1917 yil 28 oktyabrdagi Rossiya Ichki ishlar xalq komissarligining “Ishchi militsiyasi to‘g‘risida”gi buyrug‘iga ko‘ra, yangi turdagi militsiya tashkil etilgan. Unga ko‘ra, “barcha Ishchilar va askar deputatlari Kengashlariga inqilobiy intizomni yo‘lga qo‘yish va ushlab turish uchun “ishchi militsiyasi”ni ta’sis etish belgilangan.
RSFSR va Turkiston Respublikasi Ichki ishlar xalq komissarligi, Turkiston Respublikasi Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi va XKSning respublikada militsiyani tashkil etish masalalari bo‘yicha dekretlari, qarorlari, buyruqlari, sirkulyarlari, Ichki ishlar xalq komissarligi va Militsiya Bosh boshqarmasi faoliyati yuzasidan ma’ruzalar va boshqalar.