Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Turkiston ASSR

TURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI ADLIYA XALQ KOMISSARLIGI

Fond raqami:
R-38
Saqlov birligi:
1169
Davriy chegarasi:
1917 - 1924

Tashkilot tarixi

Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Sovetining 1917 yil 23 noyabrdagi buyrug‘i bilan tuzilgan. O‘rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida 1924 yil 24 noyabrda tugatilgan.


Fond sharhi

Turkiston ASSR MIQ va XKSning Adliya Xalq Komissarligi faoliyati to‘g‘risidagi dekret va qarorlari; Adliya xalq komissarligi va uning bo‘limlari, Turkiston ASSR Oliy inqilobiy tribunali va viloyat tribunallari, viloyat adliya boshqarmalari, musulmon xalq sudlari va adliya xodimlarining markaziy kurslari to‘g‘risidagi nizomlar. Turkiston ASSR Adliya xalq komissarligi hay’ati va uning bo‘limlari majlislarining bayonnomalari.

Turkiston ASSR Adliya xalq komissarligining sud va sud nazorati masalalari, amnistiya, mol-mulkni musodara qilish, oldi-sotdi bitimlari, qalin pulini bekor qilish, sud tizimini isloh qilish to‘g‘risidagi sirkulyar va ko‘rsatmalari ( 1922); Turkiston ASSR sud xodimlari se’zdi (1920 yil 29 sentyabr – 2 oktyabr), o‘zbek, turkman va qirg‘iz xalqlari adliya xodimlari se’zdi (1922) bayonnomalari; Adliya komissarligining tashkil etilishi va faoliyati to‘g‘risida hisobotlar va yozishmalar, uning bo‘limlari va mahalliy adliya organlari, shariat va odat normalariga asoslangan qozilik va biylik sudlarini vaqtinchalik joriy etish to‘g‘risida (1921-1922), prokuraturaning faoliyati (1923), maxsus komissiya faoliyati; sud-huquq islohotini o‘tkazilishga oid hujjatlar (1922).

Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi, Xalq Komissarlari Soveti va Xalq Komissarliklarining dekret va qarorlari loyihalari hamda qonunchilik takliflari bo‘limining ushbu loyihalar bo‘yicha xulosalari; sudlarda, inqilobiy tribunallarda va tergov komissiyalarida ishlarning borishi haqidagi ma’lumotlar va yozishmalar.