Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Ijro etuvchi

TURKISTON ASSRNING BUTUNROSSIYA MARKAZIY IJROIYA QO‘MITASI PRЕZIDIUMI HUZURIDAGI VAKOLATXONASI (MOSKVA Sh.).

Fond raqami: P-13 Saqlov birligi: 121 Davriy chegarasi: 1918 - 1924
Tashkilot tarixi:

1918 yilda RSFSR Milliy ishlar xalq komissarligi qoshida Turkiston Respublikasining Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi va Xalq Komissarlari Sovetining vakolatli vakolatxonasi sifatida tashkil etilgan. 1922 yil 1 dekabrda Butunittifoq MIQ Prezidiumi qoshidagi Turkiston ASSR  vakolatli vakolatxonasi etib o‘zgartirildi. O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan  milliy-hududiy chegaralanishi siyosati munosabati bilan 1924 yil 28 noyabrda tugatilgan.

Batafsil

Qirg‘iziston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi huzuridagi Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi va Xalq Komissarlari Sovetining vakolatxonasi Orenburg sh.

Fond raqami: P-16 Saqlov birligi: 65 Davriy chegarasi: 1921 - 1924
Tashkilot tarixi:

1921 yil 6 oktyabrda tashkil topgan. O‘rta Osiyodagi milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida 1924 yil noyabrda tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI XALQ KOMISSARLARI SOVЕTI (TURKISTON ASSR XKS)

Fond raqami: P-25 Saqlov birligi: 1279 Davriy chegarasi: 1917 - 1924
Tashkilot tarixi: Turkiston o‘lkasi Sovetlarining III o‘lka se’zdida saylangan va 1917 yil 23 noyabrda o‘z faoliyatini boshlagan. 1924 yil 18 noyabrda tugatilgan. Batafsil

TURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI DAVLAT PLAN KOMISSIYASI (TURKGOSPLAN)

Fond raqami: R-20 Saqlov birligi: 572 Davriy chegarasi: 1921 - 1925
Tashkilot tarixi:

1921 yil 23 noyabrda Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Iqtisodiy Kengashi qoshida tuzilgan, 1925 yil 11 mayda O‘rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida tugatilgan.

Batafsil

XALQ KOMISSARLARI SOVЕTI QOSHIDAGI TURKISTON IQTISODIY KЕNGASHI TURKISTON ASSR (TIK).

Fond raqami: P-18 Saqlov birligi: 199 Davriy chegarasi: 1921 - 1924
Tashkilot tarixi:

Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining 1921 yil 14 martdagi dekreti bilan tashkil etilgan. Turkiston Iqtisodiy Kengashining vakolatiga quyidagilar kirgan: tegishli organlar orqali RSFSR Mehnat va Mudofa Kengashi ko‘rsatmalari va topshiriqlarini bajarish va barcha ko‘rsatmalar va iqtisodiy xarakterdagi vazifalarning bajarilishini nazorat qilish; Sovet hokimiyatining barcha organlarining iqtisodiy rivojlanish borasidagi  faoliyatini kuzatish va nazorat qilish; RSFSRning yagona rejasi asosida respublikaning umumiy iqtisodiy rejasini ishlab chiqish va uning bajarilishini nazorat qilish, barcha moddiy resurslardan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilish. 1924 yil oxirida tugatilgan

Batafsil

TURKISTON ASSR XALQ KOMISSARLARI SOVЕTI QOSHIDAGI TURKISTON PAXTA QO‘MITASI (TURKXLOPKOM).

