TURKISTON ASSR ICHKI ISHLAR XALQ KOMISSARLIGINING AHOLINI EVAKUATSIYA QILISH MARKAZIY BOSHQARMASI (TURKSЕNTROEVAK)
Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Sovetining 1919 yil 22 iyuldagi dekreti bilan Turkiston o‘lkasi aholini ko‘chirish boshqarmasi (Turkkrayevak) tuzilib, 1920 yil 22 iyulda Turkiston ASSR IIXK (NKVD) ning Aholini (ko‘chirish) Evakuatsiya qilish Markaziy Boshqarmasi (Turksentroevak) deb nomlandi.
Turk ASSR Xalq Komissarlari Sovetining 1922 yil 27 oktyabrdagi qarori asosida aholini ko‘chirish organlari faoliyati tugatilib, ularning vazifalari qisman Yer ishlari Xalq komissarligiga o‘tkazilgan.
BatafsilTURKISTON ASSR MЕHNAT XALQ KOMISSARLIGI
Туркистон ўлкаси Халқ Комиссарлари Советининг 1917 йил 23 ноябрдаги буйруғи билан ташкил топган. 1919 йил ноябрда Меҳнат ва ижтимоий таъминот халқ комиссарлигига айлантирилиб, 1920 йил 6 августда алоҳида Меҳнат Халқ комисасарлиги сифатида яна ажралиб чиқди. Ўрта Осиёнинг миллий-ҳудудий чегараланиш сиёсати натижасида 1924йил 24 декабрда комиссарлик фаолияти тугатилган.
ТУРКИСТОН АССР МАОРИФ ХАЛҚ КОМИССАРЛИГИ
Туркистон ўлкаси Халқ Комиссарлари Советининг 1917 йил 23 ноябрдаги буйруғи асосида тузилган.Ўрта Осиёдаги миллий-ҳудудий чегараланиш сиёати натижасида 1924 йил ноябрда комиссарлик фаолияти тугатилган.
TURKISTON ASSR MILLIY ISHLAR BO‘YICHA XALQ KOMISSARLIGI (NARKOMNATS TURKASSR, TURKOMNATS)
Turkiston Sovetlarining 1918 yil 30 apreldagi V qurultoyi qarori bilan Turkiston millatlar ishlari bo‘yicha xalq komissarligi tashkil etilgan. Uning vazifalari quyidagilardan iborat edi: Sovet hokimiyati g‘oyalarini tegishli millatlar o‘rtasida o‘z ona tilida amalga oshirish; respublika hududida istiqomat qiluvchi millatlar orasida madaniy va sinfiy ongni yuksaltirish uchun barcha chora-tadbirlarni ko‘rish; barcha milliy ko‘rinishlardagi aksilinqilobga qarshi kurash; milliy-burjua hukumatlariga qarshi kurash; millatlar bo‘yicha statistik ma’lumotlarni to‘plash.
Turkiston millatlar ishlari bo‘yicha xalq komissarligi 1919 yil 10 dekabrda o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatib, Turkiston ASSR MIQning 1921 yil 21 sentyabrdagi qarori bilan yana tiklandi. Turkiston millatlar ishlari bo‘yicha xalq komissarligi Turkiston ASSR MIQning 1922 yil 14 iyuldagi buyrug‘i bilan tugatilgan.
BatafsilTURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI POCHTA VA TЕLЕGRAF XALQ KOMISSARLIGI (TURKASSR POCHTA XALQ KOMISSARLIGI, TURKASSR NKPT)
Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Sovetining 1917-yil 23 noyabrdagi dekreti asosida tuzilgan; 1922 yil 9 sentyabrda O‘rta Osiyo aloqa okrugiga aylantirilgan.
TURKISTON ASSR ISHCHI-DЕHQON INSPЕKSIYASI XALQ KOMISSARLIGI (TURKISTON ASSR NK RKI)
1918 yil 15 mayda Turkiston ASSR Markaziy Davlat nazorati tuzilib, u 1920 yil iyun oyida Turkiston ASSR Ishchi-dehqon inspeksiyasi xalq komissarligi sifatida qayta tashkil etilgan. 1924 yil noyabrda O‘rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida tugatilgan.
