Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Siyosat

Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi ishchilar, dehqon va qizil armiya deputatlari sovetining Markaziy ijroiya qo‘mitasi (Turkiston MIQ, MIQ, Turkiston ASSR)

Fond raqami: P-17 Saqlov birligi: 1709 Davriy chegarasi: 1918 - 1924
Tashkilot tarixi:

1918 yil 30 aprelda bo‘lib o‘tgan V Turkiston Sovetlari qurultoyida tashkil etilgan. 1924 yil 18 noyabrdagi Turkiston ASSR, BXSR va XXSR Markaziy Ijroiya qo‘mitalarining qo‘shma qaroriga asosan respublikalar Ijroiya Qo‘mitalari o‘z faoliyatlarini to‘xtatib, vakolatlarini O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida yangi tuzilgan respublikalarning Inqilobiy Qo‘mitalariga topshirgan.



Batafsil

TURKISTON ASSRNING BUTUNROSSIYA MARKAZIY IJROIYA QO‘MITASI PRЕZIDIUMI HUZURIDAGI VAKOLATXONASI (MOSKVA Sh.).

Fond raqami: P-13 Saqlov birligi: 121 Davriy chegarasi: 1918 - 1924
Tashkilot tarixi:

1918 yilda RSFSR Milliy ishlar xalq komissarligi qoshida Turkiston Respublikasining Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi va Xalq Komissarlari Sovetining vakolatli vakolatxonasi sifatida tashkil etilgan. 1922 yil 1 dekabrda Butunittifoq MIQ Prezidiumi qoshidagi Turkiston ASSR  vakolatli vakolatxonasi etib o‘zgartirildi. O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan  milliy-hududiy chegaralanishi siyosati munosabati bilan 1924 yil 28 noyabrda tugatilgan.

Batafsil

Qirg‘iziston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi huzuridagi Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi va Xalq Komissarlari Sovetining vakolatxonasi Orenburg sh.

Fond raqami: P-16 Saqlov birligi: 65 Davriy chegarasi: 1921 - 1924
Tashkilot tarixi:

1921 yil 6 oktyabrda tashkil topgan. O‘rta Osiyodagi milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida 1924 yil noyabrda tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI XALQ KOMISSARLARI SOVЕTI (TURKISTON ASSR XKS)

Fond raqami: P-25 Saqlov birligi: 1279 Davriy chegarasi: 1917 - 1924
Tashkilot tarixi: Turkiston o‘lkasi Sovetlarining III o‘lka se’zdida saylangan va 1917 yil 23 noyabrda o‘z faoliyatini boshlagan. 1924 yil 18 noyabrda tugatilgan. Batafsil

XALQ KOMISSARLARI SOVЕTI QOSHIDAGI TURKISTON IQTISODIY KЕNGASHI TURKISTON ASSR (TIK).

Fond raqami: P-18 Saqlov birligi: 199 Davriy chegarasi: 1921 - 1924
Tashkilot tarixi:

Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining 1921 yil 14 martdagi dekreti bilan tashkil etilgan. Turkiston Iqtisodiy Kengashining vakolatiga quyidagilar kirgan: tegishli organlar orqali RSFSR Mehnat va Mudofa Kengashi ko‘rsatmalari va topshiriqlarini bajarish va barcha ko‘rsatmalar va iqtisodiy xarakterdagi vazifalarning bajarilishini nazorat qilish; Sovet hokimiyatining barcha organlarining iqtisodiy rivojlanish borasidagi  faoliyatini kuzatish va nazorat qilish; RSFSRning yagona rejasi asosida respublikaning umumiy iqtisodiy rejasini ishlab chiqish va uning bajarilishini nazorat qilish, barcha moddiy resurslardan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilish. 1924 yil oxirida tugatilgan

Batafsil

TURKISTON ASSR MILLIY ISHLAR BO‘YICHA XALQ KOMISSARLIGI (NARKOMNATS TURKASSR, TURKOMNATS)

