TURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI DAVLAT PLAN KOMISSIYASI (TURKGOSPLAN)
1921 yil 23 noyabrda Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Iqtisodiy Kengashi qoshida tuzilgan, 1925 yil 11 mayda O‘rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida tugatilgan.
BatafsilXALQ KOMISSARLARI SOVЕTI QOSHIDAGI TURKISTON IQTISODIY KЕNGASHI TURKISTON ASSR (TIK).
Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining 1921 yil 14 martdagi dekreti bilan tashkil etilgan. Turkiston Iqtisodiy Kengashining vakolatiga quyidagilar kirgan: tegishli organlar orqali RSFSR Mehnat va Mudofa Kengashi ko‘rsatmalari va topshiriqlarini bajarish va barcha ko‘rsatmalar va iqtisodiy xarakterdagi vazifalarning bajarilishini nazorat qilish; Sovet hokimiyatining barcha organlarining iqtisodiy rivojlanish borasidagi faoliyatini kuzatish va nazorat qilish; RSFSRning yagona rejasi asosida respublikaning umumiy iqtisodiy rejasini ishlab chiqish va uning bajarilishini nazorat qilish, barcha moddiy resurslardan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilish. 1924 yil oxirida tugatilgan
TURKISTON ASSR YER ISHLARI KOMISSARLIGI (NARKOMZЕM, TURKISTON ASSR)
Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Sovetining 1917-yil 23 noyabrdagi buyrug‘i bilan tuzilgan.O‘rta Osiyodagi milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida 1924 yil 24 dekabrda tugatilgan.
TURKISTON ASSR YER ISHLARI XALQ KOMISSARLIGI QOSHIDAGI O‘RMONCHILIK BOSHQARMASI
Turkiston ASSR Xalq Komissarlarining 1918 yil 31 yanvardagi buyrug‘i bilan tuzilgan. O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish siyosati munosabati bilan 1924 yil 24 dekabrda tugatilgan.
TURKISTON ASSR QISHLOQ XO‘JALIGI XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI DAVLAT YILQICHILIK BOSHQARMASI
Turkiston ASSR Qishloq xo‘jaligi xalq komissarligining 1918 yil 25 iyundagi buyrug‘iga asosan shu komissarlikning Chorvachilik boshqarmasi qoshida tashkil etilgan. Turkiston ASSRning 1920 yil 24 fevraldagi qaroriga asosan Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi huzuridagi davlat Yilqichilik bo‘limi sifatida, 1923 yilda Turkiston ASSR Qishloq xo‘jaligi xalq komissarligi huzuridagi Yilqichilik bosh Boshqarmasiga aylantirilgan. 1924 yil oxirida uning faoliyati tugatilgan.
TURKISTON ASSR YER ISHLARI KOMISSARLIGI HUZURIDAGI SUV XO‘JALIGI BOSHQARMASI (TURKVODXOZ)
1918 yil 17 iyunda Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Sovetining buyrug‘i bilan tashkil etilgan. Turkiston suv xo‘jaligi boshqarmasining 1924 yil 22 noyabrdagi buyrug‘i bilan tugatilgan.
TURKISTON O‘LKASI OZIQ-OVQAT QO‘MITASI
TURKISTON ASSR QISHLOQ XO‘JALIGI SANOATI KASABA UYUSHMASI MARKAZIY QO‘MITASI
O‘rmon ishi bo‘yicha ishchilar Ittifoqi Turkiston Qo‘mitasi 1917 yil 17 aprelda tashkil topgan. 1920 yil 13 sanada (oyi ma’lum emas) 2-Ishchilar qurutloyidan keyin o‘rmon ishi bo‘yicha arboblar majlisida dastlab Turkiston ASSR qishloq xo‘jaligi sanoati kasaba uyushmasi Markaziy qo‘mitasi keyinchalik bog‘bonlar ittifoqi bilan birlashish natijasida yuzaga kelgan. Natijada Qishloq xo‘jaligi sanoati kasaba uyushmasi Markaziy qo‘mitasi vazifalari kengaygan. Fond tarixini kengroq va to‘liqroq aniqlash imkoniyati cheklangan, sababi kam miqdorda saqlov birliklari saqlangan.
