Buxoro Xalq Sovet Respublikasi ichki ishlar Nazorati xuzuridagi ishchi-dehqon militsiyasi Bosh Boshqarmasi 1920 yil 16 sentyabrdagi Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Xalq Nozirlar Kengashi qaroriga va Buxoro Xalq Sovet Respublikasi ichki Ishlar Nozirining 1920 yil 20 sentyabrdagi buyrug‘iga asosan tashkil etilgan. O‘rta Osiyo respublikalarida o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida 1924 yil 18 noyabrdagi 164-son buyrug‘iga ko‘ra Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Ichki ishlar Nozirligi faoliyati tugatilgan.
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi oliy hukumat idoralarining Buxoro respublikasida ishchi-dehqon militsiyasi organlari tashkil etish va mustahkamlash to‘g‘risidagi farmoyishlari, Buxoro xalqini Respublikadagi qurolli qarshilik harakatlariga qarshi kurashiga oid muhim ma’lumotlar, Buxoro ishchi-dehqon militsiyasi safida xizmat qilgan barcha shaxslarning ro‘yxatlari va boshqalar.