Fond raqami: P-36 Saqlov birligi: 208 Davriy chegarasi: 1918 - 1922
Tashkilot tarixi:

Turkiston Sovetlarining 1918 yil 30 apreldagi V qurultoyi qarori bilan Turkiston millatlar ishlari bo‘yicha xalq komissarligi tashkil etilgan. Uning vazifalari quyidagilardan iborat edi: Sovet hokimiyati g‘oyalarini tegishli millatlar o‘rtasida o‘z ona tilida amalga oshirish; respublika hududida istiqomat qiluvchi millatlar orasida madaniy va sinfiy ongni yuksaltirish uchun barcha chora-tadbirlarni ko‘rish; barcha milliy ko‘rinishlardagi aksilinqilobga qarshi kurash; milliy-burjua hukumatlariga qarshi kurash; millatlar bo‘yicha statistik ma’lumotlarni to‘plash.


Turkiston millatlar ishlari bo‘yicha xalq komissarligi 1919 yil 10 dekabrda o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatib, Turkiston ASSR MIQning 1921 yil 21 sentyabrdagi qarori bilan yana tiklandi. Turkiston millatlar ishlari bo‘yicha xalq komissarligi Turkiston ASSR MIQning 1922 yil 14 iyuldagi buyrug‘i bilan tugatilgan.

Batafsil

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi (BXSR MIQ, BuxMIQ)

Fond raqami: P-47 Saqlov birligi: 661 Davriy chegarasi: 1921 - 1924
Tashkilot tarixi: 1921 yil 25 sentyabrda Buxoro Xalq Respublikasi Sovetining II Qurultoyida saylangan. O‘rta Osiyoning milliy chegaralanishi munosabati bilan TurMIQ, BuxMIQ va XorMIQ ning qo‘shma qaroriga ko‘ra 1924 yil 18 noyabrda tugatilgan. Batafsil

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Xalq Nozirlari Soveti

Fond raqami: P-48 Saqlov birligi: 342 Davriy chegarasi: 1920 - 1924
Tashkilot tarixi:

1920 yil 8 sentyabrda tashkil qilingan. O‘rta Osiyoning milliy chegaralanishi munosabati bilan TurMIQ, BuxMIQ va XorMIQ ning qo‘shma qaroriga ko‘ra 1924 yil 18 noyabrda tugatilgan.

Batafsil

Buxoro Xalq Sovet Respublikasining Turkiston ASSR dagi siyosiy-iqtisodiy vakolatxonasi

Fond raqami: R-45 Saqlov birligi: 59 Davriy chegarasi: 1920 - 1924
Tashkilot tarixi: Turkiston ASSRda Buxoro bosh konsulligi 1920 yil 1 noyabrda tashkil etilgan, 1923 yil 30 avgustda Buxoro Xalq Sovet Respublikasining Turkiston MSSRdagi siyosiy-iqtisodiy vakolatxonasiga aylantirilgan. 1924 yil 13 noyabrda tugatilgan. Batafsil

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Iqtisodiy Kengashi (BNSR ECOSO, Bux ECOSO)

Fond raqami: R-49 Saqlov birligi: 24 Davriy chegarasi: 1923 - 1924
Tashkilot tarixi: 1923 yil iyun oyida tuzilgan. 1924 yil noyabrda tugatilgan. Batafsil

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Tashqi ishlar xalq nozirligi.

Fond raqami: R-1616 Saqlov birligi: 548 Davriy chegarasi: 1920 - 1924
Tashkilot tarixi: 1920 yil sentyabrda tashkil etilgan. 1924 yil 18 noyabrda tugatilgan. Batafsil

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Davlat nazorati xalq nozirligi

Fond raqami: R-62 Saqlov birligi: 597 Davriy chegarasi: 1921 - 1924
Tashkilot tarixi: BXSR Xalq Nozirlari Sovetining 1921 yil 30 yanvardagi farmoni bilan tuzilgan.1923 yil yanvardan Sovetlarning 3-qurultoyi qaroriga asosan BuxMIQ huzuridagi Oliy nazorat bo‘limi etib qayta tashkil qilingan; BuxMIQ Nozirlar Soveti BKP MQ qo‘shma yig‘ilishining 1923 yil 17 apreldagi qarori bilan yana BXSR Davlat nazorati xalq nozirligiga aylantirildi. 1924 yil noyabrda tugatilgan.
Batafsil

Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Sovetlari Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi (XorMIQ, XXSR MIQ)

Fond raqami: R-71 Saqlov birligi: 185 Davriy chegarasi: 1920 - 1924
Tashkilot tarixi: 1920 yil aprelda tashkil topgan. O‘rta Osiyoda milliy chegaralanishi munosabati bilan TurMIQ, BuxMIQ va XorMIQ ning 1924 yil 18 noyabrdagi qo‘shma qarori asosida tugatilgan. Batafsil

Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Xalq Nozirlari Soveti

Fond raqami: R-72 Saqlov birligi: 27 Davriy chegarasi: 1920 - 1924
Tashkilot tarixi: Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Xalq Nozirlari Soveti 1920 yil aprelda tuzildi. 1924 yil noyabrda tugatildi. Batafsil

Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Ichki ishlar xalq nozirligi

Fond raqami: R-76 Saqlov birligi: 131 Davriy chegarasi: 1921 - 1924
Tashkilot tarixi: 1920 yil noyabrda tuzilgan. 1924 yil 30 noyabrda tugatilgan. Batafsil

Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Qishloq xo‘jaligi xalq nozirligi.

Fond raqami: R-74 Saqlov birligi: 59 Davriy chegarasi: 1920 - 1924
Tashkilot tarixi: 1920 yil noyabrda tuzilgan. 1924 yil 30 noyabrda tugatilgan. Batafsil

Xorazm Xalq Sovet Respublikasining Tashqi ishlar xalq nozirligi

Fond raqami: R-80 Saqlov birligi: 11 Davriy chegarasi: 1921 - 1924
Tashkilot tarixi: 1921 yil yanvarda tuzilgan. 1924 yil noyabrda tugatilgan. Batafsil

Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Ishchi-dehqon inspeksiyasi xalq nozirligi.

Fond raqami: R-79 Saqlov birligi: 34 Davriy chegarasi: 1921 - 1924
Tashkilot tarixi: 1920 yil fevral oyida XXSR Nozirlar Soveti qoshida Davlat nazorati tuzildi: 1923 yil oktabrda u XXSR Ishchi-dehqon inspeksiyasi xalq nozirligiga aylantirildi. 1924 yil 30 noyabrda tugatilgan. Batafsil

TURKISTON ASSR TASHQI ISHLAR XALQ KOMISSARLIGI (Toshkent sh.)

Fond raqami: P-1792 Saqlov birligi: 5 Davriy chegarasi: 1918 - 1920
Tashkilot tarixi:
Turkiston ASSR tashqi ishlar xalq komissarligi 1918 yildan 1920 yilgacha Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatgan. Tugatilgan sanasi noma’lum.

Batafsil

BЕLORUSIYA SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASINING TURKISTON ASSRDAGI VAKOLATXONASI

Fond raqami: P-15 Saqlov birligi: 5 Davriy chegarasi: 1921 - 1922
Tashkilot tarixi:

1921 yil 27 dekabrda Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1922 yil tugatilgan.

Batafsil

TURKMAN VILOYATINI O‘RGANISH BO‘YICHA TURKISTON ASSR MARKAZIY IJROIYA QO‘MITASI KOMISSIYASI

Fond raqami: P-12 Saqlov birligi: 17 Davriy chegarasi: 1921 - 1923
Tashkilot tarixi: 1921 yil Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1923 yil tugatilgan. Batafsil

TURKISTON ASSRNING KAVKAZORTIDAGI IQTISODIY VAKOLATXONASI Tbilisi sh.

