Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Turkiston ASSR

TURKISTON DAVLAT UNIVЕRSITЕTI HARBIY FAKULTЕTI Toshkent sh.

Fond raqami:
R-1198
Saqlov birligi:
63
Davriy chegarasi:
1920 - 1922

Tashkilot tarixi

1919 yilda Moskvadagi Turkiston davlat universiteti vakolatxonasi huzurida Harbiy fakultet tashkiliy komissiyasi shakllantirilgan. Komissiya vazifasiga Toshkentdagi Harbiy fakultetni ochilishi bo‘yicha barcha  tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish yuklatilgan. 1920 yil boshida Moskva delegatsiyasi Toshkentga yetib keladi. Moskva delegatsiyasining Turkiston davlat universiteti mahalliy guruhi vakillari va Turkiston fronti Harbiy mutaxassislari ning 1920 yil 4 maydagi qo‘shma majlisida Harbiy fakultet tashkiliy bo‘linmasi tashkil etilgan. Tashkiliy bo‘linma Toshkentda fakultetni tashkil etish bo‘yicha barcha tashkiliy ishlarni amalga oshirib, 1920 yil noyabrda Harbiy fakultet ochilishi Turkiston ishlari bo‘yicha komissiya (Turkomissiya) tomonidan tasdiqlangan.

Harbiy fakultet  respublika Inqilobiy Harbiy Kengashining 1922 yildagi 1221-son hamda Turkiston frontining 1922 yil 9 iyundagi 822/340-son buyruqlari bilan tugatilgan. Tugatish ishlari 1922 yil 1 iyulda yakunlangan.


Fond sharhi

Universitet Boshqaruvi va Harbiy fakultet tashkiliy bo‘linmasi majlislari bayonnomalari, Harbiy fakultet to‘g‘risida Nizom va boshqalar.