Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Huquqni muhofaza qilish

TURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI ICHKI ISHLAR XALQ KOMISSARLIGI (NKVD TURKASSR)

Fond raqami: R-39 Saqlov birligi: 2119 Davriy chegarasi: 1917 - 1924
Tashkilot tarixi:

1917 yil 23 noyabrda Turkiston ASSR XKS tarkibiga fuqarolik-ma’muriy qism bo‘yicha komissarlik; 1918 yil may oyi boshida fuqarolik-ma’muriy qism Ichki Ishlar Xalq Komissarligi etib qayta tashkil etildi. 1918 yil 12 noyabrda u Ichki va tashqi ishlar Xalq komissarligiga, 1919 yil 6 maydan esa yana Ichki ishlar xalq komissarligiga aylantirildi.

Turkiston ASSR IIXK (NKVD)gi Turkistonda davlat qurilishi bo‘yicha markaziy boshqaruv organi bo‘lib, mahalliy sovetlar va mahalliy boshqaruv organlari ish faoliyatini nazorat qilish va sovet davlatini qurish mafkuarsiga yo‘naltirgan va nazorat qilgan. O‘rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida 1924 yil 23 noyabrda uning faoliyati tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI ADLIYA XALQ KOMISSARLIGI

Fond raqami: R-38 Saqlov birligi: 1169 Davriy chegarasi: 1917 - 1924
Tashkilot tarixi:

Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Sovetining 1917 yil 23 noyabrdagi buyrug‘i bilan tuzilgan. O‘rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida 1924 yil 24 noyabrda tugatilgan.

Batafsil

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Ichki ishlar xalq nozirligi.

Fond raqami: R-59 Saqlov birligi: 420 Davriy chegarasi: 1920 - 1924
Tashkilot tarixi: 1920 yil sentyabrda tashkil etilgan. BXSR ichki boshqaruvga oid markaziy ma’muriy organ edi; asosiy vazifalari: markaziy va mahalliy hokimiyatning ma’muriy xarakterdagi qarorlari va farmoyishlarining bajarilishini nazorat qilish, militsiyani boshqarish, chet elliklarning huquqiy holatini tartibga solish. O‘rta Osiyoning milliy chegaralanishi munosabati bilan 1924 yil noyabrda tugatilgan. Batafsil

Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Ichki ishlar xalq nozirligi

Fond raqami: R-76 Saqlov birligi: 131 Davriy chegarasi: 1921 - 1924
Tashkilot tarixi: 1920 yil noyabrda tuzilgan. 1924 yil 30 noyabrda tugatilgan. Batafsil

XORAZM XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI ICHKI ISHLAR XALQ NOZIRLIGI

Fond raqami: R-76 Saqlov birligi: 131 Davriy chegarasi: 1921 - 1924
Tashkilot tarixi:

1920 yil noyabrda tashkil etilib, 1924 yil 30 noyabrda tugatilgan.

Batafsil

BUXORO XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI ICHKI ISHLAR NOZIRLIGI HUZURIDAGI MILITSIYA BOSH BOSHQARMASI

Fond raqami: R-1737 Saqlov birligi: 142 Davriy chegarasi: 1922 - 1924
Tashkilot tarixi:

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi ichki ishlar Nazorati xuzuridagi ishchi-dehqon militsiyasi Bosh Boshqarmasi 1920 yil 16 sentyabrdagi Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Xalq Nozirlar Kengashi qaroriga va Buxoro Xalq Sovet Respublikasi ichki Ishlar Nozirining 1920 yil 20 sentyabrdagi buyrug‘iga asosan tashkil etilgan. O‘rta Osiyo respublikalarida o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida 1924 yil 18 noyabrdagi 164-son buyrug‘iga ko‘ra Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Ichki ishlar Nozirligi faoliyati tugatilgan.

Batafsil