Fond raqami: P-673 Saqlov birligi: 35 Davriy chegarasi: 1922 - 1923
Tashkilot tarixi: Turkiston ASSRning Kavkazortidagi Iqtisodiy vakolatxonasi 1922 yilda Tiflis shahrida tashkil etilgan va 1923 yilgacha faoliyat olib borgan. Batafsil

TURKISTON RЕSPUBLIKASIDA BUTINTTIFOQ QURILISH ISHCHILARI ITTIFOQI MARKAZIY QO‘MITASI VAKOLATXONASI. Toshkent sh.

Fond raqami: P-757 Saqlov birligi: 6 Davriy chegarasi: 1923 - 1924
Tashkilot tarixi: Mazkur fondning tashkil topish va tugatilish sanalari ko‘rsatilmagan. 1923 yildan 1924 yilgacha davrga oid hujjatlar mavjud. Batafsil

TURKISTONDA BUTUNROSSIYA YER VA O‘RMON ISHCHILARI ISHLAB CHIQARISH ITTIFOQI MARKAZIY QO‘MITASI VAKOLATXONASI Toshkent sh.

Fond raqami: P-774 Saqlov birligi: 11 Davriy chegarasi: 1921 - 1924
Tashkilot tarixi: Vakolatxona 1921 yil 29 noyabrda Toshkent shahrida tashkil etilib, 1924 yil 18 oktyabrda tugatilgan. Batafsil

TURKISTON O‘LKASIDA DORIVOR O‘SIMLIKLARNI TAYYORLASH VA YETISHTIRISH BO‘YICHA VAKOLATXONASI Toshkent sh.

Fond raqami: P-248 Saqlov birligi: 1 Davriy chegarasi: 1918 - 1918
Tashkilot tarixi: Mazkur fond tashkil topish va tugatilish sanalari ko‘rsatilmagan. 1918 yil davr hujjatlari mavjud. Mazkur fond I-7 fondi bilan birlashtirib yuborilgan Batafsil

TURKISTON ASSR BOSH SIYOSIY BOSHQARMASI HUZURIDAGI SOVЕT ISHCHILARI VA JAMOATCHILIK BOSHQARMALARI XIZMATCHILARI KASABA UYUSHMASI 26-SON MAHALLIY QO‘MITASI

Fond raqami: P-446 Saqlov birligi: 18 Davriy chegarasi: 1921 - 1923
Tashkilot tarixi:

Mazkur fondning tashkil topish va tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan. 1921 yildan 1923 yilgacha bo‘lgan davrga oid hujjatlar mavjud.

Batafsil

TURKISTONDA SSSR TASHQI ISHLAR XALQ KOMISSARLIGI VAKILLIGI TASHQI MUNOSABATLAR BO‘LIMI HUZURIDAGI JAMOATCHILIK MUASSASALARI KASABA UYUSHMASI 38-SON MAHALLIY QO‘MITASI

Fond raqami: P-546 Saqlov birligi: 1 Davriy chegarasi: 1921 - 1922
Tashkilot tarixi:

Mazkur fond tashkil etilishi va tugatilishi sanasi ko‘rsatilmagan. 1921 yil oktyabrgacha  tashqi aloqalar Bo‘limi huzuridagi sovet va jamoatchilik muassasalari  ishchilari kasaba uyushmasi 38-son Mahalliy qo‘mitasi deb nomlangan. 1921 yil oktyabrda Turkistonda RSFSR tashqi ishlar Xalq Komissarligi vakilligi tashqi munosabatlar bo‘limi huzuridagi jamoatchilik muassasalari kasaba uyushmasi 38-son mahalliy qo‘mitasi deb qayta nomlangan. 1921 yildan 1922 yillargacha darga oid hujjatlar mavjud.

Batafsil

SSSR XALQ KOMISSARLARI SOVЕTI HUZURIDAGI O‘ZBЕKISTON SSR BO‘YICHA SOVЕT NAZORATI KOMISSARI BOSHQARMASI (O‘ZSSRDA UPOL. KSK)

Fond raqami: R-81 Saqlov birligi: 9200 Davriy chegarasi: 1934 - 1937
Tashkilot tarixi:

SSSR MIQ Prezidiumi va SSSR XKSning 1934 yil 11 martdagi Farmoni bilan tuzilib, 1938 yilda tugatilgan.

