Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Turkiston ASSR

TURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI XALQ KOMISSARLARI SOVЕTI (TURKISTON ASSR XKS)

Fond raqami:
P-25
Saqlov birligi:
1279
Davriy chegarasi:
1917 - 1924

Tashkilot tarixi

Turkiston o‘lkasi Sovetlarining III o‘lka se’zdida saylangan va 1917 yil 23 noyabrda o‘z faoliyatini boshlagan. 1924 yil 18 noyabrda tugatilgan.

Fond sharhi

Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Sovetining farmonlari, qarorlari va sirkulyar farmoyishlari; Turkiston ASSR XKS majlislari, XKS va Iqtisodiy Kengashining qo‘shma majlis jurnallari.

Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi, Turkiston ASSR Iqtisodiy Kengashi, Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashi Turk-byurosi, Turkiston paxtachilik qo‘mitasi, Xalq Xo‘jalik Markaziy Kengashi (XXMK) Prezidiumi, xalq komissarliklarining  yig‘ilish qarorlari, jurnallari va axborot byulletenlari. Xalq komissarliklarining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlari.

Turkiston ASSR Iqtisodiy Kengashi, XXMK, Davlat reja komissiyasi qo‘mitasi, xalq komissarliklari va boshqa davlat muassasalarining  Nizomlari.

Viloyat va tuman ijroiya qo‘mitalari faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruza hisobot, hisobot, bayonnoma va majlis bayonnomalari.

Turkiston ASSR MIQ, XKS, Davlat reja Komissiyasi, Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi, Iqtisodiy kengash bilan Turkiston ASSR faoliyatining turli masalalari bo‘yicha yozishmalari.

O‘rta Osiyo ishlari bo‘yicha favqulodda komissar P. A. Kobozevning Turkiston o‘lkasidagi vaziyat to‘g‘risida RSFSR Xalq Komissarlari Soveti bilan yozishmalari (1918).

Xalq xo‘jaligi markaziy kengashi majlislari jurnallari, paxta tozalash, to‘qimachilik, ipakchilik, neft, ko‘mir, neft va tog‘-kon sanoatining ishlab chiqarish dasturlari va rejalari; paxtachilik, chorvachilik, bog‘dorchilik, uzumchilik bo‘yicha; ekin ekish va o‘rim-yig‘im kompaniyalari, o‘lkadagi yer ishlari bo‘yicha yig‘ilishlar,  xasharotlarga (chigirtkalarga) qarshi kurash bo‘yicha hisobotlar; yer taqsimoti va suvdan foydalanish bo‘yicha qarorlar, hisobotlar va loyihalar; texnik sug‘orish qo‘mitasi yig‘ilishlarining bayonnomalari.

RSFSR Temir yo‘lllari xalq komissarligining buyruqlari, sirkulyarlari va hisobotlari hamda Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Sovetining Temir yo‘l transporti va yoqilg‘i komissarligi bilan yozishmalari.

1917 yil oktyabrda Toshkentdagi inqilobiy voqealar va Turkistonda qurolli qarshilik harakatlariga qarshi kurash haqidagi telegrammalar va yozishmalar.

Turkfront Inqilobiy harbiy kengashining farmoyishlari, Orenburg, Akto‘be, Yettisuv, Farg‘ona va Kaspiyorti frontlaridagi vaziyat to‘g‘risidagi axborot hisobotlari; Farg‘ona vodiysi va Samarqand viloyatidagi qurolli qarshilik harakatlariga qarshi kurash (1918 – 1920 yillar) haqidagi telegrammalar va axborot ma’lumotlar.

Rossiya Telegraf agentligining (ROSTA) RSFSR ichki va xalqaro vaziyati to‘g‘risidagi telegrammalari.

Rossiya kommunistlar partiyasi Markaziy qo‘mitasi O‘rta Osiyo byurosining O‘rta Osiyo respublikalarini milliy-hududiy chegaralanish siyosati masalalari bo‘yicha yozishmalari va komissiya bayonnomalari.