Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O'zbekiston SSR

O‘ZBЕKISTON SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI XALQ KOMISSARLARI SOVЕTI (O‘ZSSR SNK)

Fond raqami:
R-837
Saqlov birligi:
10839
Davriy chegarasi:
1925 - 1940

Tashkilot tarixi

1925 yil 17 fevralda O‘zbekiston Sovetlarining I s’ezdida tuzilgan. 1945 yilda Ministrlar Soveti, O‘zbekiston mustaqillikka erishgach O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Maxkamasi deb yurtilmoqda.


Fond sharhi

SSSR XKS va Mehnat va Mudofaa Kengashi majlislari qarorlari, SSSR Mehnat va Mudofaaa kengashining O‘rta Osiyo bo‘yicha qarorlari va bayonnomalari, O‘zbekiston SSR MIQ, Iqtisodiy Kengash va Davlat reja qo‘mitasi, O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti va Iqtisodiy kengashining qo‘shma majlislari; O‘zSSR XKSning farmonlari, qarorlari, sirkulyarlari va ko‘rsatmalari hamda SSSR, RSFSR va O‘zSSR Xalq Komissarlari Sovetining eng muhim qarorlarining xulosalari, bayonnomalari; O‘zbekiston SSR XKS, xalq komissarlari hay’at kengashi majlislari, O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti raisining o‘rinbosari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishlarning stenografik bayonnomalari, Xalq Sovetining ishlarni boshqarish to‘g‘risidagi farmoyishlari. O‘zbekiston SSR komissarlari va Xalq komissarliklari to‘g‘risidagi Nizom; O‘zbekiston SSR xalq komissarliklarining sirkulyarlari va ko‘rsatmalari hamda ularning faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlar.

Iqtisodiy sharhlar va O‘zSSR xalq xo‘jaligini rivojlantirishning istiqbolli rejalari va tushuntirish xatlari, sanoat sohasining  holatini ko‘rib chiqish va O‘zbekistondagi zavod va hunarmandchilikning milliy-hududiy chegaralanish siyosatidan keyingi holati to‘g‘risidagi hisobotlar va uni yanada rivojlantirish istiqbollari (1925); O‘zbekistonda shakar, un tegirmonlari, oziq-ovqat qo‘shimchalari va vinochilik sanoati va kinematografiyaning rivojlanish tarixiga oid ma’lumotlar. O‘zbekiston “Paxta matosi”, “O‘zbekneft”, “O‘zbekvino”, “O‘zbeksavdo”, “Qizil sharq” davlat trestlari va aksiyadorlik jamiyatlari to‘g‘risidagi Nizomlar va ularning ustavlari.

O‘zbekistonning shahar qurilishi, eskilarini rekonstruksiya qilish va yangi shaharlarini obodonlashtirish rejalari.

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash, chorvachilik, qorako‘lchilikni rivojlantirish, paxtachilik va lalmi dehqonchiligini yuksaltirish va yanada rivojlantirish bo‘yicha memorandumlar, ma’lumotlar va yozishmalar; bahorgi ekin ekish ishlari rejalari va ularga tushuntirish xatlari; yer-suv islohoti bo‘yicha markaziy komissiyaning bayonnomalari va 1925 – 1926 yillarda Farg‘ona, Toshkent va Samarqand viloyatlarida o‘tkazilgan islohot natijalari to‘g‘risidagi xulosa; qishloq xo‘jaligi uchun yangi yerlarni o‘zlashtirish haqida yozishmalar.

Respublikaning paxtachilik hududlarini o‘rganish natijalari bo‘yicha hisobotlar; O‘zSSR suv xo‘jaligining tabiiy-tarixiy sharhlari va O‘zSSR suv xo‘jaligi boshqarmasi hisobotlari; irrigatsiya tizimlari faoliyati va ularni muhofaza qilish bo‘yicha hisobotlar.

Tumanlarda elektr stansiyalarini qurish sxemalari; Markaziy Osiyoni elektrlashtirish bosh rejasini tuzish bo‘yicha ko‘rsatmalar; O‘zSSR Xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar va byulletenlari.

O‘zbekiston SSR qonunlari to‘plamini nashr etish, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha materiallar; Fuqarolik protsessual kodeksiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi yozishmalar; Adliya komissarligi, prokuratura va O‘zbekiston SSR Oliy sudining hisobotlari; sud va tergov ishlarining borishi to‘g‘risidagi yozishmalar; Toshkent, Farg‘ona, Buxoro va Samarqand viloyatlaridagi bozorlar holatini o‘rganish bo‘yicha O‘zSSR Savdo Xalq Komissarligi va “O‘zbeksavdo” axborot agentligining hisobotlari va axborot xulosalari; bozor sharhlari.

O‘zbekistonning 1924 yildan oldingi va keyingi holatiga umumiy sharhlar; SSSR MIQning O‘rta Osiyo respublikalari o‘rtasidagi chegara masalalarini ko‘rib chiqish komissiyasi majlislarining bayonnomalari; O‘rta Osiyoning ma’muriy bo‘linishini qayta ko‘rib chiqish va yangi ma’muriy birliklarni shakllantirish to‘g‘risidagi yozishmalar; O‘zSSR chegaralarini aniqlashtirish to‘g‘risidagi axborot ma’lumotlar, O‘zSSR va Tojikiston ASSR viloyatlari va tumanlari ro‘yxati.