Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Ijtimoiy hayot

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi (BXSR MIQ, BuxMIQ)

Fond raqami: P-47 Saqlov birligi: 661 Davriy chegarasi: 1921 - 1924
Tashkilot tarixi: 1921 yil 25 sentyabrda Buxoro Xalq Respublikasi Sovetining II Qurultoyida saylangan. O‘rta Osiyoning milliy chegaralanishi munosabati bilan TurMIQ, BuxMIQ va XorMIQ ning qo‘shma qaroriga ko‘ra 1924 yil 18 noyabrda tugatilgan. Batafsil

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Xalq Nozirlari Soveti

Fond raqami: P-48 Saqlov birligi: 342 Davriy chegarasi: 1920 - 1924
Tashkilot tarixi:

1920 yil 8 sentyabrda tashkil qilingan. O‘rta Osiyoning milliy chegaralanishi munosabati bilan TurMIQ, BuxMIQ va XorMIQ ning qo‘shma qaroriga ko‘ra 1924 yil 18 noyabrda tugatilgan.

Batafsil

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Xalq maorif nozirligi

Fond raqami: R-56 Saqlov birligi: 238 Davriy chegarasi: 1920 - 1924
Tashkilot tarixi: 1920 yil 15 sentyabrda tashkil etilgan, 1924 yil 17 noyabrda tugatilgan. Batafsil

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Markaziy vaqf boshqarmasi

Fond raqami: R-57 Saqlov birligi: 180 Davriy chegarasi: 1920 - 1924
Tashkilot tarixi: 1920 yil oktabrda BXSR Xalq Maorif Nozirligi qoshida Vaqf bo‘limi tashkil etildi. 1921 yil 7 iyulda BXSR Markaziy vaqf boshqarmasi deb nomlandi. 1924 yil 10 dekabrda tugatilgan. Batafsil

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Sog‘liqni saqlash markaziy boshqarmasi

Fond raqami: R-61 Saqlov birligi: 99 Davriy chegarasi: 1921 - 1924
Tashkilot tarixi:

1920 yil 31 oktabrda Buxoro XSR Sog‘liqni saqlash xalq nozirligi tuzildi; 1921 yil 4 mayda u BXSR Sog‘liqni saqlash, mehnat va ijtimoiy ta’minot xalq nozirligi deb o‘zgartirildi; 1923 yil may oyidan BXSR Ichki ishlar nozirligining Sog‘liqni saqlash markaziy bo‘limi, 1923 yil dekabrdan - BXSR Sog‘liqni saqlash markaziy boshqarmasi deb o‘zgartirildi va u 1924 yil 28 noyabrda tugatildi.

Batafsil

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Markaziy mehnat boshqarmasi

Fond raqami: P-63 Saqlov birligi: 35 Davriy chegarasi: 1921 - 1924
Tashkilot tarixi: 1921 yil 4 mayda BXSRning Mehnat, ijtimoiy ta’minot va sog‘liqni saqlash xalq nozirligi tuzildi; 1922 yilda BXSR Mehnat kengashi, 1923 yilda BXSR Markaziy mehnat boshqarmasi bo‘lib qayta tashkil etildi va u 1924 yil noyabrda tugatildi. Batafsil

BUXORO XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI KASABA UYUSHMALAR MARKAZIY KЕNGASHI Buxoro sh.

Fond raqami: R-1905 Saqlov birligi: 4 Davriy chegarasi: 1922 - 1924
Tashkilot tarixi:

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi kasaba uyushmalar Markaziy Kengashi tashkil etilish sanasi noma’lum. 1924 yilda tugatilgan. Fond tarkibida 1922 – 1924 yillarga oid hujjatlar mavjud.

Batafsil

BUXORO XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI SAVDO VA SANOAT XALQ KOMISSARLIGI (NAZORATI) HUZURIDAGI KOOPЕRATSIYA VA DAVLAT SAVDO ISHCHILARI KASABA UYUSHMASI MAHALLIY QO‘MITASI Buxoro sh.

Fond raqami: R-647 Saqlov birligi: 1 Davriy chegarasi: 1921 - 1924
Tashkilot tarixi:

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi savdo va sanoat Xalq Komissarligi (Nazorati) huzuridagi kooperatsiya va davlat savdo ishchilari kasaba uyushmasi mahalliy qo‘mitasi 1921 yil 13 martda tashkil etilib, 1924 yilda tugatilgan.

Batafsil