Turkiston fronti armiyasini ta’minoti bo‘yicha Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi va favqulodda vakolatxonasi huzuridagi Harbiy maxsus kiyim, sanoat kiyimi va fuqarolik ko‘ylagi ishlab chiqarish Boshqarmasi 1920 yil 4 noyabrda tashkil etilib, 1922 yilda tugatilgan.
1-sonli Harbiy kiyim-bosh fabrikasi ishchi va xodimlari ro‘yxatlari, tikuv ustaxonalari xodimlarini ish haqini tarqatish bo‘yicha vedomostlari, armiya ta’minoti bo‘yicha Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi va favqulodda vakolatxonasi buyruqlari, sirkulyarlar, yo‘riqnomalari. Armiya ta’minoti bo‘yicha Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi va favqulodda vakolatxonasi hamda kiyim boshqarmasi Xay’ati majlislari bayonnomalari, Turkkiyim va 1-Toshkent Harbiy zavodi qoshidagi ustaxona xodimlariga ish haqi vedomostlari.