Fond raqami: R-111 Saqlov birligi: 1587 Davriy chegarasi: 1918 - 1924
Tashkilot tarixi:

1918 yil 24 martda Turkiston o‘lka xalq ishlab chiqarish kengashi (keyinchalik Turkiston Respublikasi Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi)ning paxtachilik boshqarmasi tuzildi. 1922 yil boshida uning o‘rniga  Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Soveti qoshida paxta qo‘mitasi (Turkxlopkom) tuzilgan. 1924 yil 20 dekabrda tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI MOLIYA XALQ KOMISSARLIGI (TURKISTON ASSR NARKOMFIN)

Fond raqami: R-37 Saqlov birligi: 2901 Davriy chegarasi: 1917 - 1924
Tashkilot tarixi: Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Sovetining 1917 yil 23 noyabrdagi buyrug‘i bilan tuzilgan.O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida 1924 yil 21 noyabrda tugatilgan. Batafsil

TURKISTON ASSR ISHCHI-DЕHQON INSPЕKSIYASI XALQ KOMISSARLIGI (TURKISTON ASSR NK RKI)

Fond raqami: R-41 Saqlov birligi: 2040 Davriy chegarasi: 1918 - 1924
Tashkilot tarixi:

1918 yil 15 mayda Turkiston ASSR Markaziy Davlat nazorati tuzilib, u 1920 yil iyun oyida Turkiston ASSR Ishchi-dehqon inspeksiyasi xalq komissarligi sifatida qayta tashkil etilgan. 1924 yil noyabrda O‘rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR SOG‘LIQNI SAQLASH XALQ KOMISSARLIGI

Fond raqami: R-40 Saqlov birligi: 475 Davriy chegarasi: 1917 - 1924
Tashkilot tarixi:

Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Sovetining 1917-yil 23 noyabrdagi buyrug‘i bilan tuzilgan. O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy –hududiy chegaralanish siyosati munosabati bilan 1924 yil 24 noyabrda tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR OZIQ-OVQAT XALQ KOMISSARLIGI (TURKNARKOMPROD)

Fond raqami: R-31 Saqlov birligi: 1007 Davriy chegarasi: 1917 - 1923
Tashkilot tarixi:

Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Sovetining 1917 yil 23 noyabrdagi buyrug‘i bilan oziq-ovqat Xalq komissarligi sifatida tashkil etilgan. 1918 yil 7 martda u Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Soveti qoshidagi oziq-ovqat bo‘limiga aylantirilgan. 1918 yil 15 iyunda Turkiston O‘lkasi oziq-ovqat direktoriyasi, 1919 yil dekabrda yana Turkiston ASSR oziq-ovqat xalq komissarligi sifatida tashkil etildi. Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining 1923 yil 7 oktabrdagi farmoni bilan Turkiston Oziq-ovqat Xalq Komissarligi tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY KЕNGASHI (TURKISTON ASSR SSNX)

Fond raqami: R-27 Saqlov birligi: 2048 Davriy chegarasi: 1918 - 1924
Tashkilot tarixi:

Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Sovetining 1918 yil 21 martdagi buyrug‘i bilan Turkiston o‘lka Xalq ishlab chiqarish kengashi tuzildi, 1918 yil may oyida Turkiston Respublikasi Sanoat Komissarligiga aylantirildi. 1918 yil 1 noyabrdan Xalq xo‘jaligi markaziy kengashiga aylantirilgan. O‘rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida 1924 yil 1 noyabrda tugatilgan.

Batafsil

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Xalq Nozirlari Soveti

Fond raqami: P-48 Saqlov birligi: 342 Davriy chegarasi: 1920 - 1924
Tashkilot tarixi:

1920 yil 8 sentyabrda tashkil qilingan. O‘rta Osiyoning milliy chegaralanishi munosabati bilan TurMIQ, BuxMIQ va XorMIQ ning qo‘shma qaroriga ko‘ra 1924 yil 18 noyabrda tugatilgan.

Batafsil

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Ichki ishlar xalq nozirligi.