TURKISTON ASSR SOG‘LIQNI SAQLASH XALQ KOMISSARLIGI
Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Sovetining 1917-yil 23 noyabrdagi buyrug‘i bilan tuzilgan. O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy –hududiy chegaralanish siyosati munosabati bilan 1924 yil 24 noyabrda tugatilgan.
TURKISTON ASSR OZIQ-OVQAT XALQ KOMISSARLIGI (TURKNARKOMPROD)
Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Sovetining 1917 yil 23 noyabrdagi buyrug‘i bilan oziq-ovqat Xalq komissarligi sifatida tashkil etilgan. 1918 yil 7 martda u Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Soveti qoshidagi oziq-ovqat bo‘limiga aylantirilgan. 1918 yil 15 iyunda Turkiston O‘lkasi oziq-ovqat direktoriyasi, 1919 yil dekabrda yana Turkiston ASSR oziq-ovqat xalq komissarligi sifatida tashkil etildi. Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining 1923 yil 7 oktabrdagi farmoni bilan Turkiston Oziq-ovqat Xalq Komissarligi tugatilgan.
TURKISTON ASSRDAGI ROSSIYA QIZIL XOCH JAMIYATI VAKOLATLISI BOSHQARMASI HUZURIDAGI DAM OLISH UYI Toshkent stansiyasi. Troitskiy qishlog‘i.
Rossiya qizil xoj jamiyati vakolatlisi Boshqarmasi huzuridagi Dam olish uyi 1923 yil 19 may kuni tashkil etilgan. 1923 yil 10 sentyabrda tugatilgan. 1924 yil 24 aprelda qayta ochilgan va Rossiya qizil xoj jamiyati vakolatlisi Boshqarmasi huzuridagi Dam olish uyi sifatida faoliyatini davom ettirgan. Yozgi mavsum paytlarida, may, iyun, iyul, avgust oylarida ochilgan va yana yopilgan. 1924,1925 yillardagi va undan keyingi faoliyati haqida fondda hujjatlar mavjud emas.
BUTUNITTIFOQ DAVOLASH-SANITARIYA XODIMLARI SANOAT ITTIFOQI TURKISTON BO‘LIMI O‘LKA QO‘MITASI
Butunittifoq davolash-sanitar ishi xodimlari sanoat ittifoqi Turkiston bo‘limi O‘lka qo‘mitasi 1919 yil noyabr oyida Tibbiy-sanitariya xodimlari 1 O‘lka Qurultoyida tashkil etilgan. 1921 yil 25 iyul kuni Butunittifoq Kasaba uyushmasining Markaziy Kengashi Turkiston byurosi Qaroriga asosan amalda tugatilgan.
Butunittifoq davolash-sanitar ishi xodimlari sanoat ittifoqi Turkiston bo‘limi O‘lka qo‘mitasining Tibbiyot xodimlari Ittifoqi viloyat bo‘limlaridan kelgan vakillari ishtirokidagi 1921 yil 21 iyuldagi kengaytirilgan Plenumida Butunittifoq davolash-sanitar ishi xodimlari kasba uyushmasi Markaziy qo‘mitasi Turkiston byurosi tashkil etildi.
TURKISTON MARKAZIY IJROIYA QO‘MITASI ISH SHTATLARINI QAYTA KO‘RIB CHIQISH KOMISSIYASI
1921 yil 15 noyabrda Turkmaniston Respublikasi Sovetlar Markaziy Qo‘mitasi Prezidiumi qarori bilan Turkmaniston Respublikasi Sovetlar Markaziy Qo‘mitasi Prezidiumi qoshida Turkiston SSR muassasalarini qayta ko‘rib chiqish komissiyasi tashkil etilgan. O‘sha paytda uning qoshida muassaalarni tadqiq etish materiallari va shtatlarni qisqartirish loyihalariga dastlabki qayta ishlov berish uchun Texnik kichik komissiya tashkil etilgan. Turkiston respublikasi Xalq Komissarlari Kengashining 1923 yil 18 sentyabrdagi qarori bilan (30-son jurnal) sovet apparatini qisqartirish bo‘yicha Komissiya qisqartirilgan.
TURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI IJTIMOIY TA’MINOT XALQ KOMISSARLIGI (TURKISTON ASSR NARKOMSOBЕS)
1918 yildan Turkiston ASSR Xalq mehnat komissarligi huzurida ijtimoiy ta’minot bo‘limi mavjud bo‘lgan. 1919 yil noyabrda Xalq mehnat komissarligi Xalq mehnat va ijtimoiy ta’minot komissarligi deb qayta nomlangan, 1920 yil 6 avgustda esa Ijtimoiy ta’minot Xalq Komissarligi tashkid etilgan. 1924 yil O‘rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanishi islohati natijasida uning faoliyati tugatilgan.
URUSH NOGIRONLARI, BЕMOR VA YARADOR QIZILARMIYA ASKARLARI VA ULARNING OILALARIGA YORDAM KO‘RSATISH TURKISTON QO‘MITASI (TURKOMPOM)
1922 yil 20 iyundagi Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi qarori bilan Turkiston Ijroiya qo‘mitasi (Armiya bo‘yicha Markaziy Qo‘mita) qoshida qizil armiya askarlariga yordam ko‘rsatish Markaziy komissiyasi tashkil etilgan. Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining 1924 yil 13 yanvardagi buyrug‘i bilan Urush nogironlari, bemor va yarador qizilarmiya askarlari va ularning oilalariga yordam ko‘rsatish Turkiston qo‘mitasi (Turkompom) etib qayta tashkil etilgan. Qo‘mita O‘zbekiston SSR Inqiloyat Qo‘mitasi qarori bilan 1924 yil 28 dekabrdagi qarori bilan tugatilgan.
TURKISTON ASSR XALQ KOMISSARLARI KЕNGASHI HUZURIDAGI OLIMLAR TURMUSH TARZINI YAXSHILASH BO‘YICHA KOMISSIYA
Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Kengashi huzuridagi olimlar turmush tarzini yaxshilash bo‘yicha Komissiya 1922 yil 13 noyabrda Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1924 yil 2 iyulda tugatilgan.
O‘ZSSR YER ISHLARI XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI TURKISTONDAGI 2-UMUMROSSIYA YER VA SHAHAR AHOLISINI RO‘YXATGA OLISH BO‘LIMI
O‘zSSR Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi Turkistondagi 2-Umumrossiya qishloq-xo‘jalik yer va shahar ro‘yxatga olish bo‘limi 1917 yil vaqtinchalik hukumat tomonidan tashkil etilgan.
7,12,26-SON MAKTABLARI, 5-SON QIRG‘IZ BOLALAR UYI,12-SON BOLALAR ITTIFOQI, 13-SON O‘SMIRLAR UYI, ARXIV ISHI BOSHQARMASI, TURKISTON DAVLAT KUTUBXONASI, TURKISTON QADIMGI ASHYOLAR VA SAN’AT QO‘MITASI JAMOALARINI BIRLASHTIRUVCHI MAORIF XODIMLARI 6-SON KASABA UYUSHMASI BOSHLANG‘ICH QO‘MITASI HUZURIDAGI MЕHNAT ILMIY KЕNGASHI VAQT LIGASI BO‘LINMASI
7,12,26-son maktablari, 5-son Qirg‘iz bolalar uyi,12-son bolalar ittifoqi, 13-son o‘smirlar uyi, Arxiv ishi Boshqarmasi, Turkiston davlat kutubxonasi, Turkiston qadimgi ashyolar va san’at qo‘mitasi jamoalarini birlashtiruvchi maorif xodimlari 6-son kasaba uyushmasi boshlang‘ich qo‘mitasi huzuridagi Mehnat Ilmiy kengashi bo‘linmalar birlashmasi 1924 yilda tashkil etilgan. Tugatilish sanasi ma’lum emas.
