Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Sovetining 1917 yil 23 noyabrdagi buyrug‘i bilan oziq-ovqat Xalq komissarligi sifatida tashkil etilgan. 1918 yil 7 martda u Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Soveti qoshidagi oziq-ovqat bo‘limiga aylantirilgan. 1918 yil 15 iyunda Turkiston O‘lkasi oziq-ovqat direktoriyasi, 1919 yil dekabrda yana Turkiston ASSR oziq-ovqat xalq komissarligi sifatida tashkil etildi. Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining 1923 yil 7 oktabrdagi farmoni bilan Turkiston Oziq-ovqat Xalq Komissarligi tugatilgan.
SSSR va RSFSR Xalq Komissarlari Soveti va Mehnat va Mudofaa Kengashi, Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi va Xalq Komissarlari Sovetining oziq-ovqat masalalari bo‘yicha farmonlari, qarorlari va sirkulyar farmoyishlari. Turkiston ASSR Oziq-ovqat xalq komissarligi hay’ati, viloyat oziq-ovqat bo‘linmalari yig‘ilishlarining oylik ta’minot rejalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi bayonnomalari. Turkiston ASSR Oziq-ovqat xalq komissarligi bo‘limlari, viloyat va uyezd oziq-ovqat qo‘mitalarining o‘z faoliyatlari to‘g‘risidagi hisobotlari. Baliqchilik va don maxsulotlari sanoatining ishi, Qizil Armiya, korxona va muassasalarning ishchi va xizmatchilarining oziq-ovqat bilan ta’minlanishi to‘g‘risida hisobotlar, ma’lumotlar va yozishmalar.