1924 yil 1 dekabrda tuzilib, 1934 yilda VKP (b) XVII s’ezdi qaroriga muvofiq tugatilgan.
SSSR va O‘zSSR Ishchi-Dehqon inspeksiyasi xalq komissarligi (IDIXK)ning buyruqlari, sirkulyarlari va yo‘riqnomalari, O‘zSSR IDIXK to‘g‘risidagi Nizom; davlat muassasalari faoliyatini o‘rganish bo‘yicha komissiya majlislarining bayonnomalari; O‘zbekiston SSR IDIXK ish rejalari va ular uchun materiallar; O‘zSSR IDIXK va uning bo‘limlari faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlar.
Xalq komissarliklari, Sovet muassasalari, o‘quv muassasalari, sanoat va savdo korxonalari, trestlar va qurilish obyektlari ishchi-dehqon inspeksiyasining aktlari, hisobotlari va boshqa so‘rov materiallari saqlangan.