Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O'zbekiston SSR

O‘ZBЕKISTON SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI INQILOBIY QO‘MITASI (O‘ZRЕVKOM)

Fond raqami:
R-87
Saqlov birligi:
60
Davriy chegarasi:
1924 - 1925

Tashkilot tarixi

1924 yil 18 noyabrda O‘zbekiston SSR davlat hokimiyatining vaqtinchalik oliy organi sifatida Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi sayloviga qadar tuzilgan. 1925 yil 17 fevralda O‘zbekiston SSR Sovetlarining  I s’ezdi qarori bilan uning vakolatlari yangi saylangan O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasiga o‘tkazilishi bilan tugatilgan.


Fond sharhi

O‘zbekiston SSR inqilobiy qo‘mitasining qarorlari, farmoyishlari va majlis bayonnomalari; Inqilobiy qo‘mita raisi o‘rinbosarining O‘zbekiston SSR Xalq Komissarliklari vakillari bilan o‘tkazgan uchrashuvlari bayonnomalari; O‘zbekistonda Qizil Armiya milliy bo‘linmalarining tuzilishi haqidagi ma’ruzalar; VKP (b) okrug va viloyat komitetlari majlislarining bayonnomalari hamda Qashqadaryo, Surxondaryo va Zarafshon viloyatlarida sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakatlari to‘g‘risidagi axborot hisobotlari; Toshkent, Farg‘ona, Qashqadaryo va Zarafshon viloyatlaridagi sovet hokimiyati va sud muassasalari faoliyatini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy-loyiha komissiyasining bayonnomalari va hisobotlari; milliy-hududiy chegaralanish siyosati bo‘yicha materiallar: sobiq BXSR davlat mablag‘lari, BXSRdan O‘zSSR tasarrufiga o‘tkazilgan korxonalar, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston uchun ajratiladigan pul mablag‘larning hisob-kitoblari.