Batafsil

O‘ZBЕKISTON SSR ISHCHI-DЕHQON INSPЕKSIYASI XALQ KOMISSARLIGI (O‘ZSSR NKRKI)

Fond raqami: R-95 Saqlov birligi: 6736 Davriy chegarasi: 1924 - 1931
Tashkilot tarixi:

1924 yil 1 dekabrda tuzilib, 1934 yilda VKP (b) XVII s’ezdi qaroriga muvofiq tugatilgan.

Batafsil

O‘ZBЕKISTON SSRNING O‘RTA OSIYO IQTISODIY KЕNGASHIDAGI DOIMIY VAKOLATXONASI (O‘ZBЕKISTON SSRNING SRЕDAZEKOSADAGI DOIMIY VAKOLATXONASI)

Fond raqami: R-85 Saqlov birligi: 351 Davriy chegarasi: 1925 - 1929
Tashkilot tarixi:

1925 yilda SSSR Mehnat va Mudofaaa masalalari bo‘yicha Komissari huzurida 1925 yilda O‘zbekiston SSRning O‘rta Osiyodagi doimiy vakolatxonasi tashkil etilgan bo‘lib, u 1926 yil oktyabrda O‘zbekiston SSRning O‘rta Osiyodagi doimiy vakolatxonasiga aylantirilgan. O‘rta Osiyo iqtisodiy kengashi vakolatxonasining vazifalariga O‘rta Osiyo xo‘jalik kengashi va unga qo‘shilgan muassasa va komissiyalarda O‘zbekiston SSRning iqtisodiy manfaatlari va ehtiyojlarini aniqlash va himoya qilish bo‘lgan. O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi Prezidiumining 1929 yil 25 maydagi farmoni bilan tugatilgan.

Batafsil

O‘ZBЕKISTON SSRNING SSSR HUKUMATI QOSHIDAGI VAKOLATXONASI Moskva sh.

Fond raqami: R-1807 Saqlov birligi: 85 Davriy chegarasi: 1925 - 1932
Tashkilot tarixi:

O‘zbekiston SSR Inqilobiy qo‘mitasining 1924 yil 30 noyabrdagi dekreti bilan tashkil etilgan.

Batafsil

O‘ZBЕKISTON SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI XALQ KOMISSARLARI SOVЕTI (O‘ZSSR SNK)

Fond raqami: R-837 Saqlov birligi: 10839 Davriy chegarasi: 1925 - 1940
Tashkilot tarixi:

1925 yil 17 fevralda O‘zbekiston Sovetlarining I s’ezdida tuzilgan. 1945 yilda Ministrlar Soveti, O‘zbekiston mustaqillikka erishgach O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Maxkamasi deb yurtilmoqda.

Batafsil

O‘ZBЕKISTON SSR MIQ HUZURIDAGI YER-SUV ISLOHOTI BO‘YICHA MARKAZIY YER ISHLARI KOMISSIYASI

Fond raqami: R-225 Saqlov birligi: 26 Davriy chegarasi: 1925 - 1927
Tashkilot tarixi:

O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining 1925 yil 2 dekabrdagi Favqulodda sessiyasining qarori bilan tashkil etilgan. O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining 1927 yil 3 avgustdagi qarori bilan tugatilgan.

Batafsil

O‘ZBЕKISTON SOVЕTI MЕHNATKASHLAR, DЕHQON VA QIZIL ARMIYA DЕPUTATLARI SOVЕTLARI MARKAZIY IJROIYA QO‘MITASI SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI (O‘zSSR MIQ, O‘zMIQ)

Fond raqami: R-86 Saqlov birligi: 8373 Davriy chegarasi: 1925 - 1937
Tashkilot tarixi:

1925 yil 17 fevralda O‘zbekiston Sovetlarining 1-s’ezdida saylangan. 1937 yil fevralda O‘zbekiston SSR Sovetlarining favqulodda VIII s’ezdi tomonidan O‘zbekiston SSR yangi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan tugatilgan.

