Туркистон ўлкаси Халқ Комиссарлари Советининг 1917 йил 23 ноябрдаги буйруғи билан ташкил топган. 1919 йил ноябрда Меҳнат ва ижтимоий таъминот халқ комиссарлигига айлантирилиб, 1920 йил 6 августда алоҳида Меҳнат Халқ комисасарлиги сифатида яна ажралиб чиқди. Ўрта Осиёнинг миллий-ҳудудий чегараланиш сиёсати натижасида 1924йил 24 декабрда комиссарлик фаолияти тугатилган.
Turkiston Respublikasi Xalq Komissarlari Sovetining Mehnat Xalq Komissarligi faoliyati to‘g‘risidagi dekretlari, qarorlari va sirkulyarlari. Turkiston ASSR Mehnat Xalq Komissarligi va uning mahalliy organlari to‘g‘risidagi Nizom. Xalq Mehnat Komissarligi hay’ati va uning bo‘limlari yig‘ilishlari, mehnat va ijtimoiy ta’minot bo‘limlarining viloyat konferensiyasi (1919), Mehnat Xalq Komissarligi qoshidagi sug‘urta tarif-normalari va ish beruvchi va ishchi o‘rtasidagi mojarolarni hal etish komissiyasi kengashi majlislari bayonnomalari; I Turkiston kasaba uyushmalari qurultoyining bayonnomalari (1918). Xalq mehnat komissarligi va uning bo‘limlari faoliyati, viloyat mehnat va ijtimoiy ta’minot bo‘limlari, mehnat birjasi faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruza hisobot va hisobotlar; ishchilarni jismoniy va aqliy mehnat guruhlari va toifalari bo‘yicha taqsimlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar; korxonalar va kasaba uyushmalari bilan mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishchilar nazorati, mehnat intizomini ta’minlash, yarashuv palatalari va hakamlik sudlari ishi to‘g‘risida yozishmalar.