O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining 1925 yil 2 dekabrdagi Favqulodda sessiyasining qarori bilan tashkil etilgan. O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining 1927 yil 3 avgustdagi qarori bilan tugatilgan.
O‘zbekiston SSR MIQning yer-suv islohoti bo‘yicha tuman va viloyat komissiyalarini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonlari va ularning ishi bo‘yicha ko‘rsatmalar. Yer islohoti bo‘yicha markaziy komissiya majlislarining bayonnomalari. O‘zbekiston viloyatlarida yer-suv islohoti, beklardan ortiqcha yerlarning tortib olinishi, islohot munosabati bilan qishloqlarda sinfiy kurashning keskinlashuvi haqidagi ma’ruza va ma’lumotlar; shikoyatlar va yer-suv nizolarini ko‘rib chiqish bo‘yicha yozishmalar.