SSSR ICHKI SAVDO XALQ KOMISSARLIGI QOSHIDAGI KRЕDIT OLISHGA LAYOQATLILIK HAQIDA MA’LUMOTNOMA BЕRUVCHI O‘RTA OSIYO AKSIONЕRLIK JAMIYATI BO‘LIMI (O‘rta Osiyo “Kredit byurosi” idorasi)
1924 yil avgustda tashkil etilib, 1930 yil 15 oktyabrda tashkilot faoliyati tugatilgan.
O‘ZBЕKISTON SSR MOLIYA KOMISSARLIGINING DAVLAT SUG‘URTA BOSHQARMASI (Uzgosstrax)
SSSR Davlat Sug‘urta boshqarmasining O‘zbekiston SSR va Turkmaniston SSR bo‘yicha vakolatxonasining 1925 yil 21 apreldagi buyrug‘iga ko‘ra tashkil etilgan.
SSSR DAVLAT SUG‘URTA BOSH BOSHQARMASINING O‘RTA OSIYO BO‘LIMI (Markaziy Osiyo boshqarmasi SSSR davlat sug‘urtasi)
Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Sovetining 1922 yil 21 iyundagi dekreti bilan RSFSR Davlat sug‘urta boshqarmasining O‘rta Osiyo bo‘yicha vakolatxonasi tashkil etildi. 1925 yil 3 martda O‘zbekiston SSR va Turkmaniston SSR bo‘yicha SSSR Davlat sug‘urta boshqarmasining vakolatxonasiga aylantirildi, 1925 yil 25 mayda esa SSSR Davlat sug‘urta boshqarmasining O‘rta Osiyo boshqarmasi deb nomlandi. 1925 yil 14 oktyabrda vakolatxona faoliyati tugatilgan.
O‘ZBЕKISTON SSR QISHLOQ XO‘JALIGI BANKI (O‘ZSЕLXOZBANK)
SSSR MIQ va XKSning 1930 yil 30 yanvardagi kredit islohoti to‘g‘risidagi farmoni bilan Markaziy qishloq xo‘jaligi banki “Sentroselbank” Butunittifoq qishloq xo‘jaligi kooperativ-kolxoz bankiga, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi banki esa ushbu bankning filialiga aylantirilgan.
SAVDO-KOOPЕRATSIYA KAPITAL QURILISHNI MOLIYALASHTIRISH BUTUNITTIFOQ BANKINING O‘ZBЕKISTON SSR BOSHQARMASI (Torgbankning O‘zbekistondagi vakolatxonasi)
SSSR MIQ va XKSning 1936 yil 17 avgustdagi farmoni bilan tugatilgan Butunittifoq Kapital qurilishni moliyalashtirish banki (Vsekobank) negizida Butunittifoq Kapital qurilishni moliyalashtirish banki (Torgbank) tashkil etilib, uning O‘zbekiston SSR boshqarmasi tashkil etilgan. “Torgbank” O‘zbekiston filialining vazifalariga savdo tashkilotlarining kapital qurilishi va boshqa investitsiyalarini moliyalashtirish hamda savdo kooperatsiyasi va nogironlar kooperatsiyasi tashkilotlarini kreditlash kirgan. SSSR Moliya ministrligining 1956 yil 3 sentyabrdagi buyrug‘i asosida 1957 yil 1 yanvardan bank faoliyati tugatilgan.
BUTUNITTIFOQ KOOPЕRATIV BANKINING O‘ZBЕKISTON SSRDAGI IDORASI (VSЕKOBANKNING O‘ZBЕKISTONDAGI VAKOLATXONASI)
1932 yil 5 iyulda tashkil etilib, 1936 yil avgustda bank faoliyati tugatilgan.
MARKAZIY OSIYO TIJORAT BANKI (SRЕDAZKOMBANK)
O‘rta Osiyo tijorat banki SSSR Mehnat va Mudofaaa kengashining 1921 yil 31 yanvardagi qaroriga asosan tashkil etilgan. 1930 yil 1 aprelda SSSR Tashqi savdo bankiga qo‘shilishi munosabati bilan bank faoliyati tugatilgan.
SSSR SAVDO-SANOAT BANKINING MARKAZIY OSIYO FILIALI (Torgprombankning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi)
Bank filaiali RSFSR Mehnat va Mudofaaa kengashining 1922 yil 1 sentyabrdagi qarori bilan tashkil etilib, 1927 yil dekabrda tugatilgan.
SSSR DAVLAT BANKINING O‘RTA OSIYO BO‘LIMI
RSFSR XKSning 1921 yil 12 yanvardagi buyrug‘i bilan RSFSR Davlat banki tashkil etilib, o‘sha yilning noyabr oyida uning O‘rta Osiyo bo‘limi ochilgan. 1923 yilda uning nomi SSSR Davlat bankining O‘rta Osiyo bo‘limi deb o‘zgartirilgan.
Butunittifoq Bolsheviklar Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi va SSSR Xalq Komissarlari Sovetining 1934 yil 3 oktyabrdagi qarori bilan bank faoliyati tugatilgan.
BatafsilO‘ZBЕKISTON SSR MOLIYA XALQ KOMISSARLIGI (O‘zSSR Narkomfin)
O‘zSSR Inqilobiy qo‘mitasining 1921 yil 22 noyabrdagi qarori bilan tashkil etilgan.