O‘zbekiston SSR Inqilobiy qo‘mitasining 1924 yil 30 noyabrdagi dekreti bilan tashkil etilgan.
SSSR Mehnat va Mudofaaa kengashining O‘rta Osiyo bo‘yicha komissari huzuridagi yig‘ilish bayonnomalari va O‘rta Osiyo respublikalarida sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, Dushanbe (Stalinobod) va Samarqandda qurilish uchun mablag‘ ajratilishi, qurilish ishlarining borishi haqidagi yozishmalar; bug‘doy va sholi o‘rim-yig‘im, g‘alla fondlari va O‘zbekiston manufakturasi ta’minotiga oid hujjatlar.
O‘zbekiston SSR doimiy vakolatxonasidagi majlislar bayonnomalari, O‘zbekiston SSRning SSSR hukumati huzuridagi doimiy vakolatxonasi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlar; sanoat, qishloq xo‘jaligi va xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari, budjet masalalari bo‘yicha axborot xulosalari.
Eksport savdosi, O‘zbekiston uchun sanoat asbob-uskunalari import o‘yicha yozishmalar; O‘zbekiston SSRni Tojikiston SSR tarkibidan delimitatsiya qilish bo‘yicha chegara komissiyasi majlislari bayonnomalari (1930).