1918 yil 15 mayda Turkiston ASSR Markaziy Davlat nazorati tuzilib, u 1920 yil iyun oyida Turkiston ASSR Ishchi-dehqon inspeksiyasi xalq komissarligi sifatida qayta tashkil etilgan. 1924 yil noyabrda O‘rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida tugatilgan.
RSFSR Ishchilar va dehqonlar inspeksiyasi Xalq Komissarligining sirkulyarlari va ko‘rsatmalari; Turkiston ASSR ishchi-dehqon inspeksiyasi xalq komissarligi hay’ati majlis bayonnomalari; Turkiston ASSR ishchi-dehqon inspeksiyasi xalq komissarligi bo‘limlarining taftish ishlari to‘g‘risidagi hisobotlari; xalq komissarliklarining holati va faoliyatini o‘rganish natijalari bo‘yicha hisobotlar, aktlar, xulosalar va takliflar.