Fond raqami: R-59 Saqlov birligi: 420 Davriy chegarasi: 1920 - 1924
Tashkilot tarixi: 1920 yil sentyabrda tashkil etilgan. BXSR ichki boshqaruvga oid markaziy ma’muriy organ edi; asosiy vazifalari: markaziy va mahalliy hokimiyatning ma’muriy xarakterdagi qarorlari va farmoyishlarining bajarilishini nazorat qilish, militsiyani boshqarish, chet elliklarning huquqiy holatini tartibga solish. O‘rta Osiyoning milliy chegaralanishi munosabati bilan 1924 yil noyabrda tugatilgan. Batafsil

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Tashqi ishlar xalq nozirligi.

Fond raqami: R-1616 Saqlov birligi: 548 Davriy chegarasi: 1920 - 1924
Tashkilot tarixi: 1920 yil sentyabrda tashkil etilgan. 1924 yil 18 noyabrda tugatilgan. Batafsil

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Xalq maorif nozirligi

Fond raqami: R-56 Saqlov birligi: 238 Davriy chegarasi: 1920 - 1924
Tashkilot tarixi: 1920 yil 15 sentyabrda tashkil etilgan, 1924 yil 17 noyabrda tugatilgan. Batafsil

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Markaziy vaqf boshqarmasi

Fond raqami: R-57 Saqlov birligi: 180 Davriy chegarasi: 1920 - 1924
Tashkilot tarixi: 1920 yil oktabrda BXSR Xalq Maorif Nozirligi qoshida Vaqf bo‘limi tashkil etildi. 1921 yil 7 iyulda BXSR Markaziy vaqf boshqarmasi deb nomlandi. 1924 yil 10 dekabrda tugatilgan. Batafsil

BXSR Xalq xo‘jaligi Oliy Kengashi huzuridagi Markaziy moliya boshqarmasi

Fond raqami: R-58 Saqlov birligi: 637 Davriy chegarasi: 1920 - 1924
Tashkilot tarixi: 1920 yil sentyabrda BXSR Moliya nozirligi tuzildi; 1922 yil 22 avgustdagi BXSR sovetlarining 3-qurultoyining qarori bilan BXSR Xalq xo‘jaligi Oliy Kengashi huzuridagi Markaziy moliya boshqarmasi qayta tashkil etildi, 1924 yil noyabrda tugatildi. Batafsil

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Davlat nazorati xalq nozirligi

Fond raqami: R-62 Saqlov birligi: 597 Davriy chegarasi: 1921 - 1924
Tashkilot tarixi: BXSR Xalq Nozirlari Sovetining 1921 yil 30 yanvardagi farmoni bilan tuzilgan.1923 yil yanvardan Sovetlarning 3-qurultoyi qaroriga asosan BuxMIQ huzuridagi Oliy nazorat bo‘limi etib qayta tashkil qilingan; BuxMIQ Nozirlar Soveti BKP MQ qo‘shma yig‘ilishining 1923 yil 17 apreldagi qarori bilan yana BXSR Davlat nazorati xalq nozirligiga aylantirildi. 1924 yil noyabrda tugatilgan.
Batafsil

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Qishloq xo‘jaligi xalq noziri

Fond raqami: R-51 Saqlov birligi: 142 Davriy chegarasi: 1920 - 1924
Tashkilot tarixi: 1920 yil 4 dekabrda tashkil etilgan. 1924-yil 19-noyabrda tugatilgan. Batafsil

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi boshqarmasi

Fond raqami: R-52 Saqlov birligi: 57 Davriy chegarasi: 1921 - 1924
Tashkilot tarixi: 1920 yil sentyabrda tashkil etilgan, 1924 yil 17 noyabrda tugatilgan. Batafsil

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) Savdo va sanoat xalq nozirligi (BXSR Torgprom).

Fond raqami: R-53 Saqlov birligi: 269 Davriy chegarasi: 1921 - 1924
Tashkilot tarixi:

1921 yil 13 martda BXSR Oziq-ovqat, savdo va sanoat nozirliklari va Buxtekstilning birlashishi natijasida BXSR Iqtisodiy nozirligi tuzilib, shu yili uning nomi Xalq savdo-sanoat nozirligi deb o‘zgartirildi (BXSR Torgprom). 1924 yilda tugatilgan.

