Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Turkiston ASSR

TURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI ICHKI ISHLAR XALQ KOMISSARLIGI (NKVD TURKASSR)

Fond raqami:
R-39
Saqlov birligi:
2119
Davriy chegarasi:
1917 - 1924

Tashkilot tarixi

1917 yil 23 noyabrda Turkiston ASSR XKS tarkibiga fuqarolik-ma’muriy qism bo‘yicha komissarlik; 1918 yil may oyi boshida fuqarolik-ma’muriy qism Ichki Ishlar Xalq Komissarligi etib qayta tashkil etildi. 1918 yil 12 noyabrda u Ichki va tashqi ishlar Xalq komissarligiga, 1919 yil 6 maydan esa yana Ichki ishlar xalq komissarligiga aylantirildi.

Turkiston ASSR IIXK (NKVD)gi Turkistonda davlat qurilishi bo‘yicha markaziy boshqaruv organi bo‘lib, mahalliy sovetlar va mahalliy boshqaruv organlari ish faoliyatini nazorat qilish va sovet davlatini qurish mafkuarsiga yo‘naltirgan va nazorat qilgan. O‘rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida 1924 yil 23 noyabrda uning faoliyati tugatilgan.


Fond sharhi

Turkiston ASSR MIQ va XKS ning davlat boshqaruvi va boshqaruv apparatini tashkil etish to‘g‘risidagi dekretlari, farmoyishlari va qarorlari (1917–1924). RSFSR IIXK (NKVD) va Turkiston ASSR buyruqlari va sirkulyarlari

Joylarda sovet hokimiyati organlarini tashkil etish komissiyasi majlislarining bayonnomalari; viloyat inqilobiy qo‘mitalari va viloyat ijroiya qo‘mitalari prezidiumlari majlislarining qarorlari va bayonnomalari. Turkiston ASSR IIXK (NKVD) faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlar, viloyat muassasalari ishini o‘rganilishiga oid hisobotlar; viloyat ijroiya qo‘mitalari, viloyat va okrug inqilobiy qo‘mitalarida sovetlarlarning faoliyati va joylardagi ahvol (1918-1923), kommunal xo‘jalik boshqarmasi va shahar bo‘limlari faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlari.

Viloyat va tumanlarning siyosiy ahvoliga oid ma’lumotlar sarhisobi va joylardan ma’ruzalar.

Viloyatlarni o‘rganish, shaharlarni obodonlashtirish va Turkistonni ma’muriy rayonlashtirishga oid statistik materiallar (1921).