SSSR MIQ Prezidiumi va SSSR XKSning 1934 yil 11 martdagi Farmoni bilan tuzilib, 1938 yilda tugatilgan.
SSSR XKS va Mehnat va Mudofaaa Kengashining qarorlari, SSSR XKS qoshidagi Sovet nazorati komissarining O‘zbekiston SSR bo‘yicha majlis bayonnomalari; O‘zbekiston bo‘yicha Sovet nazorati komissarining buyruqlari va ko‘rsatmalari; qishloq xo‘jaligi sanoati, savdo va boshqa muassasalarni o‘rganish uchun yo‘riqnomalar; Sovet nazorati vakolatxonasining ish rejalari; sovet muassasalari, o‘quv yurtlari, sanoat va savdo korxonalari, kolxoz va sovxozlarning ish holatini o‘rganish bo‘yicha hisobotlar va materiallar; Ishchilarning shikoyat va arizalarni tekshirish bo‘yicha yozishmalar.
Izoh: Fond tarkibida 1927 – 1933 yillarga tegishli hujjatlar ham mavjud.