Batafsil

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi ishlari bo‘yicha Markaziy likvidatsiya komissiyasi (Buxlikvidkom).

Fond raqami: R-68 Saqlov birligi: 73 Davriy chegarasi: 1924 - 1925
Tashkilot tarixi: BXSR MIQ 1924 yil 18 noyabrdagi V chaqiriq 2-sessiyasi qarori bilan sobiq BXSR muassasa va korxonalarining mulkiy qiymatlarini taqsimlash maqsadida tashkil etilgan. 1925 yil boshida u o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Batafsil

Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Iqtisodiy Kengashi (XXSR EKOSO).

Fond raqami: R-73 Saqlov birligi: 100 Davriy chegarasi: 1921 - 1924
Tashkilot tarixi: 1921 yil iyunda tuzilgan, 1924 yil noyabrda tugatilgan. Batafsil

XXSR Iqtisodiy Kengashining SSSR dagi savdo vakolatxonasi. Moskva sh. ХХСР

Fond raqami: R-70 Saqlov birligi: 335 Davriy chegarasi: 1923 - 1924
Tashkilot tarixi: 1923 yil 29 yanvarda XXSR Savdo-sanoat nozirligining Moskva savdo idorasi tuzildi; 1923 yil 4 sentyabrda Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Iqtisodiy Kengashining SSSRdagi savdo vakolatxonasiga aylantirildi. 1924 yil 5 dekabrda tugatilgan. Batafsil

Xorazm XSR ning Turkiston ASSRdagi Iqtisodiy vakolatxonasi

Fond raqami: R-69 Saqlov birligi: 82 Davriy chegarasi: 1921 - 1924
Tashkilot tarixi: 1921 yil 1 iyulda Xorazm Xalq Sovet Respublikasining Turkiston ASSRdagi Muxtor vakolatxonasi tuzildi; 1921 yil 4 dekabrda u XXSR ning Turkiston ASSR dagi Bosh konsulligiga aylantirildi; 1924 yil avgustida XXSR ning Turkiston ASSRdagi Iqtisodiy vakolatxonasiga aylantirildi. 1924 yil 17 dekabrda tugatilgan. Batafsil

Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Qishloq xo‘jaligi xalq nozirligi.

Fond raqami: R-74 Saqlov birligi: 59 Davriy chegarasi: 1920 - 1924
Tashkilot tarixi: 1920 yil noyabrda tuzilgan. 1924 yil 30 noyabrda tugatilgan. Batafsil

Xorazm Xalq Sovet Respublikasining Tashqi ishlar xalq nozirligi

Fond raqami: R-80 Saqlov birligi: 11 Davriy chegarasi: 1921 - 1924
Tashkilot tarixi: 1921 yil yanvarda tuzilgan. 1924 yil noyabrda tugatilgan. Batafsil

Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Ishchi-dehqon inspeksiyasi xalq nozirligi.

Fond raqami: R-79 Saqlov birligi: 34 Davriy chegarasi: 1921 - 1924
Tashkilot tarixi: 1920 yil fevral oyida XXSR Nozirlar Soveti qoshida Davlat nazorati tuzildi: 1923 yil oktabrda u XXSR Ishchi-dehqon inspeksiyasi xalq nozirligiga aylantirildi. 1924 yil 30 noyabrda tugatilgan. Batafsil

Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Savdo va sanoat xalq nozirligi (Torgprom).

