1919 yil 9 apreldagi Turkiston ASSR va Junaidxonning Xiva hukumati o‘rtasida tinchlik to‘g‘risidagi shartnomasiga ko‘ra, ikki tomon do‘stona munosabatlarni saqlab qolish maqsadida o‘zaro elchilik aloqalarini tiklagan. RSFSR Xivaga o‘zining muxtor vakilini (Xristoforovni) yuboradi. Xiva tomonining Inqilobiy Komissarlik Amudaryo bo‘limiga xujumidan keyin Xiva hukumati bilan diplomatik munosabatlar to‘xtatilgan.
1919 yil 15 noyabrdagi Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining Qarori bilan RSFSRning Xivadagi XXSR vakolatxonasi tugatilgan, Xiva bilan munosabatlar vazifasi esa Petro-Aleksandrovsk shahridagi Inqilobiy komissarlik zimmasiga yuklatilgan. O‘rta Osiyo respublikalarida o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish natijasida 1924 yil noyabrda tugatilgan.
Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi va RSFSRning Xivadagi vakolatxonasi o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi yozishmalari, Ichki va Tashqi ishlar komissarining Turkiston Respublikasi Sovetlarining favqulodda VII qurultoyidagi ma’ruzasi. Guvohnomalar, mandatlar va boshqalar.