TURKISTON ASSR SOVЕTLAR MARKAZIY IJROIYA QO‘MITASI HUZURIDAGI BOSH INTIZOMIY SUD TURKISTON BO‘LINMASI Toshkent sh.
Turkiston ASSR Sovetlar Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi huzuridagi Bosh intizomiy sud Turkiston bo‘linmasi 1924 yil 2 avgustda tashkil etilgan. Tugatilish sanasini aniqlash imkoniyati cheklangan.
TURKISTON ALOQA YO‘LLARI BO‘YICHA INQILOB HARBIY TЕMIR YO‘LLAR TRIBUNALI
1920 yil 18 martdagi Butunrossiya MIQ qaroriga muvofiq tashkil etilgan. 1923 yil 1 dekabrdagi RSFSR Adliya xalq Komissarligi va Oliy sudi sirkulyariga asosan tugatilgan.
TURKISTON ASSR MIQ QOSHIDAGI OLIY INQILOBIY TRIBUNAL
1918 yil 2 aprelda Toshkent inqilobiy tribunali sifatida ish boshlagan, Turkiston MIQning 1919 yil 6 maydagi buyrug‘i bilan Turkiston ASSR MIQ huzuridagi Oliy Inqilobiy tribunalga aylantirildi. Tribunal Butunittifoq MIQning 1922 yil 11 noyabrdagi qarori asosida tugatilgan.
RSFSR OLIY SUDI TURKISTON BO‘LINMASI
1923 yil 1 apreldagi Butunrossiya MIQ qarori bilan tashkil etilib, 1924 yil 12 dekabrda tugatilgan.
TURKISTON RЕSPUBLIKASI MAORIF VA IJTIMOIY MADANIYAT ITTIFOQI O‘LKA QO‘MITASI
Ittifoq O‘lka Qo‘mitasining 2-O‘lka Qurultoyidagi ma’ruzasiga ko‘ra, O‘lka Qo‘mitasi 1914 yil 9 fevraldan faoliyat ko‘rsata boshlagan. Shuningdek, mavjud vaqtinchalik Ittifoq O‘lka Qo‘mitasining 1919 yil 10 va 13 yanvardagi majlislari bayonnomalari nusxalariga ko‘ra, uni 1919 yilda ham faoliyat ko‘rsatganligini ko‘rish mumkin.
Qo‘mita 1921 yil avgust oyiga qadar faoliyat olib borgan.
BatafsilROSSIYA VARЕTЕ VA SIRK ARTISTLARI JAMIYATI TURKISTON BO‘LIMI Toshkent sh.
Mazkur fond tashkil topish va tugatilish sanalari ko‘rsatilmagan. 1917 yildan 1920 yilgacha bo‘lgan davr hujjatlari mavjud.