Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

TURKISTON ASSR SOG‘LIQNI SAQLASH XALQ KOMISSARLIGI

Fond raqami:
R-40
Saqlov birligi:
475
Davriy chegarasi:
1917 - 1924

Tashkilot tarixi

Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Sovetining 1917-yil 23 noyabrdagi buyrug‘i bilan tuzilgan. O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy –hududiy chegaralanish siyosati munosabati bilan 1924 yil 24 noyabrda tugatilgan.


Fond sharhi

Turkiston ASSR Xalq komissarligi Hay’atining buyruqlari va yig‘ilish bayonnomalari. Sog‘liqni saqlash Xalq komissarligi va unga bo‘ysunuvchi muassasalar to‘g‘risidagi Nizom, viloyat sog‘liqni saqlash bo‘limlari faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlar, sog‘liqni saqlash bo‘limlari rahbarlarining se’zd materiallari. Turkiston Respublikasidagi sog‘liqni saqlash holati to‘g‘risidagi hisobotlar, davolash, sanitariya-epidemiologiya, farmatsevtika bo‘limlari hamda onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘limi (1918-1924) hisobotlari.