TURKISTON ASSR ISHCHI-DЕHQON INSPЕKSIYA XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI SOVЕT VA JAMOATCHILIK MUASSASALARI KASABA UYUSHMASI BOSHLANG‘ICH TASHKILOTI
1940 yil 1 avgustda R-545-son fond R-41-son fond bilan birlashtirib yuborilgan
TURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI YER VA O‘RMON XODIMLARI KASABA UYUSHMASI ISHCHI QO‘MITALARI
Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi yer va o‘rmon xodimlari kasaba uyushmasi ishchi Qo‘mitalari 1917 yil 23 noyabrda Toshkent shahrida tashkil etilgan. Mazkur tashkilot 1924 yil 24 dekabrda tugatilgan.
Mazkur fond umumlashgan fond hisoblanadi.Unga quyidagi ishchi qo‘mitalar kiritilgan: a) Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi №1-son jamoaning yer va o‘rmon xodimlari kasaba uyushmasi ishchi Qo‘mitasi; b) Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi №2-son jamoaning yer va o‘rmon xodimlari kasaba uyushmasi ishchi Qo‘mitasi; v) Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi №4-son jamoaning yer va o‘rmon xodimlari kasaba uyushmasi ishchi Qo‘mitasi; g) Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi №31-son jamoaning yer va o‘rmon xodimlari kasaba uyushmasi ishchi Qo‘mitasi; d) Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi №32-son jamoaning yer va o‘rmon xodimlari (sobiq sovet muassasalari kasaba uyushmasi) kasaba uyushmasi ishchi Qo‘mitasi; ye) Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi №35-son jamoaning qishloq xo‘jaliga xodimlari (sobiq sovet muassasalari kasaba uyushmasi) kasaba uyushmasi ishchi Qo‘mitasi; j) Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi №44-son jamoaning yer va o‘rmon xodimlari kasaba uyushmasi ishchi Qo‘mitasi.
OZIQ-OVQAT SANOATI ISHCHILARI KASABA UYUSHMASI TURKISTON O‘LKA QO‘MITASI Toshkent sh.
Taom va ta’m sanoati ishchilari kasaba uyushmasi Turkiston o‘lka qo‘mitasi 1920 yildan 1921 yillargacha Toshkent shahrida faoliyat yuritgan.
NONNI TASARRUF ETISH BO‘YICHA TURKISTON MARKAZIY IJROIYA QO‘MITASI VAKOLATLISI BOSHQARMASI HUZURIDAGI SOVЕT VA SAVDO XIZMATLARI KASABA UYUSHMASI 11-BOSHLANG‘ICH QO‘MITASI
Nonni tasarruf etish bo‘yicha Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi vakolatlisi Boshqarmasi huzuridagi sovet va savdo xizmatlari kasaba uyushmasi 11-boshlang‘ich qo‘mitasi 1923 yil 27 martda Toshkent shahrida tashkil etilgan va 1924 yil 18 mayga qadar faoliyat yuritgan.
BUTUNROSSIYA YER VA O‘RMON ISHCHILARI ISHLAB CHIQARISH KASABA UYUSHMASI TURKISTON O‘LKA QO‘MITASI Toshkent sh.
Mazkur fond 1919 yil 19 sentyabrda Butunrossiya qishloq xo‘jaligi sanoati ishlab chiqarish kasaba uyushmasi Turkiston o‘lka qo‘mitasi o‘rnida Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1920 yil 19 iyunda Butunrossiya yer ishchilari ishlab chiqarish kasaba uyushmasi Turkiston o‘lka qo‘mitasi deb qayta nomlangan. 1920 yil 2 oktyabrda Butunrossiya yer va o‘rmon ishchilari ishlab chiqarish kasaba uyushmasi Turkiston o‘lka qo‘mitasi deb qayta nomlangan. 1921 yil 2 iyulda tugatilgan.
TURKISTON ASSR XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY KЕNGASHI O‘RMON XO‘JALIGI BOSHQARMASI HUZURIDAGI BUTUNROSSIYA YER VA O‘RMON XODIMLARI KASABA UYUSHMASI ISHCHI QO‘MITASI. Toshkent sh.
Mazkur fondning tashkil topish va tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan. 1921 yilga oid hujjatlar mavjud.