Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Loyihalashtirish va qurilish

Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi huzuridagi Turkiston Davlat qurilish va ta’minoti qo‘mitasi

Fond raqami: R-167 Saqlov birligi: 586 Davriy chegarasi: 1917 - 1922
Tashkilot tarixi:

1917 yil 20 dekabrda Turkiston o‘lkasi temir yo‘l boshqarmasining yangi tarmoqlarini qurish bo‘limi tashkil etildi; 1920 yil 10 aprelda Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi qoshidagi Turkiston Davlat qurilish ta’minoti qo‘mitasi etib qayta tashkil etildi. 1922 yilda 17 fevraldagi Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi Prezidiumining qarori asosida tugatilgan.

Batafsil

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Xalq Nozirlari Soveti

Fond raqami: P-48 Saqlov birligi: 342 Davriy chegarasi: 1920 - 1924
Tashkilot tarixi:

1920 yil 8 sentyabrda tashkil qilingan. O‘rta Osiyoning milliy chegaralanishi munosabati bilan TurMIQ, BuxMIQ va XorMIQ ning qo‘shma qaroriga ko‘ra 1924 yil 18 noyabrda tugatilgan.

Batafsil

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Iqtisodiy Kengashi (BNSR ECOSO, Bux ECOSO)

Fond raqami: R-49 Saqlov birligi: 24 Davriy chegarasi: 1923 - 1924
Tashkilot tarixi: 1923 yil iyun oyida tuzilgan. 1924 yil noyabrda tugatilgan. Batafsil

TURKISTON ASSRNING №217 QURILISH ISHLARINI TARG‘IB QILISH BOSHQARMASI (Turkkraykultstroy)

Fond raqami: P-785 Saqlov birligi: 14 Davriy chegarasi: 1920 - 1921
Tashkilot tarixi:

Xalq ta’limi mahalliy bo‘limlari tomonidan xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish imkoniyati bo‘lmagan joylarda qurilish ishlab chiqarishidagi ishchilar o‘rtasida barcha ma’rifiy ishlarni umumiy rahbarligi, moliyalashtirilishi va ma’muriy boshqaruvini umumlashtirish uchun Turkiston ma’rifat Xalq Komissarligi tomonidan nizomga ko‘ra Turkiston respublikasi quruvchi proletariatining ma’rifat bo‘yicha O‘lka boshqarmasi ta’sis etiladi. U tashkilot Turkiston ma’rifat Xalq Komissarligi tizimidagi, unga bo‘ysunivchi xalq ta’limi viloyat bo‘limi huquqi asosidagi tashkilot hisoblanadi. Turkiston ASSR quruvchi proletariatining maorif bo‘yicha O‘lka boshqarmasi tezkor proletariat bilan aloqalari O‘lka Boshqarmasi Hay’ati tarkibiga quruvchi ishchilar ittifoqi O‘lka Qo‘mitasi vakillari kirishi orqali ta’minlangan. Faoliyati bo‘lyi O‘lka Boshqarmasi Turkiston Maorif Xalq Komissarligi, RSFSR Kultstroy Markaziy Qo‘mitasi va tarkibiga quruvchi ishchilar ittifoqi O‘lka Qo‘mitasiga bo‘ysungan.

RSFSR Madaniyat ishlari Markaziy Qo‘mitasining 1920 yil 5 oktyabrdagi 152/3465-son ko‘rsatmasiga asosan 1920 yil 21 dekabrda Turkiston ma’rifat Xalq Komissarligi tomonidan Turkiston respublikasi quruvchi proletariatining maorif bo‘yicha 217-son O‘lka boshqarmasi “Turkkraykultstroy” tashkil etilgan va u faoliyatini 1921 yil 1 yanvardan boshlagan. Mazkur tashkilotning tugatilish sanasi ma’lum emas.

Batafsil

BUTUNROSSIYA QURILISH ISHCHILARI UYUSHMASI TURKISTON O‘LKASIDAGI QO‘MITASI (TOSHKЕNT SHAHAR KRAYKOMGOR)

Fond raqami: P-755 Saqlov birligi: 25 Davriy chegarasi: 1920 - 1921
Tashkilot tarixi:

Boshqarma 1920 yil may oyida Toshkent shahrida tashkil etilgan. 19121 yil tugatilgan.

Batafsil

TURKISTONDA DAVLAT TO‘QIMACHILIK FABRIKALALARI QURILISH BO‘YICHA QO‘MITA HUZURIDAGI QURUVCHI ISHCHILAR KASABA UYUSHMASI BOSHLANG‘ICH TASHKILOTI

Fond raqami: P-441 Saqlov birligi: 11 Davriy chegarasi: 1922 - 1925
Tashkilot tarixi:

R-441-son fond R-130 son fond bilan birlashtirib yuborilgan.