Batafsil

O‘ZBЕKISTON SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI INQILOBIY QO‘MITASI (O‘ZRЕVKOM)

Fond raqami: R-87 Saqlov birligi: 60 Davriy chegarasi: 1924 - 1925
Tashkilot tarixi:

1924 yil 18 noyabrda O‘zbekiston SSR davlat hokimiyatining vaqtinchalik oliy organi sifatida Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi sayloviga qadar tuzilgan. 1925 yil 17 fevralda O‘zbekiston SSR Sovetlarining  I s’ezdi qarori bilan uning vakolatlari yangi saylangan O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasiga o‘tkazilishi bilan tugatilgan.

Batafsil

XORAZM MARKAZIY IJROIYA QO‘MITASI HUZURIDAGI XORAZM XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI INQILOBIY TRIBUNALI Xiva sh.

Fond raqami: R-2025 Saqlov birligi: 402 Davriy chegarasi: 1920 - 1924
Tashkilot tarixi:

Xorazm Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi huzuridagi Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Inqilobiy tribunali 1920 yildan 1924 yilgacha Xiva shahrida faoliyat ko‘rsatgan

Batafsil

RSFSRNING XORAZM XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASIDAGI VAKOLATXONASI

Fond raqami: R-855 Saqlov birligi: 5 Davriy chegarasi: 1919 - 1921
Tashkilot tarixi:

1919 yil 9 apreldagi Turkiston ASSR va Junaidxonning Xiva hukumati o‘rtasida tinchlik to‘g‘risidagi shartnomasiga ko‘ra, ikki tomon do‘stona munosabatlarni saqlab qolish maqsadida o‘zaro elchilik aloqalarini tiklagan. RSFSR  Xivaga o‘zining muxtor vakilini (Xristoforovni) yuboradi. Xiva tomonining Inqilobiy Komissarlik Amudaryo bo‘limiga xujumidan keyin Xiva hukumati bilan diplomatik munosabatlar to‘xtatilgan.

1919 yil 15 noyabrdagi Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining Qarori bilan RSFSRning Xivadagi XXSR vakolatxonasi tugatilgan, Xiva bilan munosabatlar vazifasi esa Petro-Aleksandrovsk shahridagi Inqilobiy komissarlik zimmasiga yuklatilgan. O‘rta Osiyo respublikalarida o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish natijasida 1924 yil noyabrda tugatilgan.

Batafsil

ROSSIYA SOVЕT FЕDЕRATIV SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI HUZURIDAGI XORAZM XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI BOSH KONSULLIGI Chorjo‘y sh.

Fond raqami: R-734 Saqlov birligi: 17 Davriy chegarasi: 1920 - 1924
Tashkilot tarixi:

Россия Совет  Федератив Социалистик Республикаси ҳузуридаги Хоразм Халқ Совет Республикаси Бош Консуллиги 1920 йилдан 1924 йилгача Чоржўй шаҳрида фаолият кўрсатган.

Batafsil

ХОРАЗМ ХАЛҚ СОВЕТ РЕСПУБЛИКАСИНИНГ ТАШҚИ ИШЛАР ХАЛҚ НОЗИРЛИГИ Хива Ш.

Fond raqami: R-80 Saqlov birligi: 11 Davriy chegarasi: 1921 - 1924
Tashkilot tarixi:

1921 yil yanvarda tashkil etilib, 1924 yil noyabrda tugatilgan.

Batafsil

XORAZM XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI XALQ NOZIRLARI SOVЕTI Xiva sh.

Fond raqami: R-72 Saqlov birligi: 27 Davriy chegarasi: 1920 - 1924
Tashkilot tarixi:

Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Xalq Nozirlari Soveti 1920 yil aprelda tashkil etilib, 1924 yil noyabrda tugatilgan.

Batafsil

BUXORO XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI DAVLAT PROKURORI Buxoro sh.

