Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi

BUXORO TASHQI SAVDO BO‘LIMI BO‘LINMASI

Fond raqami:
R-2075
Saqlov birligi:
54
Davriy chegarasi:
1918 - 1921

Tashkilot tarixi

1918 yil 15 oktyabrda Rezidentlik huzuridagi Buxoro Viloyat Iqtisodiyot bo‘limi tashkil etilgan. 1919 yil oktyabr oyi oxirida Turkiston Sovetlari Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi buyrug‘iga asosan  Rezidentlik huzuridagi Buxoro viloyat iqtisodiyot bo‘limi Butunrossiya MIQning Turkiston ishlari bo‘yicha Vakolatxonasi huzuridagi tashqi savdo bo‘limining Buxoro bo‘linmasi deb qayta nomalanadi.

1921 yil yanvar oyidan boshlab bu muassasa Tashqi savdo xalq komissarligi Tukiston boshqarmasiga bo‘ysungan. 1922 yil 30 iyundan esa Tashqi savdo xalq komissarligi Turkiston boshqarmasi RSFSRning Tashqi savdo xalq komissarligining O‘rta Osiyodagi vakolatxonasi deb qayta nomlangan. 1922 yil 10 sentyabrdan tashqi savdo bo‘limining Buxoro bo‘linmasi Tashqi savdo Xalq Komissarligining O‘rta Osiyodagi Vakolatxonasiga bo‘ysungan va Tashqi savdo xalq komissarligining O‘rta Osiyodagi vakolatxonasining Buxoro respublikasi bo‘yicha Vakolatxonasi deb nomlangan.


Fond sharhi

Qarorlar, sirkulyarlar, Nizomlar, yozishmalar, majlislar bayonnomalari, vedomostlar, dalolatnomalar va boshqalar.