Fond raqami: R-75 Saqlov birligi: 46 Davriy chegarasi: 1922 - 1924
Tashkilot tarixi: 1922 yil 30 noyabrda tuzilgan. 1924 yil noyabrda tugatilgan. Batafsil

TURKISTON ISHCHI VA DЕHQON DЕPUTATLAR KЕNGASHI MARKAZIY IJROIYA QO‘MITASI XUZURIDAGI ARXIV ISHI MARKAZIY BOSHQARMASI

Fond raqami: P-399 Saqlov birligi: 366 Davriy chegarasi: 1919 - 1922
Tashkilot tarixi:

1919 yil 30 oktyabrdagi Turkiston respublikasi Sovetlari Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi qaroriga asosan Turkiston respublikasi butun hududida arxiv ishi boshqarish va Davlat arxiv fondini yuritish maqsadida Arxiv ishi Markaziy Boshqarmasi ta’sis etilgan.

Arxiv ishi Markaziy Boshqarmasi Turkiston Respublikasi ma’rifat Xalq Komissarligi huzurida alohida boshqaruv organi huquqida bo‘lib, o‘zining mustaqil smetasiga ega bo‘lgan. Turkiston Respublikasi Arxiv ishi Markaziy Boshqarmasi rahbarligida respublika Xalq Komissarlari Kengashi tomonidan tayinlanadigan RSFSR Bosh arxiv ishi Boshqarmasi vakolatlisi, Arxiv ishi Markaziy Boshqarmasi bosh boshqaruvchisi turgan.

Turkiston respublikasi hududida bo‘lgan barcha arxiv va ish yurituv hujjatlari viloyat arxiv fondlari boshqarmasi boshqaruvida bo‘lib, Yagona Davlat Arxiv Fondining qismi hisoblangan har bir viloyat uchun alohida viloyat arxiv fondini tashkil etgan. Viloyat arxiv fondi rahbarligida viloyat vakolatlisi turgan.

1922 yil 16 mayda Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi qaroriga muvofiq Arxiv ishi Markaziy Boshqarmasi Turkiston Respublikasi ma’rifat Xalq Komissarligi huzuridan chiqarilib, Turkiston Respublikasi Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi tizimiga alohida boshqarma huquqiy asosida, mustaqil smetasi bilan o‘tkazilgan

Batafsil

O‘RTA OSIYO TЕMIR YO‘LCHILAR KASABA UYUSHMASI MARKAZIY QO‘MITASI

Fond raqami: R1604 Saqlov birligi: 879 Davriy chegarasi: 1934 - 1948
Tashkilot tarixi:

1934 yil noyabr oyida Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining qarori bilan tashkil etilgan. Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining 1918 yil 13 oktyabrdagi qarori bilan tugatildi.

Batafsil

BUTUNITTIFOQ KASABA UYUSHMALARI MARKAZIY KЕNGASHINING O‘RTA OSIYO BYUROSIDA PROLЕTAR TALABALARINING O‘RTA OSIYO BYUROSI

Fond raqami: R-738 Saqlov birligi: 119 Davriy chegarasi: 1924 - 1929
Tashkilot tarixi:

.

Batafsil

SUV TRANSPORTI XODIMLARI BUTUNITTIFOQ KASABA UYUSHMASI O‘RTA OSIYO OKRUGI QO‘MITASI

Fond raqami: R-826 Saqlov birligi: 209 Davriy chegarasi: 1926 - 1931
Tashkilot tarixi:

.

Batafsil

BUTUNITTIFOQ TO‘QIMACHILAR KASABA UYUSHMASI MARKAZIY QO‘MITASINING O‘RTA OSIYO BYUROSI

Fond raqami: R-766 Saqlov birligi: 267 Davriy chegarasi: 1925 - 1931
Tashkilot tarixi:

.

Batafsil

SSSR KASABA UYUSHMALARINING O‘RTA OSIYO QO‘MITALARI VA BYUROLARI

Fond raqami: R-9 Saqlov birligi: 2317 Davriy chegarasi: 1925 - 1934
Tashkilot tarixi:

1925 yil 16-20 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan kasaba uyushmalarining 1-O‘rta Osiyo konferensiyasida qabul qilingan O‘rta Osiyo kasaba uyushmalarining tuzilishiga ko‘ra, O‘rta Osiyo qo‘mitalari, byurolari yoki ayrim kasaba uyushmalarining vakolatli Markaziy qo‘mitalari butun O‘rta Osiyo respublikalararo boshqaruv organlari sifatida tashkil etilgan. Ushbu boshqaruv organlari aynan O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi tasarrufidagi birlashma tashkilotlarda tashkil etilgan. 

