Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O'zbekiston SSR

SSSR MЕHNAT VA MUDOFAAA KЕNGASHINING O‘RTA OSIYODAGI VAKOLATLI BOSHQARMASI (Upol.STO SSSR v Sredney Azii)

Fond raqami:
R-1
Saqlov birligi:
828
Davriy chegarasi:
1924 - 1926

Tashkilot tarixi

1924 yil 25 noyabrda O‘rta Osiyo respublikalari va viloyatlarini xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan. Vakolatxona qoshida O‘rta Osiyo respublikalarining ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘rganish,  Kelishuv (arbitraj) komissiyasi, O‘rta Osiyo va Qozog‘istonda suvdan foydalanish tartib qoidalari va qonunchiligini ishlab chiqish, Qishloq va ovullarni o‘rganish kabi komissiyalar faoliyat olib borgan. 1926 yilda tashkilot faoliyati tugatilib, uning vazifalari O‘rta Osiyo Iqtisodiy kengashiga o‘tkazilgan.


Fond sharhi

SSSR Mehnat va Mudofaaa kengashining qaror va farmoyishlari va majlis bayonnomalari. SSSR Mehnat va Mudofaaa kengashinining O‘rta Osiyodagi vakolatxonasi buyruqlari va majlis bayonnomalari;  O‘rta Osiyo respublikalarining chegaralarini aniqlashtirish va chegara bo‘yicha kelishmovchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ma’ruza hisobotlari va yozishmalari; Respublikalarni yangi ma’muriy hududiy tuzilishi bo‘yicha tavsifi va chegaralar tahlili. Respublikalarni rayonlashtirish bo‘yicha statistik ma’lumotlar; O‘rta Osiyo hududiy taqsimoti bo‘yicha hisobot ma’ruzalari;

 O‘rta Osiyo respublikalarining xo‘jalik rejalari (1925 – 1926), qishloq xo‘jaligi bo‘yicha konyuktur sharhlar; paxtachilikni rivojlantirish bo‘yicha besh yillik rejalar (1926 – 1930), SSSR Mehnat va Mudofaaa kengashi O‘rta Osiyodagi vakolatxonasining III va IV  Butunittifoq paxtachilik bo‘yicha yig‘ilishining stenografik bayonnomalari. 

O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligi bo‘yicha qurultoyi va aholiga soha bo‘yicha maslahatlar berishga oid ma’ruza va bayonnoma hujjatlari (1925 – 1926);

O‘rta Osiyo respublikalarining ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha konferensiya hisobotlari.

O‘zbekiston va Turkmanistonda yer islohotlari bo‘yicha  hisobotlar; O‘rta Osiyoda mavjud daryo va suv havzalarini o‘rganish bo‘yicha hisobotlar va istiqbolli rejalar; 

O‘rta Osiyoda tog‘-kon qidiruv ishlari, yo‘llar va poyezd yo‘llari, pochta aloqa va radioaloqalar bo‘yicha ma’ruza hisobotlari. 

O‘rta Osiyo savdo qurultoyi, Temir (Oqtuba, Qozog‘iston), Oyil (Uil, Qozg‘iston), Quvondiq yarmarkasi (Semipalatinsk, Qozog‘iston), Qoraqir (Qozog‘iston), Avliyoota va Novgorod yarmarkalari bo‘yicha majlis bayonnomalari; O‘rta Osiyo non (Sredazxleb), O‘rta osiyo ko‘mir va boshqa savdo tashkilotlari va aksionerlik jamiyatlari to‘g‘risidagi Nizomlar.