Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O‘ZBЕKISTON SSR OZIQ-OVQAT SANOATI MINISTRLIGI QURILISH-MONTAJ TRЕSTI

Fond raqami:
R-2048
Saqlov birligi:
234
Davriy chegarasi:
1953 - 1955

Tashkilot tarixi

O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1953 yil 21 sentyabrdagi qarori va O‘zbekiston SSR Oziq-ovqat mahsulotlari sanoat ministrligining 1953 yil 10 noyabrdagi buyrug‘i asosida tashkil etilgan.

1955 yil 24 iyunda SSSR Ministrlar Sovetining buyrug‘i va O‘zbekiston SSR  Oziq-ovqat mahsulotlari sanoat ministrligining 1955 yil 24 iyundagi buyrug‘i asosida tugatildi.


Fond sharhi

SSSR va O‘zbekiston SSR  Ministrlar Sovetining qarorlari, SSSR va O‘zbekiston SSR oziq-ovqat sanoati ministrligining qurilish-montaj va loyihalash tashkilotlarini mustahkamlash chora-tadbirlari, kompleks mexanizatsiyalash rejasini ishlab chiqish va qurilishga texnologiyalarni joriy etish to‘g‘risidagi buyruqlari.

Trest Nizomi, trestga oid buyruqlar, qurilish-montaj bo‘limlari va uchastkalari.

Trestning kapital ishlarining rejalari va nomlari ro‘yxati (1954), 1-sonli go‘shtni qayta ishlash zavodi va 4-sonli pivo zavodi qurilishi.

Trestning qurilish-montaj bo‘limlari bo‘yicha hisobot va hisobotlar.

Texnik yig‘ilishlar, ishchilar va xodimlarning umumiy yig‘ilishlari bayonnomasi.