TURKISTON ASSR IJTIMOIY TA’MINOTI XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI SOVЕT ISHCHILARI VA JAMOAT MUASSASALARI KASABA UYUSHMASI №31-SON MAHALLIY QO‘MITASI
Turkiston ASSR ijtimoiy ta’minoti Xalq komissarligi huzuridagi sovet va jamoat muassasalari kasaba uyushmasi №31-sonli Mahalliy Qo‘mitasi 1920 yil 6 avgustda tashkil etilgan. 1924 yil oktyabr oyida tugatilgan.
TURKISTON ASSR ICHKI ISHLAR XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI SOVЕT ISHCHILARI VA JAMOAT MUASSASALARI KASABA UYUSHMASI MAHALLIY QO‘MITASI
Turkiston ASSR ichki ishlar Xalq komissarligi huzuridagi sovet va jamoat muassasalari kasaba uyushmasi №39-sonli Mahalliy Qo‘mitasi 1920 yil Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1924 yil oktyabr oyida tugatilgan.
TURKISTON ASSR XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY KЕNGASHI HUZURIDAGI SOVЕT ISHCHILARI VA JAMOAT MUASSASALARI KASABA UYUSHMASI №22-SON MAHALLIY QO‘MITASI
Turkiston ASSR xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi huzuridagi sovet va jamoat muassasalari kasaba uyushmasi №22-son Mahalliy Qo‘mitasi 1918 yil 1 noyabrda Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1924 yil 1 noyabrda tugatilgan.
ISTЕ’MOLCHILAR JAMIYATLARI TURKISTON ITTIFOQI HUZURIDAGI SOVЕT ISHCHILARI VA JAMOATCHILIK MUASSASALARI KASABA ITTIFOQI 57-SON MAHALLIY QO‘MITASI
Iste’molchilar jamiyatlari Turkiston ittifoqi huzuridagi sovet va jamoatchilik muassasalari kasaba ittifoqi 57-son mahalliy qo‘mitasi 1919 yil da Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1923 yil 17 dekabrda tugatilgan.
BUTUNITTIFOQ TЕMIRCHI ISHCHILAR KASABA UYUSHMASI TURKISTON O‘LKASI QO‘MITASI
Butunittifoq temirchi ishchilar kasaba uyushmasi Turkiston tuman Qo‘mitasi 1919 yildan 1924 yillargacha Toshkent shahrida faoliyat yuritgan.
BUTUNITTIFOQ TЕMIRCHI ISHCHILAR KASABA UYUSHMASI MARKAZIY QO‘MITASINING TURKISTONDAGI VAKOLATXONASI. Toshkent sh.
Butunittifoq temirchi ishchilar kasaba uyushmasi Markaziy Qo‘mitasining Turkistondagi Vakolatxonasi 1921 yildan 1922 yillargacha Toshkent shahrida faoliyat yuritgan.
XALQ OVQATLANISH VA UMUMIY YOTOQXONALAR KASABA UYUSHMASI TURKISTON O‘LKA QO‘MITASI. Toshkent sh.
NONNI TASARRUF ETISH BO‘YICHA TURKISTON MARKAZIY IJROIYA QO‘MITASI VAKOLATLISI BOSHQARMASI HUZURIDAGI SOVЕT VA SAVDO XIZMATLARI KASABA UYUSHMASI 11-BOSHLANG‘ICH QO‘MITASI
Nonni tasarruf etish bo‘yicha Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi vakolatlisi Boshqarmasi huzuridagi sovet va savdo xizmatlari kasaba uyushmasi 11-boshlang‘ich qo‘mitasi 1923 yil 27 martda Toshkent shahrida tashkil etilgan va 1924 yil 18 mayga qadar faoliyat yuritgan.
BUTUNROSSIYA DAVOLASH-SANITARIYA MЕHNATI KASABA UYUSHMASI TURKISTON OKRUG YO‘L BO‘LIMI Toshkent sh.
Mazkur fond tashkil topish va tugatilish sanalari ko‘rsatilmagan. 1918 yildan 1922 yilgacha bo‘lgan davr hujjatlari mavjud.