Batafsil

“DAVLAT QURILISH” UMUMROSSIYA MARKAZIY DAVLAT QURILISH IDORASI TURKISTON BO‘LINMASI HUZURIDAGI QURUVCHI ISHCHILAR KASABA UYUSHMASI 1-SON ISHCHI QO‘MITASI

Fond raqami: P-468 Saqlov birligi: 7 Davriy chegarasi: 1923 - 1924
Tashkilot tarixi:

“Davlat qurilish” Umumrossiya markaziy davlat qurilish idorasi Turkiston bo‘linmasi huzuridagi quruvchi ishchilar kasaba uyushmasi 1-son Ishchi qo‘mitasi tashkil etilgan sanasi ma’lum emas. 1924 yilda mazkur tashkilot tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON DAVLAT INSHOOTLARI QO‘MITASI SANITAR-QURILISH BOSHQARMASI HUZURIDAGI QURILISH ISHCHILARI KASABA UYUSHMASI 1-SON MAHALLIY QO‘MITASI

Fond raqami: P-542 Saqlov birligi: 1 Davriy chegarasi: 1921 - 1922
Tashkilot tarixi:

Turkiston davlat inshootlari qo‘mitasi Sanitar-qurilish boshqarmasi huzuridagi qurilish ishchilari kasaba uyushmasi 1-mon mahalliy qo‘mitasi 1921 yilda tashkil etilgan. 1922 yil 11 yanvarda tugatilgan.

Batafsil

SSSR QISHLOQ XO‘JALIGI VA ZAHIRALASH MINISTRLIGINING №2- O‘RTA OSIYO AGROO‘RMONMЕLIORATIV EKSPEDITSIYASINING AGROO‘RMONLOYIHA TADQIQOT BIRLASHMASI

Fond raqami: R-1956 Saqlov birligi: 127 Davriy chegarasi: 1951 - 1953
Tashkilot tarixi:

SSSR O‘rmon xo‘jaligi ministrligining 1951 yil 20 fevraldagi buyrug‘i bilan tashkil etilgan. Ekspeditsiyaga Agro o‘rmonzorlar, o‘rmonzorlar va o‘rmonzorlar bo‘yicha tadqiqotlar va loyihalash ishlari olib borish vazifasi qo‘yilgan.

1951 yil 3 apreldan 1953 yil 1 yanvargacha Agroo‘rmonmeliorativ  Tadqiqotlar ittifoqi trestining, 1953 yil 1 yanvardan 1953 yil 25 iyungacha SSSR dizayn va tadqiqot uyushmasi Agroo‘rmonloyihaning tasarrufida bo‘lgan. SSSR Qishloq xo‘jaligi va zahiralash ministrligining O‘rmon xo‘jaligi Bosh boshqarmasining  1953 yil maydagi buyruq asosida tugatilgan.

Batafsil

O‘ZBЕKISTON SSR SHAHAR VA QISHLOQ QURILISH MINISTRLIGINING KO‘CHIRMACHILIK KOLXOZLARIDA QURILISH BOSHQARMASI

Fond raqami: R-2092 Saqlov birligi: 1352 Davriy chegarasi: 1947 - 1957
Tashkilot tarixi:

SSSR Ministrlar Sovetining 1946 yil 7 maydagi ko‘rsatmasi va  O‘zbekiston SSR  Ministrlar Sovetining 1946 yil 23 maydagi qaroriga muvofiq  uning huzurida xo‘jalik hisobidagi O‘rmon xo‘jaligi idorasi tashkil etilgan.

Idora uyidagi vazifalarni bajargan: yog‘och materiallarini tayyorlash va sotib olish, qurilish jihozlarini ishlab chiqarish, ko‘chiriladigan xo‘jaliklarni yog‘och va qurilish mollari bilan ta’minlash, o‘rmonlarda yog‘och ishlab chiqarish ustaxonalari va xo‘jaliklarini tashkil etish  punktlari va bazalarini tashkil etish. 

 O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1950 yil 19 oktyabrdagi va  O‘zbekiston SSR  Ministrlar Soveti huzuridagi Aholini ko‘chirish boshqarmasining 1951 yil 11 apreldagi buyruqlariga ko‘ra O‘zSSR Ministrlar Soveti huzurida Aholini ko‘chirish ishlari bo‘yicha qurilish tresti (Uzpereselenstroy) tashkil etilgan. 

O‘zbekiston SSR  Ministrlar Sovetining 1955 yil 27 iyundagi qarori asosida trest O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti huzuridagi Aholini ko‘chirish bosh boshqarmasining ko‘chiriladigan kolxozlar qurilishi bo‘yicha boshqarmasi  etib qayta tashkil etildi. 

