Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Qonun chiqaruvchi

Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi ishchilar, dehqon va qizil armiya deputatlari sovetining Markaziy ijroiya qo‘mitasi (Turkiston MIQ, MIQ, Turkiston ASSR)

Fond raqami: P-17 Saqlov birligi: 1709 Davriy chegarasi: 1918 - 1924
Tashkilot tarixi:

1918 yil 30 aprelda bo‘lib o‘tgan V Turkiston Sovetlari qurultoyida tashkil etilgan. 1924 yil 18 noyabrdagi Turkiston ASSR, BXSR va XXSR Markaziy Ijroiya qo‘mitalarining qo‘shma qaroriga asosan respublikalar Ijroiya Qo‘mitalari o‘z faoliyatlarini to‘xtatib, vakolatlarini O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida yangi tuzilgan respublikalarning Inqilobiy Qo‘mitalariga topshirgan.



Batafsil

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Inqilobiy Qo‘mitasi (Buxrevkom)

Fond raqami: R-46 Saqlov birligi: 286 Davriy chegarasi: 1920 - 1921
Tashkilot tarixi: Farmonlari, buyruqlar, qarorlar va qo‘mita yig‘ilish bayonnomalari; Buxoro Xalq nozirligi to‘g‘risidagi nizom; Nozirliklar, Viloyat inqilobiy qo‘mitalari faoliyati va qurolli kuchlarga qarshi kurash haqidagi hujjatlar. Batafsil

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi (BXSR MIQ, BuxMIQ)

Fond raqami: P-47 Saqlov birligi: 661 Davriy chegarasi: 1921 - 1924
Tashkilot tarixi: 1921 yil 25 sentyabrda Buxoro Xalq Respublikasi Sovetining II Qurultoyida saylangan. O‘rta Osiyoning milliy chegaralanishi munosabati bilan TurMIQ, BuxMIQ va XorMIQ ning qo‘shma qaroriga ko‘ra 1924 yil 18 noyabrda tugatilgan. Batafsil

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Iqtisodiy Kengashi (BNSR ECOSO, Bux ECOSO)

Fond raqami: R-49 Saqlov birligi: 24 Davriy chegarasi: 1923 - 1924
Tashkilot tarixi: 1923 yil iyun oyida tuzilgan. 1924 yil noyabrda tugatilgan. Batafsil

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Tashqi ishlar xalq nozirligi.

Fond raqami: R-1616 Saqlov birligi: 548 Davriy chegarasi: 1920 - 1924
Tashkilot tarixi: 1920 yil sentyabrda tashkil etilgan. 1924 yil 18 noyabrda tugatilgan. Batafsil

Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Sovetlari Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi (XorMIQ, XXSR MIQ)

Fond raqami: R-71 Saqlov birligi: 185 Davriy chegarasi: 1920 - 1924
Tashkilot tarixi: 1920 yil aprelda tashkil topgan. O‘rta Osiyoda milliy chegaralanishi munosabati bilan TurMIQ, BuxMIQ va XorMIQ ning 1924 yil 18 noyabrdagi qo‘shma qarori asosida tugatilgan. Batafsil

Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Xalq Nozirlari Soveti

Fond raqami: R-72 Saqlov birligi: 27 Davriy chegarasi: 1920 - 1924
Tashkilot tarixi: Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Xalq Nozirlari Soveti 1920 yil aprelda tuzildi. 1924 yil noyabrda tugatildi. Batafsil