Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

TURKISTON ASSR XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY KЕNGASHI (TURKISTON ASSR SSNX)

Fond raqami:
R-27
Saqlov birligi:
2048
Davriy chegarasi:
1918 - 1924

Tashkilot tarixi

Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Sovetining 1918 yil 21 martdagi buyrug‘i bilan Turkiston o‘lka Xalq ishlab chiqarish kengashi tuzildi, 1918 yil may oyida Turkiston Respublikasi Sanoat Komissarligiga aylantirildi. 1918 yil 1 noyabrdan Xalq xo‘jaligi markaziy kengashiga aylantirilgan. O‘rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida 1924 yil 1 noyabrda tugatilgan.


Fond sharhi

SSSR va RSFSR Xalq Komissarlari Soveti va Oliy Xo‘jalik Soveti, Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi va Xalq Komissarlari Sovetining farmonlari, qarorlari va sirkulyar farmoyishlari. O‘rta Osiyo Iqtisodiy kengashi, Turkiston davlat reja qo‘mitasi va Turkiston ASSR xalq komissarliklarining xususiy korxonalarni milliylashtirish, davlat va hunarmandchilik kooperativ sanoatini tashkil etish va rivojlantirish to‘g‘risida. Turkiston ASSR xalq xo‘jaligiga oid iqtisodiy sharhlar. Paxta, kimyo va qog‘oz zavodlari qurilishi loyihalari va chizmalari.