O‘ZBЕKISTON SSR MARKAZIY IJROIYA QO‘MITASI QOSHIDAGI "BOLALAR DO‘STI" JAMIYATI MARKAZIY KЕNGASHI
1928 yil 22 avgustda boshpanasizlikni butunlay yo‘q qilish, kommunistik ta’lim va kashshoflik harakatini rivojlantirish uchun proletar jamoatchilik kuchlari va vositalarini safarbar qilish uchun tashkil etilgan. 1935 yil 19 noyabrda O‘zbekiston SSR MIQ qarori bilan tugatilgan.
ROSSIYA QIZIL XOCH JAMIYATINING O‘RTA OSIYODAGI VAKOLATLI VAKILI BOSHQARMASI (UPOLNOMOCHЕNNЫY ROKK V SRЕDNЕY AZII)
1922 yil 8 aprel kuni, Turkiston ASSR uchun vakolatli Rossiya Qizil xoch jamiyati vakolatxonasi tashkil etilgan. 1924 yil 21 yanvar buyrug‘i bilan O‘rta Osiyoda vakolatli Rossiya qizil xoch jamiyati vakolatxonasi deb o‘zgartirildi. 1925 yil 1 dekabrda tugatilgan.
OBODONLASHTIRISHGA KO‘MAKLASHISH JAMIYATINING MARKAZIY KЕNGASHI
1930 yil 25 aprelda tashkil topib, 1935 yilda tugatilgan.
MUDOFAAA, AVIATSIYA VA KIMYO QURILISHIGA KO‘MAKLASHISH JAMIYATINING O‘RTA OSIYO KЕNGASHI (OSOAVIAXIM)
1927 yil dekabrda tashkil etilib, SSSR Mudofaaa, aviatsiya va kimyoviy qurilishni rivojlantirish jamiyati Markaziy Kengashining 1934 yil 4 oktyabrdagi qarori bilan tugatilgan.
BUTUNITTIFOQ SIYOSIY MAHKUMLAR VA SURGUN QILINGAN KO‘CHMANCHILAR JAMIYATINING O‘ZBЕKISTON BO‘LIMI
1934 yil 17 noyabrda tashkil etilib, SSSR MIQ plenumining qarori bilan 1935 yil 25 iyunda tugatilgan.
BUTUNITTIFOQ SIYOSIY MAHKUMLAR VA SURGUN QILINGAN KO‘CHMANCHILAR JAMIYATINING O‘RTA OSIYO BO‘LIMI
1931 йилда ташкил этилиб, 1934 йилда 17 ноябрда жамиятнинг Ўрта Осиё республикаларида ташкил этилиши муносабати билан тугатилган.
O‘ZBЕKISTON SSR INQILOB KURASHCHILARIGA YORDAM BЕRISH XALQARO JAMIYATI MARKAZIY QO‘MITASI (SK MOPR Uzbekskoy SSR)
1925 yil 1 aprelda tashkil etilgan. SSSR inqilob jangchilariga yordam berish xalqaro jamiyati Markaziy qo‘mitasi Plenumining 1948 yil 12 fevraldagi qarori asosida tugatilgan.
O‘ZBЕKISTON SSR QO‘SHCHI ITTIFOQI MARKAZIY QO‘MITASI (Vseuzobkom)
1924 yil 14 dekabrda tashkil etilib, 1927 yilda ittifoq qishloq kambag‘allarining ommaviy ko‘ngilli tashkilotiga aylantirilgan.
1930 yilda Qo‘shchi Ittifoqi tugatilgan.
Batafsil1924 yil 24 noyabrda O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish siyosatidan so‘ng respublikalar o‘rtasida mulklarni taqsimlash va davlat apparatini qayta tashkil etish maqsadida tashkil etilgan. 1925 yil 23 fevralda tashkilot faoliyati tugatilgan
1924 yil 24 noyabrda O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish siyosatidan so‘ng respublikalar o‘rtasida mulklarni taqsimlash va davlat apparatini qayta tashkil etish maqsadida tashkil etilgan. 1925 yil 23 fevralda tashkilot faoliyati tugatilgan
SSSR XALQ KOMISSARLARI SOVЕTI QOSHIDAGI O‘RTA OSIYO IQTISODIY KЕNGASHI (SRЕDAZEKOSOS)
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish siyosatidan so‘ng O‘rta Osiyo Iqtisodiy kengashi tugatilib, uning vazifalari SSSR Mehnat va Mudofaaa Kengashining O‘rta Osiyodagi vakolatli boshqarmasiga topshirildi. 1926 yil iyul oyida boshqarma faoliyati tugatilib, 1926 yil 30 iyulda O‘zbekiston SSR, Turkmaniston SSR, Tojikiston SSR va Qirg‘iziston avtonom viloyatining iqtisodiy aloqalarini SSSR bilan mustaxkamlash va nazorat qilish maqsadida qayta tashkil etilgan. 1934 yilda SSSR XKS va VKP (b) MK ning buyrug‘i bilan tashkilot faoliyati tugatilgan.
SSSR MЕHNAT VA MUDOFAAA KЕNGASHINING O‘RTA OSIYODAGI VAKOLATLI BOSHQARMASI (Upol.STO SSSR v Sredney Azii)
1924 yil 25 noyabrda O‘rta Osiyo respublikalari va viloyatlarini xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan. Vakolatxona qoshida O‘rta Osiyo respublikalarining ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘rganish, Kelishuv (arbitraj) komissiyasi, O‘rta Osiyo va Qozog‘istonda suvdan foydalanish tartib qoidalari va qonunchiligini ishlab chiqish, Qishloq va ovullarni o‘rganish kabi komissiyalar faoliyat olib borgan. 1926 yilda tashkilot faoliyati tugatilib, uning vazifalari O‘rta Osiyo Iqtisodiy kengashiga o‘tkazilgan.
O‘RTA OSIYO RЕSPUBLIKALARI IQTISODIY KЕNGASHI (SЕS)
O‘rta Osiyo respublikalarining I iqtisodiy konferensiyasida (1923 yil 5 mart, 1923 yil 5 mart) Turkiston ASSR, BXSR va XXSR Xalq xo‘jaligini muvofiqlashtirish va nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan.
1924 yil 25 noyabrda milliy hududiy chegaralanish siyosati natijasida O‘rta Osiyo respublikalarining Iqtisodiy kengashi tugatildi va uning vazifalari SSSRning Mehnat va Mudofaaa Kengashining O‘rta Osiyodagi vakolatxonasiga topshirilgan.
Batafsil