAMIYATI (TURKPЕCHAT)
1922 yil 19 dekabrda Turkiston Respublikasi Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi Turkiston matbuot agentligining Nizomini ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Keyinchalik u kitob va ish yuritish mollari nashr etish, musiqa asboblarini va sotish bo‘yicha Turkiston aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirilgan (Turkpechat).
O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashining 1926 yil 20 sentyabrdagi qarori bilan tugatilgan.
BatafsilBUXORO XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI MARKAZIY IJROIYA QO‘MITASI HUZURIDAGI DAVLAT NASHRIYOTI Buxoro sh.
Mazkur fondning tashkil topish va tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan. Fond tarkibida 1921–1924 yillarga oid hujjatlar saqlangan.
SAN’AT ISHCHILARI ITTIFOQINING “ARLЕKIN” TЕATRI JAMOASI MAHALLIY QO‘MITASI Toshkent sh.
Mazkur fondning tashkil topish va tugatilish sanalari ko‘rsatilmagan.
TURKISTON RЕSPUBLIKASI MAORIF VA IJTIMOIY MADANIYAT ITTIFOQI O‘LKA QO‘MITASI
Ittifoq O‘lka Qo‘mitasining 2-O‘lka Qurultoyidagi ma’ruzasiga ko‘ra, O‘lka Qo‘mitasi 1914 yil 9 fevraldan faoliyat ko‘rsata boshlagan. Shuningdek, mavjud vaqtinchalik Ittifoq O‘lka Qo‘mitasining 1919 yil 10 va 13 yanvardagi majlislari bayonnomalari nusxalariga ko‘ra, uni 1919 yilda ham faoliyat ko‘rsatganligini ko‘rish mumkin.
Qo‘mita 1921 yil avgust oyiga qadar faoliyat olib borgan.
BatafsilROSSIYA VARЕTЕ VA SIRK ARTISTLARI JAMIYATI TURKISTON BO‘LIMI Toshkent sh.
Mazkur fond tashkil topish va tugatilish sanalari ko‘rsatilmagan. 1917 yildan 1920 yilgacha bo‘lgan davr hujjatlari mavjud.
TURKISTON KITOB VA KANSЕLYARIYA MOLLARINI HAMDA MUSIQAGA OID MA’LUMOTLARNI NASHR ETISH VA SAVDOSI UCHUN AKSIYADORLIK JAMIYATINING “SOVЕT SHARQI” BOSMAXONASI
Turkiston kitob va kanselyariya mollarini nashr etish hamda musiqa asboblari savdosi uchun “Sovet Sharqi” Bosmaxonasi tashkil etilgan. 1926 yil 28 sentyabrda tugatilgan.
BatafsilTURKISTON ASSR MAORIF XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI TURKISTON DAVLAT NASHRIYOTI
Fond tarkibidagi hujjatlarda nashriyotning tashkil etilish tarixiga oid ma’lumotlar berilmagan.
“IQTISODIY HAYOT” JURNALI TAHRIRIYATI
Turkiston ASSR XXMKning 1920 yildan 1922 yil 5 yanvargacha faoliyat olib borgan kunlik gazetasi, 1922 yil 5 yanvardan esa Turkiston Iqtisodiy Kengashi organi gazetasi, 1922 yil 15 noyabrdagi Turkiston ASSR XKS buyrug‘i bilan “Turkestanskaya Pravda” gazetasi bilan birlashtirib yuborilgan.
BatafsilTURKISTON XALQ XO‘JALIGI JURNALI TAHRIRIYATI
Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi haftalik organi “Turkiston Xalq xo‘jaligi” jurnali 1919 yil 19 fevralda Turkiston ASSR XKS qarori bilan tashkil etilib, 1922 yil dekabrda nashriyot faoliyati to‘xtatilgan.
TURKISTON ASSR KITOB PALATASI Toshkent sh.
Turkiston ASSR Kitob palatasi 1920 – 1921 yillarda Toshkent shahrida faoliyat olib borgan.