Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Turkiston ASSR

TURKISTON ASSR XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY KЕNGASHI QOSHIDAGI BIRINCHI TURKISTON MANUFAKTURASI (TURKMANUFAKTURA)

Fond raqami:
R-130
Saqlov birligi:
77
Davriy chegarasi:
1922 - 1924

Tashkilot tarixi

TASSR Xalq Komissarlari Sovetining 1922 yil 1 apreldagi dekreti bilan tugatilgan Turkiston Respublikasi Davlat to‘qimachilik zavodlarini qurish qo‘mitasi (Komtekstroy)  tugatilib, uning negizida 1922 yil 1 mayda Turkiston Manufakturasi tashkil etilgan.  Nizom Turk ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi Prezidiumining 1923 yil 16 sentyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan. Birinchi Turkiston manufakturasi trest sifatida faoliyat yuritib, uning tarkibida Yettisuv gazlama fabrikasi va Bo‘zsuv GESi bo‘lgan. 1925 yil 4 yanvarda Turkiston ASSR organlarini tugatish bo‘yicha tashkil etilgan komissiya qaroriga ko‘ra 1924 yil 31 dekabrda uning faoliyati tugatilgan.


Fond sharhi

Birinchi Turkiston manufakturasining Nizomi; Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Soveti va Iqtiodiy Kengashining Farg‘onada to‘qimachilik fabrikasi qurish to‘g‘risidagi buyruqlari va sirkulyarlari.