SSSR Ministrlar Sovetining 1956 yil 26 martdagi va  O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1956 yil 14 apreldagi qarorlariga muvofiq, Ko‘chiriladigan kolxozlar bo‘yicha qurilish boshqarmasi O‘zbekiston SSR  Shahar va qishloq qurilish ministrligi tasarrufiga o‘tkazildi. 1956 yil 3 noyabrda O‘zbekiston SSR  Ministrlar Sovetining qarori asosida tugatilgan.

Batafsil

O‘ZBЕKISTON SSR OZIQ-OVQAT SANOATI MINISTRLIGI QURILISH-MONTAJ TRЕSTI

Fond raqami: R-2048 Saqlov birligi: 234 Davriy chegarasi: 1953 - 1955
Tashkilot tarixi:

O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1953 yil 21 sentyabrdagi qarori va O‘zbekiston SSR Oziq-ovqat mahsulotlari sanoat ministrligining 1953 yil 10 noyabrdagi buyrug‘i asosida tashkil etilgan.

1955 yil 24 iyunda SSSR Ministrlar Sovetining buyrug‘i va O‘zbekiston SSR  Oziq-ovqat mahsulotlari sanoat ministrligining 1955 yil 24 iyundagi buyrug‘i asosida tugatildi.

Batafsil

“CHIRCHIKSTROY” DAVLAT BIRLASHMA ELЕKTR MONTAJ TRЕSTINING FARXOD GIDROELЕKTROSTANSIYASI QURILISH BOSHQARMASI (FarxodGES) Bekobod sh.

Fond raqami: R-2061 Saqlov birligi: 596 Davriy chegarasi: 1943 - 1952
Tashkilot tarixi:

СССР Давлат Мудофааа қўмитасининг 1942 йил 18 ноябрдаги “Чирчикстрой” трестининг 1942 йил 22 декабрдаги қарорлари асосида ташкил этилган. Қарорга кўра, 1944 йил ноябр ойигача Фарход ГЭС ишга туширилиши лозим эди. 1952 йилда трест фаолияти тугатилиб, унинг ўрнига “Средазэнергострой” қошида “Фарход ГЭС қурилиш майдони” идораси ташкил этилган.  

Batafsil

BOSH PAXTA QO‘MITASI HUZURIDAGI O‘RTA OSIYO QISHLOQ XO‘JALIGI PAXTA SANOATI QURILISH TRЕSTI

Fond raqami: R-114 Saqlov birligi: 2032 Davriy chegarasi: 1926 - 1932
Tashkilot tarixi:

Paxta sexlarini qurish va kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish maqsadida SSSR Xalq xo‘jaligi Kengashining  1926 yil 15 fevraldagi buyrug‘i bilan Paxtachilik Bosh qo‘mitasining O‘rta Osiyo qurilish idorasi tashkil etilgan.


O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi prezidiumining 1931 yil 30 apreldagi qarori bilan Paxtachilik bosh qo‘mitasi huzuridagi O‘rta Osiyo paxta qishloq xo‘jaligida paxta sanoati qurilish trestiga aylantirilgan.


 O‘rta Osiyo paxta assotsiatsiyasi (SAXO)ning 1931 yil 13 noyabrdagi buyrug‘i bilan tugatilgan.

Batafsil

O‘ZBЕK SANOAT VA FUQAROLIK QURILISHI DAVLAT TRЕSTI

Fond raqami: R-610 Saqlov birligi: 747 Davriy chegarasi: 1931 - 1935
Tashkilot tarixi:

O‘zbekiston SSR  XKSning 1931 yil 30 oktyabr va  1931 yil 12 noyabrdagi qarorlari asosida tashkil etilgan.  O‘zbekiston SSR  XKSning 1934 yil 3 dekabrdagi qarori bilan tugatilgan.

Batafsil

O‘ZBЕKISTON SSR DAVLAT QURILISH VA QURILISH MATЕRIALLARI SANOATI UYUSHMASI

Fond raqami: R-170 Saqlov birligi: 424 Davriy chegarasi: 1929 - 1931
Tashkilot tarixi:

1930 yil oxirida tashkil etilgan.  O‘zbekiston SSR XKSning 1931 yil 30 oktyabr va O‘zbekiston SSR Xalq xo‘jaligi Oliy Kengashining 1931 yil 12 noyabrdagi qarorlari bilan tugatilgan.

Batafsil

O‘ZBЕKISTON DAVLAT AKSIYADORLIK QURILISH KOMPANIYASI

Fond raqami: R-169 Saqlov birligi: 532 Davriy chegarasi: 1925 - 1930
Tashkilot tarixi:

O‘zbekiston SSR XKSning 1925 yil 6 oktyabrdagi qarori bilan O‘zbekiston davlat qurilish tresti tashkil etilgan; SSSR XKSning 1926 yil 9 fevraldagi qurilish tashkilotlari to‘g‘risidagi qarori bilan O‘zbekiston Davlat aksiyadorlik qurilish kompaniyasiga aylantirilib, 1930 yilda tugatilgan.

Batafsil