Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi haftalik organi “Turkiston Xalq xo‘jaligi” jurnali 1919 yil 19 fevralda Turkiston ASSR XKS qarori bilan tashkil etilib, 1922 yil dekabrda nashriyot faoliyati to‘xtatilgan.
Turkiston ASSR XXMK majlislari bayonnomalari va jurnal qarorlari, Turkiston ASSR Yer ishlari komissarligi bo‘linmalari va viloyat Xalq xo‘jaligi kengashlari majlislari bayonnomalari. Jurnalni materiallar bilan ta’minlash va uni tarqatish shartlari to‘g‘risida XXMK, XKS va xalq xo‘jaligining hududiy kengashlari bilan yozishmalari, nashr etilgan materiallar almashinuvi bo‘yicha tahririyat va nashriyotlar bilan yozishmalari.