Fond raqami: R-1740 Saqlov birligi: 14 Davriy chegarasi: 1921 - 1924
Tashkilot tarixi:

Mazkur fondning tashkil topish va tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan. Fond tarkibida 1921 – 1924 yillarga oid hujjatlar saqlangan.

Batafsil

BUXORO XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI OLIY INQILOBIY TRIBUNALI Buxoro sh.

Fond raqami: R-1713 Saqlov birligi: 3109 Davriy chegarasi: 1920 - 1925
Tashkilot tarixi:

1920 yil 2 sentyabrda BXSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi qoshida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tribunali tashkil etilgan. 1923 yil 2 apreldan Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Oliy inqilobiy tribunaliga aylantirilib, 1924 yilda uning faoliyati tugatilgan.

Batafsil

BUXORO SOVЕT XALQ RЕSPUBLIKASI ADLIYA KOMISSARLIGI XALQ NOZIRLIGI

Fond raqami: R-64 Saqlov birligi: 210 Davriy chegarasi: 1920 - 1924
Tashkilot tarixi:

1920 yil 31 sentyabrda Buxoro shahrida tashkil etilib, 1924 yil 27 noyabrda tugatilgan.

Batafsil

BUXORO АMIRLIGI HUKUMАTI HUZURIDА TURKISTON АSRR MUXTOR VАKILI Buxoro sh.

Fond raqami: R-1884 Saqlov birligi: 2 Davriy chegarasi: 1919 - 1919
Tashkilot tarixi:

Mazkur fondning tashkil topish va tugatilish sanasi koʼrsatilmagan. 1919 yilga oid hujjatlar mavjud.

Batafsil

BUXORO XАLQ SOVET RESPUBLIKАSINING KАVKАZDАGI SАVDO IShLАRI BOʼYIChА VАKOLАTLI VАKILI BOShQАRMАSI

Fond raqami: R-1914 Saqlov birligi: 4 Davriy chegarasi: 1922 - 1923
Tashkilot tarixi:

1922 yil 3 fevralda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Xalq Nozirlari Kengashi Qarori bilan Kavkazda Savdo Komissiyasi tashkil etilgan.

1922 yil iyunda Savdo Komissiyasi Tbilisi shahridagi Buxoro Xalq Sovet Respublikasining Kavkazdagi savdo vakolatxonasi sifatida qayta tashkil etilgan.

Tugatish bo‘yicha farmoyish hujjatlarini aniqlanmagan, ammo RSFSR XKS bilan yozishmalarga qaraganda Boshqarma 1923 yil 13 sentyabrda tugatilgan.

Batafsil

RSFSRNING BUXORODAGI MUXTOR VAKOLATXONASI Buxoro sh.

Fond raqami: R-1904 Saqlov birligi: 1 Davriy chegarasi: 1920 - 1920
Tashkilot tarixi:

RSFSRning Buxorodagi muxtor vakolatxonasi 1920 yil Buxoro shahrida tashkil etilgan. Tugatilish sanasi noma’lum.

Batafsil

BUXORO SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI DAVLAT SIYOSIY BOSHQARMASI (GPU) Buxoro sh.

Fond raqami: R-1734 Saqlov birligi: 3 Davriy chegarasi: 1922 - 1924
Tashkilot tarixi:

Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi Davlat siyosat boshqarmasi tashkil topgan sanasi noma’lum. 1923 yil oktyabr oyida Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi Davlat siyosat boshqarmasi deb qayta nomlangan. 1924 yil noyabrda tugatilgan.

Batafsil

161-EVAKUATSIYA BOSH BO‘LINMASINING HARBIY-SANITAR TRANSPORT BO‘LIMI

Fond raqami: R-1981 Saqlov birligi: 5 Davriy chegarasi: 1920 - 1921
Tashkilot tarixi:

Fond R-1170-fond bilan birlashtirib yuborilgan. Mazkur fondning tashkil topish va tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan. Fond tarkibida 1920 yildan 1921 yilgacha bo‘lgan hujjatlar mavjud.

Batafsil