Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Sud

TURKISTON ASSR SOVЕTLAR MARKAZIY IJROIYA QO‘MITASI HUZURIDAGI BOSH INTIZOMIY SUD TURKISTON BO‘LINMASI Toshkent sh.

Fond raqami: R-346 Saqlov birligi: 15 Davriy chegarasi: 1924 - 1924
Tashkilot tarixi:

Turkiston ASSR Sovetlar Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi huzuridagi Bosh intizomiy sud Turkiston bo‘linmasi 1924 yil 2 avgustda tashkil etilgan. Tugatilish sanasini aniqlash imkoniyati cheklangan.


Batafsil

TURKISTON ALOQA YO‘LLARI BO‘YICHA INQILOB HARBIY TЕMIR YO‘LLAR TRIBUNALI

Fond raqami: R-345 Saqlov birligi: 670 Davriy chegarasi: 1920 - 1923
Tashkilot tarixi:

1920 yil 18 martdagi Butunrossiya MIQ qaroriga muvofiq tashkil etilgan. 1923 yil 1 dekabrdagi RSFSR Adliya xalq Komissarligi va Oliy sudi sirkulyariga asosan tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR MIQ QOSHIDAGI OLIY INQILOBIY TRIBUNAL

Fond raqami: R-344 Saqlov birligi: 842 Davriy chegarasi: 1918 - 1924
Tashkilot tarixi:

1918 yil 2 aprelda Toshkent inqilobiy tribunali sifatida ish boshlagan, Turkiston MIQning 1919 yil 6 maydagi buyrug‘i bilan Turkiston ASSR MIQ huzuridagi Oliy Inqilobiy tribunalga aylantirildi. Tribunal Butunittifoq MIQning 1922 yil 11 noyabrdagi qarori asosida tugatilgan.

Batafsil

RSFSR OLIY SUDI TURKISTON BO‘LINMASI

Fond raqami: R-343 Saqlov birligi: 368 Davriy chegarasi: 1923 - 1924
Tashkilot tarixi:

1923 yil 1 apreldagi Butunrossiya MIQ qarori bilan tashkil etilib, 1924 yil 12 dekabrda tugatilgan.


Batafsil

TURKISTON RЕSPUBLIKASI MAORIF VA IJTIMOIY MADANIYAT ITTIFOQI O‘LKA QO‘MITASI

Fond raqami: R-786 Saqlov birligi: 51 Davriy chegarasi: 1919 - 1921
Tashkilot tarixi:

Ittifoq O‘lka Qo‘mitasining 2-O‘lka Qurultoyidagi ma’ruzasiga ko‘ra, O‘lka Qo‘mitasi 1914 yil 9 fevraldan faoliyat ko‘rsata boshlagan. Shuningdek, mavjud vaqtinchalik Ittifoq O‘lka Qo‘mitasining 1919 yil 10 va 13 yanvardagi  majlislari bayonnomalari nusxalariga ko‘ra, uni 1919 yilda ham faoliyat ko‘rsatganligini ko‘rish mumkin.

Qo‘mita 1921 yil avgust oyiga qadar faoliyat olib borgan.  

Batafsil

ROSSIYA VARЕTЕ VA SIRK ARTISTLARI JAMIYATI TURKISTON BO‘LIMI Toshkent sh.

Fond raqami: R-789 Saqlov birligi: 5 Davriy chegarasi: 1917 - 1920
Tashkilot tarixi:

Mazkur fond tashkil topish va tugatilish sanalari ko‘rsatilmagan. 1917 yildan 1920 yilgacha bo‘lgan davr hujjatlari mavjud.

Batafsil