Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

TURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI POCHTA VA TЕLЕGRAF XALQ KOMISSARLIGI (TURKASSR POCHTA XALQ KOMISSARLIGI, TURKASSR NKPT)

Fond raqami:
R-33
Saqlov birligi:
4917
Davriy chegarasi:
1917 - 1922

Tashkilot tarixi

Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Sovetining 1917-yil 23 noyabrdagi dekreti asosida tuzilgan; 1922 yil 9 sentyabrda O‘rta Osiyo aloqa okrugiga aylantirilgan.


Fond sharhi

RSFSR Xalq pochta va telegraf komissarligi, Turkiston ASSR XKS va Pochta va telegraf xalq komissarligining pochta, telefon va radio aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha buyruqlari, ko‘rsatmalari va sirkulyarlari. Turkiston ASSR pochta-telegraf xalq komissarligi hay’ati majlislarining bayonnomalari.

Turkiston ASSR Pochta va telegraf xalq komissarligi faoliyati to‘g‘risidagi yillik ma’ruza hisobot va hisobotlar; Turkistonda pochta va telefon aloqasini tiklash, pochta-telegraf bo‘limlari va telefon stansiyalarini ochish, Toshkent, Samarqand, Qo‘qon, Berniy, Andijon va boshqa shaharlarda shaxsiy va shahar telefon tarmoqlarini musodara qilish bo‘yicha hisobotlar, ma’lumotlar va yozishmalar. Turkiston ASSRda radioaloqa rivoji, pochta yo‘llarining holati haqida ma’lumotlar. III Turkiston pochta-telegraf se’zdining bayonnomalari (1917 yil aprel).