1934 yil oktyabrda butun O‘rta Osiyo tashkilotlari tugatilishi munosabati bilan byurolar faoliyati tugatilgan.

Batafsil

O‘ZBЕKISTON SSR MARKAZIY IJROIYA QO‘MITASI QOSHIDAGI "BOLALAR DO‘STI" JAMIYATI MARKAZIY KЕNGASHI

Fond raqami: R-424 Saqlov birligi: 120 Davriy chegarasi: 1928 - 1935
Tashkilot tarixi:

1928 yil 22 avgustda boshpanasizlikni butunlay yo‘q qilish, kommunistik ta’lim va kashshoflik harakatini rivojlantirish uchun proletar jamoatchilik kuchlari va vositalarini safarbar qilish uchun tashkil etilgan. 1935 yil 19 noyabrda O‘zbekiston SSR MIQ qarori bilan tugatilgan.

Batafsil

ROSSIYA QIZIL XOCH JAMIYATINING O‘RTA OSIYODAGI VAKOLATLI VAKILI BOSHQARMASI (UPOLNOMOCHЕNNЫY ROKK V SRЕDNЕY AZII)

Fond raqami: R-348 Saqlov birligi: 58 Davriy chegarasi: 1923 - 1925
Tashkilot tarixi:

1922 yil 8 aprel kuni, Turkiston ASSR uchun vakolatli Rossiya Qizil xoch jamiyati vakolatxonasi tashkil etilgan. 1924 yil 21 yanvar buyrug‘i bilan O‘rta Osiyoda vakolatli Rossiya qizil xoch jamiyati vakolatxonasi deb o‘zgartirildi. 1925  yil 1 dekabrda tugatilgan.

Batafsil

MUDOFAAA, AVIATSIYA VA KIMYO QURILISHIGA KO‘MAKLASHISH JAMIYATINING O‘RTA OSIYO KЕNGASHI (OSOAVIAXIM)

Fond raqami: R-423 Saqlov birligi: 696 Davriy chegarasi: 1928 - 1934
Tashkilot tarixi:

1927 yil dekabrda tashkil etilib, SSSR Mudofaaa, aviatsiya va kimyoviy qurilishni rivojlantirish jamiyati Markaziy Kengashining 1934 yil 4 oktyabrdagi qarori bilan tugatilgan.

Batafsil

BUXORO XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI DAVLAT PROKURORI Buxoro sh.

Fond raqami: R-1740 Saqlov birligi: 14 Davriy chegarasi: 1921 - 1924
Tashkilot tarixi:

Mazkur fondning tashkil topish va tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan. Fond tarkibida 1921 – 1924 yillarga oid hujjatlar saqlangan.

Batafsil

BUXORO XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI OLIY INQILOBIY TRIBUNALI Buxoro sh.

Fond raqami: R-1713 Saqlov birligi: 3109 Davriy chegarasi: 1920 - 1925
Tashkilot tarixi:

1920 yil 2 sentyabrda BXSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi qoshida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tribunali tashkil etilgan. 1923 yil 2 apreldan Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Oliy inqilobiy tribunaliga aylantirilib, 1924 yilda uning faoliyati tugatilgan.

Batafsil

BUXORO SOVЕT XALQ RЕSPUBLIKASI ADLIYA KOMISSARLIGI XALQ NOZIRLIGI

Fond raqami: R-64 Saqlov birligi: 210 Davriy chegarasi: 1920 - 1924
Tashkilot tarixi:

1920 yil 31 sentyabrda Buxoro shahrida tashkil etilib, 1924 yil 27 noyabrda tugatilgan.

Batafsil